Rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari



Yüklə 25,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü25,35 Kb.
#182778
  1   2   3


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
May 21
st
 2022 
232 
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA BOSHQARUV MADANIYATINI 
RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI 
 
Sobirova Nozima 
ADU Pedagogika instituti 
Maktabgacha ta’lim fakulteti magistranti 
Annotation
. Development of scientific and methodological training of leaders in the management of 
continuing education, especially preschool education, in the process of socio-economic, spiritual and 
educational changes in the Republic of Uzbekistan, developing market economy relations, development in 
science, technology and information globalization the issue is a pressing issue. Taking into account the social 
order of the preschool education system, the existing shortcomings in the scientific and methodological 
training of managers can be overcome by retraining and improving their skills, as well as the organization of 
independent work on them. The need to equip them with modern pedagogical theories, educational 
technologies is one of the great tasks facing the industry. 
Tayanch so‘zlar
: ta’lim, salohiyat, bilim, ko‘nikma, ehtiyoj, talab, pedagogik texnologiya, vosita, ta’lim 
texnologiyalari, pedagogik nazariya 
Ta’lim har qanday jamiyatda mamlakat ijtimoiy-istisodiy rivojlanishining asosiy manbaidir. Chunki, jamiyat 
ravnaqi ko‘p jihatdan yosh avlodning intellektual salohiyatiga boqliq. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Yangi 
O‘zbekistonda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning ilm-hunar egallashlariga bo‘lgan e’tibor davlat rahbari 
tomonidan xalqimizning buyuk tarixiy an’analari ham yangi shakl va usullar vositasida davom ettirib 
kelinmoqda. Ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar, raqobatbardosh yuqori malakali 
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj va talabning o‘sib borishi, ilg‘or texnologiyalarning keng o‘zlashtirilishi, 
iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va 
hususiy biznesning rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan 
integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning iqtidori va qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq ravishda 
ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi, ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari, 
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, innovatsion jarayonlarni tashkil 
etish, ta’lim mazmunini yangilash hozigi zamon talabi ekanligi barchamizga ma’lum. 
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar, ilm-
fan, texnika, texnologiyalar sohasidagi taraqqiyot va axborotlar globallashuvi jarayonida uzluksiz ta’lim 
tizimini, xususan, maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda izchil faoliyat ko‘rsatayotgan rahbarlarning 
ilmiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb muammolardir. Maktabgacha ta’lim ta’lim 
tizimi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtmani hisobga olgan holda rahbar kadrlarning ilmiy-metodik 
tayyorgarligidagi mavjud kamchiliklarni ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda o‘z ustlarida 
mustaqil ishlashlarini tashkil etish orqali bartaraf qilish mumkin. Ularni zamonaviy pedagogik nazariyalar, 
ta’lim texnologiyalari bilan qurollantirish zaruriyati mavjudligi soha vakillari oldida turgan ulkan vazifalardan 
biridir. 
Kuzatishlarimiz bugungi kunda maktabgacha ta’lim ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik asosda 
boshqarishda: 
• uzluksiz ta’lim bosqichlari orasida uzviylikning to’la ta’minlanmaganligi; 
• rahbar kadrlarning kasbiy, ilmiy-metodik tayyorgarligi ta’lim mazmuni va uning metodik ta’minotidan 
orqada qolishi; 
• aksariyat MTT direktorlari ijodiy va ijtimoiy faollik, g‘oyaviy-siyosiy yetuklik talab darajasida emasligi; 
• MTT direktorlari tayyorlash tizimining ilmiy-nazariy hamda metodik jihatdan yetarlicha asoslanmaganligi, 
• bu jarayonda zamonaviy pedagogik, axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun zarur 
bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga e’tibor berilmaslik kabi nuqsonlar mavjud 
ekanligi tasdiqdanmoqda. 



Yüklə 25,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin