International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https :
econferencezone.org May 21 st 2022 233
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim maqsadlarini aniqlash ma’lum ichki va tashki shart-sharoitlar bilan
belgilanadi. Bunda tashkilotdagi pedagogik muhit hamda tizimni asoslovchi davlat hujjatlarining alohida
ahamiyatini nazarda tutish lozim. Shu bilan bir qatorda real ta’lim jarayonini aniqlovchi dasturlar ham muhim
o‘rin tutadi. Bular tashqi talablar bulib, u tashkilotning aniq va mavjud imkoniyatlari bilan mos kelishi ta’lim
muassasasi vazifalarini belgilash uchun me’yoriy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim tashkilotlari
direktorlarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi bu ularning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-
metodik tayyorgarligi, g‘oyaviy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy yetukligidan iborat.
Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy kismlari bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro uzviy ravishda shakllanib,
rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlar bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik
faoliyatda qo’llaniladi. Shu sababli MTT direktorlirining ilmiy-metodik tayyorgarligi kasbiy-pedagogik
tayyorgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy o‘rinni egallaydi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining tamoyillaridan kelib chiqqan holda ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya
jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish hamda rahbarlik faoliyatini rivojlantirish asosiy vazifalardan
biri hisoblanadi.
Hozigi tez o‘zgarayotgan bir davrda MTT boshqaruv kadrlari har tomonlama intelektual salohiyatli, o‘z
faoliyatiga jiddiy qaraydigan, har bir bajarayotgan vazifasiga ijodiy yondashadigan rahbar sifatida faoliyat
olib borishini davrning o‘zi taqozo etmoqda. Chunki, rahbarning teran tafakkuri va keng dunyoqarashi, zamon
talabiga javob beradigan, pedagogika, psixologiya, boshqaruv ilmidan xabardorligi, ijodiy fazilat va
xislatlarga, iymon-e’tiqodga, muomala madaniyatiga ega, ijtimoiy faol, tashkilotchi va tadbirkorligi u
boshqarayotgan ta’lim tashkilotining kelgusidagi samarali faoliyatini belgilaydi.