Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
750
w
www.oriens.uz
April
2022
refleksiya natijasida oʻz-oʻzini baholash murakkab va oʻzgaruvchan boʻlib, shaxs
strukturasida katta oʻrin tutadi.
Venalik psixolog Z. Freyd va uning shogirdlari oʻsmirlik
davrini baholashda
insonga azaldan berigan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan oʻz
mavqeyini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish
goʻyoki hudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo boʻlishga, atrof muhit bilan
kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari mayllari shaxsning
faolligini belgilar emish. Rus psixologlari Z. Freyd nazariyasini mutlaqo asossiz
hisoblab, oʻsmirda imkoniyat bilan talabchanlik oʻrtasidagi kelishmovchilik, oʻzini
koʻrsatishga moyillik va oʻz ichki dunyosiga qiziqishning namoyon boʻlishi bilan
xarakterlanishini asoslab berdilar. Amerikalik K. Kulon oʻsmirlik
davri haqidagi
biogenetik nazariyani qattiq tanqid qilib, oʻsmirlik davri ijtimoiy-axloqiy
kategoriyadir, degsnilgari suradi. Uning fikricha oʻsmirlik davrida uchta asosiy
ijtimoiy-axloqiy kategoriya mavjud boʻlib, ular:
1.
Emansipatsiya ( kattalar ta’siridan qutilish);
2.
Mustaqillikka
erishish;
3.
Hayotiy yoʻli va kasb- hunar tanlashda jiddiy munosabatda boʻlish zarur
ijtimoiy-axloqiy normalarni oʻzlashtirshdan iboratdir.
Bola yuqoridagi muammolarga eʼtibor bermas ekan, oʻsmirlik davri qancha
boʻlishidan qatʼiy nazar, u bolaligicha qolaveradi. Oʻsmir oʻzini nazorat qilmas ekan
bu borada trio yoʻldan adashishi muqarrar boʻlib qoladi.
XULOSA
Oʻsmir
yoshi dunyo qarash , eʼtiqod, prinsip, oʻzlikni anglash,baholash kabi
shaxs xususiyatlari shakillanadigan davr hisoblanadi.Oʻsmir ilayotgan sari
unda ,,Ideal Menʼʼ, ,,Axloqiy Menʼʼ, va ,,Haqiqiy Menʼʼ singari shaxsga oid tizim,
dunyoqarash, eʼtiqod va boshqalar shakillana boradi, undagi oʻzi toʻgʻrisidagi
tasavvurlar ancha aniq va barqaror boʻlib qoladi. Oʻsmir oʻz faoliyatini muayyan
prinsip va shaxsiy nuqtai- nazari asosida tashkil qila boshlaydi. Oʻsmir
shaxsini
tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini
hisobga olish lozim. Oʻsmirlarning koʻpchiligi qatʼiyatlilik, kamtarlik, magʻrurlik,
samimiylik, dilkashlik kabi maʼnaviy, axloqiy tushunchalarni toʻgʻri anglaydilar.
Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror ilmiy qarash
tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Yuqoridagi
fikrlarni umumlashtirgan holda bir soʻz bilan aytganda oʻsmirlik
katta hayotga
qoʻyilgan birinchi qadam hisoblanadi.