Xorijiy investitsiyalar fanidan


 Investitsion loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baxolash usullari



Yüklə 421,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/42
tarix16.12.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#182194
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori

 
10.2. Investitsion loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baxolash usullari 
 
Iqtisodiy samaradorlik - investitsiya uchun qo’yilgan kapitaldan 
foydalanilganligi uchun olingan foyda, daromad tushunilsa, ijtimoiy-iqtisodiy samara 
esa investitsiyani ishlatishdan olingan foydadan tashqari, kishilarning hayoti 
yaxshilanishi, tabiatni saqlash, ilmiy texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi ham 
tushuniladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolashda «iqtisodiy samara» va 
«iqtisodiy samaradorlik» atamalariga e’tibor berish lozimdir.
Iqtisodiy samara - qo’yilgan kapitalning investitsiyalash natijasida olingan 
natijasi bo’lsa, iqtisodiy samaradorlik esa olingan iqtisodiy samara yeki investitsiya 
natijasida olingan foyda bilan investitsiya miqdori o’rtasidagi munosabatni bildiradi. 


38 
Iqtisodiy samara bu qo’yilma hisobiga olingan daromaddan qo’yilgan kapital 
summasi ayirilib topiladi va quyidagicha hisoblanadi: 
(10.2.1.) 
bu yerda:
E
-iqtisodiy samara; 
D
- qo’yilgan kapitaldan daromad; 
K
- qo’yilgan kapital summasi. 
Iqtisodiy samaradorlik qo’yilgan investitsiyadan olingan foyda, daromadni 
qo’yilgan kapital summasiga bo’lish orqali topiladi: 
(10.2.2.) 
bu yerda:
E
1
- iqtisodiy samaradorlik; 
If
- investitsiyadan foyda; 
K
- qo’yilgan kapital. 
Mamalakat iqtisodiyoti miqyosida investitsiyaning iqtisodiy samaradorlik 
ko’rsatkichi mamalaktda yaratilgan yalpi milliy mahsulot mikdorini mamalakt 
miqyosida kiritilgan investitsi miqdoriga bo’lish orqali topiladi. 
(10.2.3) 
bu yerda:
E
- iqtisodiy samaradorlik; 
YaMM
-yalpi milliy daromad; 
K
- YaMMni yaratish uchun qo’yilgan kapitalning summasi. 
Iqtisodiy samara vaqt funktsiyasi hisoblanib, boshlanishida u salbiy ko’rinishda 
bo’ladi, chunki qo’yilgan kapitaldan hali daromad olinmagan bo’ladi. Vakt utishi 
bilan kapital kaytimi bulgan sari daromad orta boradi va bu ijobiy natijaga erishiladi, 
ya’ni qo’yilgan kapitaldan olingan daromad vakt o’tgan sari qo’yilgan kapital 
mikdoridan orta boradi.
Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya normasi deb ataladi. Bu 
kuyidagi formula asosida xisoblanadi; 


39 
(10.2.4.) 
bu yerda:
YaIN
- yalpi investitsiya normasi; 
YaIS
- yalpi investitsiya summasi; 
YaMM
- yalpi milliy daromad. 
Sof diskontlangan daromad (SDD) va daromadlilikning ichki me’yori (DIM)ni 
hisoblash uchun investitsiyalardan olinadigan daromadni bilish lozim. Bu daromadni 
topish uchun esa, mahsulot (xizmat) narxini yoki boshqacha qilib aytganda 
investitsiyaviy qo’yilmalar natijalarining qiymat bahosini bilish lozim. Bundan kelib 
chiqqan holda, natijaning qiymat bahosi bo’lmagan taqdirda, SDD va DIM 
ko’rsatkichlari yordamida loyihaning absolyut samaradorligini aniqlab bo’lmaydi, 
degan xulosaga kelish mumkin. Ammo, masala bunday qo’yilganda ham, SDD va 
DIM ko’rsatkichlarini hisoblash mumkin. Gap shundaki, bunda ikki xil variant ko’rib 
chiqiladi: birinchi (loyiha) va ikkinchi (nollik muqobil) variantlar. Bunday 
yondashuvda daromad ob’ektni ekspluatatsiya qilish xarajatlarini tejash bilan 
almashtiriladi, nollik variant bo’yicha investitsiyaviy qo’yilmalar esa, nolga 
tenglashtiriladi. Nollik variant bo’yicha qo’yilmalar haqiqatdan ham nolga teng 
bo’lgandagina bunday yondashuv to’g’ri bo’ladi. Nollik variantdagi masala 
yechimini ko’rib chiqaylik. Taqqoslama samaradorlik ko’rsatkichidan foydalanamiz: 
(10.2.5.) 
bu yerda: 
T
1
va 
T
2
– taqqoslanayotgan variantlar bo’yicha yillik mahsulot 
tannarxi. 
K
1
=0 ekan, unda taqqoslama samaradorlik ko’rsatkichi Ye
s
absolyut 
samaradorlik ko’rsatkichiga aylanadi va uni rentabellik (
R
) orqali belgilash mumkin, 
ya’ni: 
(10.2.6) 
Haqiqatdan ham, K
1
=0 bo’lsa birinchi variant bo’yicha amortizatsiya ham nolga 
teng, 
T
1
esa,
X
1
ga teng bo’ladi (T
1
=X
1
). (X-xarajatlar). 
SHunday qilib, (X
1
-T
2
) yillik tejashga olib kelayotgan 
K
(K
2
, K
1
=0 da) kapital 
qo’yilmalari amalga oshirilmoqda. Kapital qo’yilmalar samaralimi yoki yo’qmi 
degan savolga quyidagi ko’rsatkich yordamida javob berish mumkin: 
yoki
(10.2.7.) 


40 
Haqiqatdan ham, agarda rentabellik kattaligini 
S
bilan taqqoslansa, unda 
K
2
samaradorligining sharti bo’lib 
xizmat qiladi. 
Agarda ob’ektning xizmat muddati (
T
) dagi joriy xarajatlar tejamini hisobga 
olsak, unda loyiha samaradorligi quyidagi tengsizlik bilan aniqlanadi: 
Ob’ekt xizmat ko’rsatish muddatidagi SDD: 
Kapital qo’yilmalar samaradorligini aniqlash uchun o’rtacha yillik sof daromad 
(annuitet) dan ham foydalanish mumkin. Annuitet yillik tejam kattaligidan kichik 
bo’lmasa, kapital qo’yilmalar varianti samarali hisoblanadi. 
(10.2.8.) 
Loyiha samaradorligi darajasini esa, DIM ko’rsatkichi yordamida aniqlash 
mumkin. SDD
T
=0 dagi daromadlilik – bu DIMdir. 
Moliyaviy tahlillarda vaqt omilini hisobga olishga bo’lgan turli yondashuvlar 
qo’llaniladi. Eng tarqalgan uslub bu kelajakdagi ne’matlardan hozirgisi afzalliroq 
ekanligining nisbiy darajasini aks ettiruvchi va taqqoslovchi funktsiya uslubidir. 
Amaliyotda, ko’p hollarda ushbu maqsad bilan murakkab foizlar ko’rinishidagi 
funktsiya qo’llaniladi. Bunday yondashuvda pullarning joriy va kelajakdagi 
qiymatlari murakkab foiz formulasi bilan o’zaro bog’langan: 
S
n
= S
o
– (1 + r)
n
(10.2.9.) 
bu yerda:
S
n
–pul mablag’larining joriy summasi; 
S
o
-n ta bir xil vaqt oraliqlaridan keyingi pul mablag’lari summasi 
(pullarning qo’shilgan summasi); 

–bir vaqt oralig’idagi daromadlilik stavkasi (foiz stavkasi). 
Buning ma’nosi shundaki, agarda r yillik daromadlilik stavkasiga ega bo’lgan 
ishga S
o
so’m pul qo’yilsa, unda n-yildan so’ng biz S
n
so’m pulga egalik qilishimiz 
mumkin bo’ladi. Va aksincha, joriy vaqtga keltirilgan, S
n
kelajakdagi pul 
summasining real qiymati, quyidagi formula bo’yicha baholanadi: 
(10.2.10.)
bu yerda:


41 
d m
n
–diskont ko’paytiruvchisi; 

-stavkasi bo’yicha, n davriga tegishli bo’lgan diskont 
ko’paytiruvchi quyidagi tarzda aniqlanadi: 
dm
n
= 1/(1+r)
n
(10.2.11.) 
Demak, kelajakdagi daromadlarni joriy vaqt davriga olib kelish jarayoni 
diskontlash deyiladi, ya’ni, bugungi olingan bir so’m, bir yildan so’ng olinadigan bir
so’mdan yanada yuqoriroq baholanishini aks ettiradi. Buning sababi faqatgina 
inflyatsiya emas, balki daromadlarni ko’paytirishning turli imkoniyatlari mavjudligi 
va ulardan voz kechish kelajakdagi muayyan pul summasini yo’qotish bilan tengdir. 
Diskont me’yorini tanlash investitsiyaviy tahlilning murakkab muammosidir. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitlarida diskont me’yori birinchi navbatda korxona pul resurslarini 
ishlatish bo’yicha alternativ investitsiyaviy imkoniyatlarni aks ettirishi lozim. 
Diskontlash operatsiyasi investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholashda keng 
qo’llaniladi, chunki u vaqtning turli davrlariga tegishli daromad va xarajatlarni 
taqqoslash imkonini beradi. 

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin