Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot, kapital, investor, infartuzilma, eksport. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
29
Mahmudov N.M., Eshov M.P va boshqalar. Jahon iqtisodiyotiga integratsiya. O„quv qo„llanma. – T.: TDIU, 2011. – 
200 b. 


58 
1.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolar barcha 
davlatlar tajribalarida kuzatilib, ularning hal etilish uslublari, vaqti va imkoniyatlari 
bo„yicha bir-biridan farqlanadilar. 
2.
EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va 
yaxshi faoliyat yuritishi uchun bir qator muhim dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash 
talab etiladi. 
3.
O„zbekistonda ham EIZlarni tashkil etish bo„yicha muayyan tajribalar 
to„plangan bo„lishiga qaramay, bu borasida hal etilishi lozim bo„lgan daolzarb 
muammolar ham mavjud. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda qanday muammolarni bilasiz? 
2.
EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va 
yaxshi faoliyat yuritishi uchun qanday dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash zarur? 
3.
Jahon amaliyotida aksariyat EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan 
bog„liq qanday muammolarni aytib bera olasiz? 
4.
“EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq muammolarni hal etish 
bo„yicha qanday takliflar bera olasiz? 
5.
O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq 
muammolarni hal etish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? 
6.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda asosiy muammolar sifatida qaysilarni 
ko„rsatib bera olasiz? 
2.5.
Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni 
jalb qilish muammolari
EIHlarga to„g„ridan-tug„ri xorijiy investitsiyalarni xorijiy firmalarning asta-
sekin milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv usuli sifatida qarash mumkin. Shu 
sababli EIHni rejalashtirish bosqichidayoq chet el firmalarining mahalliy tadbirkorlar 
bilan bevosita va teskari aloqalarini o„rnatish imkoniyatlarini ko„zda tutish zarur. 
Bunday aloqalar mahalliy xomashyo tovarlarini, komponentlarni, yarimfabrikatlarni, 
majmuaviy asbob-uskunalarni va xizmatlarni olish imkoniyatini ta‟minlashi zarur. 
Mahalliy resurslarga ega bo„lish imkoniyati xorijiy investorlar uchun muhim rag„bat 
hisoblanadi. Biroq, EIHda faoliyat ko„rsatayotgan xorijiy investorlar uchun bunga 
amalda erishish ancha qiyin bo„lishi va katta vaqtni talab etishi mumkin. Mazkur 
omilga katta e‟tibor bergan holda, EIH loyihachilari quyidagi jihatlarni hisobga 
olishga urinadilar.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin