STATISTIKADA JAMLASH VA GURUHLASH.
Maqsad:
Statistikada jamlashning
va guruhlash usullarini, turlarini va uning
qo’llanilishini, ahamiyatini talabalarga yetkazish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi,
2002 yil 26 dekabr.
2.
Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 34-39 betlar.,
Noutbuk va tarqatma materiallar
3.
http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
Ishning mazmuni:
3.1.
Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
3.2.
Guruhlash metodi: mohiyati,
ahamiyati va turlari
3.3.
Guruhlashi turlari
Statistik kuzatish o’tkazilib o’rganilayotgan hodisa to’g’risida ko’pdan-ko’p va
turli-tuman tarqoq ma’lumotlar to’planadi. Bu ma’lumotlar asosida hali hech qanday fikr
yuritib bo’lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa
to’plangan ma’lumotlarni
bir tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan
iboratdir. Bu muammoni statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo’llash
bilan hal
etiladi. Shundan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan
informatsiyani tushunmaslik kerak. Ular ma’lum bir ishning bajarilishi to’g’risidagi
operativ ma’lumotdir.
Statistik svodkalash
deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan
ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga
qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo’linadi.
Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi,
murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va
umumiy bo’yicha jamlab chiqariladi.
Markazlashgan jamlashda barcha ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha
erda qayta
ishlanadi. Masalan, aholi ro’yxati ma’lumotlarini qayta ishlash.
Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab
tumanda, keyin viloyatda va h. k.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi
elementlarni o’z ichiga oladi:
1.To’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi.
2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi bo’yicha guruhlarga ajratiladi.
3.Har bir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi.
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.