2.3. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar Maqsadiga ko’ra xorijiy investitsiyalar bevosita va portfelь investitsiyalarga
bo’linadi.
Bevosita investitsiyalar – bu kapitalning to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib,
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda
korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy
investitsiyalar (BXI) asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.
Transkontinental kapital qo’yilmalar - investitsiya kiritish uchun qulay bozor
sharoiti bo’lgan boshqa bir davlat yoki qit’aga investitsiya eksportini amalga
oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab
chiqarishni tashkil etish.
Transmilliy kapital qo’yilmalari esa asosan qo’shni
davlatlarga amalga oshiriladi.
Bevosita investitsiyalar ikki maqsadda yo’naltiriladi:
·
yangi kompaniya tashkil etish;
·
bankrot bo’lgan kompaniyalarni xarid qilish.
Portfelь investitsiyalar - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad
olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli
qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning
moliyaviy xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy
portfelь investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar
uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy
muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy
bo’limlari mablag’larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli
investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o’tkazadilar.
8
Moliyaviy derivativlar – bozor narxiga ega bo’lib, uning sohibiga birlamchi
qimmatli qog’ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bularga optsionlar,
fьyucherslar, varrantlar, svoplar kiradi.