3
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy
sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat
sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat
manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining
mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi.
O’zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy
yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1)
Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish.
2)
Soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash.
3)
Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash.
4)
Monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash.
5)
Kredit siyosati va narx siyosatini o’tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik
qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
6)
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.
Investitsiya
faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar
o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga
xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish
me’yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – chet
ellik
investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar
(rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar.
Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga
egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nuqtai
nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko’pdan-ko’p
qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi.
Respublikada
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini
ko’zlaydi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan
foydalanadi:
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar,
qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash
va kafolatlash;
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob’ektlari bilan
ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday
shakldagi mulkni to’la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo
shunday
mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan,
elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu
xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq
boshqa davlat iqtisodiyotining,
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual boyliklardir.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi
O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «CHet ellik investorlar asosan
4
daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi
moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga
doir huquqlar, shu jumladan, intellektual
mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday
daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof
etiladi».
1
Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQSHda
chop etilgan tashqi savdo lug’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy
investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan,
eksport kilingan investitsiyalar»
2
.
CHet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga
moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko’rinishidagi muddatli qo’yilmalarning barcha
shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: qo’shma
korxonalarni tashkil qilishda o’z ulushi
bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga
to’la tegishli bo’lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli
qog’ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
O’zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun
qulay investitsiya muhitini yaratish bo’yicha izchil chora-tadbirlar ishlab
chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy
barqarorlik;
-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so’mning to’lov
qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish
va ularni moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud:
-investitsiya loyihalari bilan shug’ullanuvchi shaxslarni rag’batlantirish;
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg’i, energetika majmualari bo’yicha
investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish;
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni
yangilash va yangilarini barpo etish bo’yicha intellektual investitsion loyihalarni
amalga kiritilishi.
Dostları ilə paylaş: