7.2.O’zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investorlar sarmoyalarini jalb qilishga
quyidagi shart-sharoitlar mavjuddir:
-
chet ellik hamkorlarni jalb etish uchun soliq va bojxona imtiyozlari;
- siyosiy barqarorlik;
- qulay geografik joylashuv;
-
mamlakatning muhim transport koridorlari tutashuvida joylashganligi;
- Markaziy Osiyoning markazida joylashganligi;
-
mineral resurslar va qazilma boyliklarga boyligi;
-
tasdiqlangan rezervlar 1,3 trln. AQSH dollariga teng;
-
mamlakatning jami potentsial mineral resurslari 3,5 trln. AQSH dollariga teng;
- inson resurslari:
a) deyarli 100 foiz savodlilik darajasi;
b) ishchi kuchining mavjudligi.
7.3.Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning
har bir hududining rivojlanishini ta’minlashga imkon beradi.
Agarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona - Qoraqalpog’iston
Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida,
hamda Navoiy va Farg’ona vodiysi viloyatlarining qishloq hududlarida bo’lsa, u
holda quyidagi soliqlardan to’liq ozod etiladi:
·
yagona soliq to’lovi;
·
daromad (foyda solig’i);
·
mulk solig’i;
·
infratuzilmani rivojlantirish solig’i.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida keskin farqlanishni oldini olish
borasida ko’rilayotgan choralarga qaramasdan, hozirgi vaqtda XIKlarni tashkil etish
va faoliyat yuritishida hududiy nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida
eksport-import operatsiyalari hajmlarida katta farqlanishni yuzaga keltirmoqda.
Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri eksport darajasi barqaror yuqori
bo’lgan hududlarga kiradi. Mazkur 3ta hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokida
tashkil etilgan yirik mashinasozlik, metallurgiya va to’qimachilik tarmoqlari
28
korxonalari joylashganligi sababli ularda respublikaning barcha XIK eksportining
80foizi shakllantiriladi.