70
bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko'p
mehnat va vaqt
sarflanadi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan
amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan
natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin.
O`quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish
tekshirishning maxsus turi bo'lib, u ta`lim oluvchining darsdagi
ishtiroki uchun ball
qo'yish bilan yakunlanadi. Bu ta`lim oluvchini doimo harakat qilishga va faollikka
undaydi.
Xulosa qilib aytganda, ta`lim oluvchi va talabalarning bilimini,
aqliy holatlarini
nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga ega ishdir. Shu
bilan birga, nazorat va baholash jarayoni ta`lim oluvchi bilimining boyishiga, ular
shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta’sir ko'rsatadi. Pedagogika fani
bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi borligini alohida
uqtiradi:
1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim
standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa
chiqariladi va galdagi
vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida ta`lim oluvchi-talabalarda
bilimlar yanada kengayadi.
3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir
ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki ruh, o 'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqishlar
paydo bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: