Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti AKT sohasida Kasb ta’limi
fakulteti 651/21-guruh talabasi
Qurbonaliyev Sanjarbekning
Ta’lim nazariyasi fanidan 1-topshirig’i
Bajardi: Qurbonaliyev S
Tekshirdi: Zaripova D
Guruh: PRE001-2
Toshkent 2023
Vazifa-1
ZAMONAVIY O’QITUVCHI MODELI
REJA:
1. O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari.
2. O‘qituvchi shaxsiningyo‘nalganligi.
Insonda professionalizmni tashkil etuvchi unsurlardan biri kompetensiya hisoblanadi. Biz
yuqorida mamlakatimiz va xorijiy olimlar tomonidan unga turli-tuman tushunchalar, har xil fikrlar
berilayotganligi haqida fikr yuritgan edik. Xorij adabiyotlarida kompetensiyani “chuqur
bilimdonlik”, “berilgan vazifalarni munosib bajarish xususiyati”, “faoliyatni dolzarb va tezkorlik
bilan bajarish qobiliyati”, deb tushuntirishga urinadilar.
Kasbiy kompetensiya mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi jarayonlarida shakllanadi va
takomillashib boradi. Oliy o‘quv yurtida olib borilgan ta’lim kasbiy kompetentlik asoslarini
shakllanishi jarayoni deb qaralsa, malaka oshirish tizimidagi o‘qish bu kasbiy kompetensiya
takomillashuvi va yanada chuqurlashuvi jarayoni sanaladi hamda kampetensiyaning oliy darajaga
ko‘tarilishi deb baholash mumkin. Bunda, albatta, “kompetentlik” va “kvalifikatsiya” – “malaka”
tushunchalarining pedagogik mohiyatini bir-biridan farq qila bilishni talab qiladi. Mutaxassis uchun
berilgan malaka undan mazkur kasb bo‘yicha tajriba talab qilmaydi, balki o‘quv jarayonlari davomida
olgan bilim va ko‘nikmalarini ta’lim standartlari talablariga javob berishini ta’minlaydi.
Kvalifikatsiya bu, kasbiy ta’limning shunday turiva darajasiki (tayyorgarlik), u mutaxassis uchun
ma’lum bir ish joyida ishlash imkonini beradi. Mutaxassis o‘zi uchun zarur bo‘lgan kasbiy tajribaga
ega bo‘lmay turib, malaka oshirishi mumkin. Shulardan ko‘rinib turibdiki, “professionalizm”
tushunchasi “kasbiy kompetensiya” tushunchasiga nisbatan ancha kengroqdir.
Dostları ilə paylaş: |