Fogarty R.Howto Integrate the Curricula. Palatine, 1991.
1
Curriculum Cuidelines for Compulsory Education in Norway OSLO,1990.
145
hokazolardan kelib chiqqan (ilgari o‘quv hujjatlarida bunday tartib qoida
tariqasidagina joylashtirilar edi).
Ikkinchidan
, yangi paydo bo‘lgan ko‘plab o‘quv kurslari o‘zining yangi
vazifasiga ega bo‘ldi.
Uchinchidan,
yaratilgan maxsus kurslar tabiiy va ijtimoiy fanlar
integratsiyasidan kelib chiqdi. Masalan, AQSHning qator olimlari ‖Fan-
texnologiya-jamiyat‖ kabi konsepsiyadan kelib chiqib, jamiyatga, fan-texnika
taraqqiyotiga yordam beruvchi maxsus bilimlarni tinglovchilarga taqdim etadilar,
ya‘ni texnika va jamiyatning o‘zaro aloqalari muammolari, olimlar haqidagi
dalillar, tarix to‘g‘risidagi fanlarning ochiqligi va hokazo.
Yuqoridagi tahlillardan ayrim dunyo malakatlarida ta‘limni standartlantirish
muammosining vujudga kelganligi, bu jarayonda har bir davlat o‘ziga xos, ya‘ni
ta‘lim sohasidagi muammo va ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshirilganligining
guvohi bo‘ldik.
XX asrda davlatlar ikkita jahon urushini boshidan kechirgandan, so‘ngra bu
muammoni yechishga urindilar.
Oxirgi yuz yillikda diniy ta‘lim berish muammosi vujudga kelgan edi.
Munozaralarning asosiy mavzusi bu o‘smir va o‘g‘il bolalarga maktabda diniy
ta‘lim berish mumkinmi yoki yo‘qmi degan munozara ko‘pchilikni qiziqtirib
qo‘ydi. O‘tgan yuz yillikda bu masala g‘arb mamlakatlarida deyarli dolzarb
masalaga aylanishga oz qoldi. Sohadagi asosiy islohatlar Afrikada 1910 - 1930 va
1962-yillarda,
Angliyada
1944-1988
yillarda,
Belgiyada
1968
yillarda,
Germaniyada 1949 yilda, Turkiyada 1924, 1933, 1949 - 1982 yillarda amalga
oshirildi.
Ma‘lumki, Angliya Yevropaning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri
sanaladi. Angliya davlati ta‘limni isloh qilish uchun qonun qabul qilgan. Unda
ta‘lim muassasalarida xristian va boshqa dinlarni o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.
Xristianlikni o‘rganish islom, budda va boshqa dinlarni o‘rganish bilan qo‘shib
olib borilgan. Yuqoridagi dinlarning birgalikda o‘rganilishida ularning qay biri haq
din, yoki qay biri noto‘g‘ri degan ma‘noda emas, balki bu metod (ya‘ni birgalikda
o‘rganish) har xil dinga itoat qiluvchi fuqarolar orqali jamiyat ehtiyojlarini
qondirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ko‘pchilik g‘arb marifatparvarlari ta‘limni
dinning tasiridan to‘la ozod qilish tarafdori bo‘lib chiqishgan. Lekin Angliya
rasmiy doiralari bu fikrni qo‘llab quvvatlamadi. Aksincha, ular ta‘limni xristian
qadriyatlari bilan bog‘ladi. Bugungi kunda Angliyada davlat tomonidan qurilgan
cherkov mavjud bo‘lib, Qirolicha cherkovning boshlig‘i hisoblanadi (ya‘ni
mamlakatdagi ramziy ma‘noda, birinchi siyosiy shaxs bo‘lishiga qaramasdan).
Angliyada cherkov maktabining ikki xil ko‘rinishi mavjud:
Birinchi, davlatdan yordam oladigan cherkov maktabi (Loluntary-aided
shcool) bu maktablarda ta‘limning 3 dan 2 qismi cherkovda olib boriladi, 3 dan 1
qismi esa, davlat maktablarida o‘qitish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi, davlat nazorati ostidagi cherkov maktablari ((Loluntary-Controlled
shcool): bu maktablarda ta‘limning 3 dan 1 qismi cherkovda, 3 dan 2 qismi
146
davlatga qarashli maktablarda olib boriladi. Ular to‘liq davlat mablag‘i bilan
ta‘minlanadi.
1988 yilda Din to‘g‘risida qonun qabul qilinib natijasida maktab dasturlari
uch qismga ajratildi:
1) Maxsus predmetlar (matematika, ingliz tili va hakazo);
2) Asosiy predmetlar (tarix, geografiya, texnologiya, musiqa, san‘at,
jismoniy tarbiya va hokazo);
3) Fundamental predmetlar (bu guruhga faqat diniy ta‘lim kiritildi). Ta‘lim
vazirligi qolgan barcha predmetlardan (diniy ta‘limdan tashqari), imtihon shakllari
va hokazolarni yaratish huquqiga ega bo‘lgan. Diniy darslar boshqa asosiy
predmetlar qatoriga kirmagan bo‘lsa ham, ular bir xil maqomga ega bo‘lgan. Diniy
ta‘limning dasturi, maqsadi, shakli davlat tomonidan yaratilmaydi, lekin boshqa
darslar bilan bir xil maqomga egadir.
1988 yildagi ta‘lim islohati natijasida Angliya‘ning o‘rta va boshlang‘ich
maktablarida islom dini ham o‘qitila boshlandi. Ma‘lumki, diniy ta‘lim bu din
to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi degan savolga javob bermasligi kerak, shuningdek,
diniy ta‘limning dasturi va darsliklari ham odamlarning qaysi dinga ishonishi yoki
ishonmasligiga qarab tuzilmasligi lozim.
Germaniya
Federatsiyasining
Konstitutstiyasida
(7-modda)
rasmiy
maktablarda diniy ta‘lim majburiydir. Yuqoridagi qonun moddasiga muvofiq
ta‘limni boshqaruvchi provensiyalar ushbu ta‘lim uchun javobgarlikni o‘z
zimmasiga
oladi.
Shuning uchun Federatsiya Konstitutstiyasining ta‘lim
to‘g‘risidagi moddasi provinsiyalarning konstitutsiyalarini nazorat qiladi.
Konstitutsiya‘ning 7 - moddasida shunday deyilgan:
a) barcha ta‘lim va o‘qitish davlat nazoratidadir;
b) diniy darsga bolaning borish yoki bormasligi uning tarbiyasi bilan
shug‘ulanuvchi (ota - ona)larning xohishiga bog‘liqdir.
Germaniya konstitutsiyasi 7 - modda, 1 - bandiga asosan ta‘lim va bilim
olishni nazorat qilish javobgarligi davlatning zimmasidadir, deb belgilangan.
Ushbu qonun moddasi shuningdek, alohida shaxs yoki tuzilmalarning maxsus
maktablar ochish xuquqini himoya qiladi.
Belgiya esa Yevropa Kelishuviga a‘zo davlat bo‘lib, o‘zining
konstitutsiyasida dinga munosabatni chegaralagan ya‘ni Inson huquqlari
Umumjahon Deklaratsiyasi, Inson huquqlari Yevropa Kelishuvi qoidalariga rioya
qilgan holda vijdon erkinligi va diniy e‘tiqod g‘oyalariga alohida e‘tibor bergan.
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 18, 26 moddalari Inson
huquqlari bo‘yicha Yevropa Kelishuvining 9 - moddasiga va unga qo‘shimchaga
muvofiq, diniy erkinlik va diniy ta‘limni ta‘minlaydi. Shuningdek, mazkur
kelishuvga muvofiq mamlakatda yashaydigan chet elliklar emigrantlarga diniy
e‘tiqod erkinligi, o‘zlarining diniga taalluqli ta‘lim olish huquqi berilgan.
Belgiya ta‘lim tizimida maktablar 4 guruhga bo‘linadi:
a) munitsipal maktablar;
b) davlatga qarashli maktablar;
v) maxsus maktablar.
147
Diniy ta‘lim bu uchta tipdagi maktabda ham majburiy bo‘lib, Belgiya davlati
rasmiy tan olgan (katolik, xristian, protestant, islom, iudizm) dinlar o‘qitiladi.
Bundan tashqari, cherkov maktablari katolik cherkovining muassasasi hisoblanadi.
Shuningdek, cherkov maktablarida Islom dinidan ta‘lim berishga ruxsat
berilmaydi.
Barcha maktab o‘quvchilari (barcha maktab tiplarida) diniy ta‘limning 5 ta
tipidan birini tanlashi shartdir. Diniy ta‘lim bolalarga 2,5 yoshdan, bolalar
bog‘chasidan boshlanadi. 1980 yilning oxirlarida xristian katolik dini 1 - 2
sinflarda haftasiga 4 soat, 3 - 4 sinflarda 3 soat, 5 - 6 sinflarda va litseylarda 2 soat
qilib belgilandi. Hozirigi kunga qadar boshlang‘ich va o‘rta sinflarda, shuningdek,
litseylarda diniy darslar haftasiga 2 soat, bir qancha diniy maktablarda 3 soat qilib
belgilangan.
Maktab o‘quvchilari ibodatni maktab oshxonasida, yoki umumiy zalda
qattiq ovozda yoki ichida o‘qishlari mumkin. Maktab ma‘muriyati qandaydir diniy
anjumanlarni o‘tkaza olmaydi. Ammo qandaydir diniy guruh maktab hududini
ijaraga olmoqchi bo‘lsa (anjuman o‘tkazish maqsadida) maktab rahbariyati ma‘lum
bir shartlar bilan ijaraga berib turishi mumkin.
Maktab o‘quvchilari diniy axborotlarni olishga (tarqatishga) haqli, lekin
maktab o‘quvchiga diniy bilim berishga majbur emas. Oliy sudning qabul qilgan
qaroriga asosan ta‘lim din tarixini o‘rgatmasdan, dinning fuqarolar dunyoqarashiga
ta‘sirini o‘rganmasdan tugashi mumkin emas. Diniy fanlarni o‘rganmasdan san‘at,
musiqa, adabiyot va boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish mumkin emas. Maktabda
din tarixi, diniy ta‘limotlarning qarama - qarshiligi to‘g‘risidagi bilimlar beriladi.
Shuningdek, Injil va uning mazmuni kabilar o‘rganiladi.
O‘rta maktablarning diniy to‘garaklari ham shunday huquqga ega. Ular
diniy yig‘inlarni darsdan tashqari lekin maktabning ish vaqtida o‘tkazishlari
mumkin. o‘quvchi bo‘lmagan (mazkur maktabda) kishilar o‘quvchilar bilan birga
yig‘inda ishtirok eta olmaydi. Davlatga qarashli maktablarda o‘quvchilar diniy
bayram yoki yig‘inlar to‘g‘risidagi axborotlarni tarqatishlari mumkin. Mazkur
bayram tadbiri diniy shaklda o‘tishi mumkin. Unda o‘quvchilar o‘zlarining diniy
qarashlariga javob beradigan tarzda kiyinish imkoniyatiga ega, maktab esa ularni u
yoki bu kiyimni kiyishga majbur qila olmaydi.
Turkiyada diniy ta‘lim masjid, madrasada, sibyan (o‘smir yigitlar
maktabi)da o‘rgatiladi. Turkiya respublika deb e‘lon qilingach, Tavhidi-Tadrisat
Qonuni (№ 430, 3 mart 1924yil) bilan ta‘lim tuzilishi Maorif Boshqarmasiga
qarashli bo‘ldi. Mazkur qonuning 4-moddasida shunday deyilgan: maorif
boshqarmasi Universitetda yuqori malakali diniy kadrlarni tayyorlash maqsadida
bitta fakultet tashkil etsin. 1975-76 o‘quv yilidan litseylarning oxirigi sinfida va
o‘rta maktablarda o‘quvchilarning xohishiga binoan diniy darslar o‘tiladigan
bo‘ldi. Hozirgi kunda ham diniy dars boshlang‘ich maktabning 4-5 sinfida, o‘rta
maktabning 1, 2, 3, sinflarida haftasiga ikki soatdan, shuningdek, litseylarning 1, 2,
3 sinflarida esa haftasiga bir soatdan o‘tiladi. Litseyda bunday darslar faqat 2 ta
chorakda o‘tkaziladi. Shuningdek, barcha demokratik davlatlarda diniy ta‘lim ikki
sababga ko‘ra zarur deb hisoblanadi. Birinchi, vijdon erkinligi va ta‘lim.
Ikkinchi, ‖jaholatga qarshi ma‘rifat‖ degan g‘oya‘ni keltirib o‘tish mumkin.
148
‖Darhaqiqat, dunyoni jaholat egallasa nafaqat aql, balki aqlni peshlaydigan
ma‘rifat, ma‘naviyat, hurfikrlik, inson ozodligi barcha barchasi barham topadi‖,-
degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov.
1
Yaponiya ta‘lim tizimida majburiy ta‘lim to‘qqiz yillik bo‘lib, o‘rta
ma‘lumot olishning oliy bosqichi majburiy hisoblanmasa ham uni 95 % o‘rta
ma‘lumot oluvchi bitiruvchilar tugallashadi. Maktablar xususiy, davlatga qarashli
va milliy (universitet uchun yoki o‘qituvchilar kollejlari uchun baza bo‘lgan)
maktablardan iborat. Maktablarda (har bir okrugda har xil ya‘ni) o‘zlashtirish,
o‘zlashtirmasligiga qarab o‘quvchilar qabul qilinadi.
Oliy o‘rta maktabda har xil variantlardagi dasturlarini taklif qiladi: umumiy,
kasbiy va hokazo. Ta‘lim mazmuni va uning sifatiga davlat nazorati o‘rnatilgan.
Oliy ta‘lim tizimi Amerika oliy ta‘lim tizimini eslatadi, ammo bir oz
markazlashgan xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Yaponiyada 80 % oliy o‘quv
yurtlari xususiydir (bu asosan ikki yillik kollejlarga taalluqli). Yaponiyada
hammasi bo‘lib 96 ta milliy universitetlar (1949 yildan keyin milliy ta‘lim haqidagi
qonunga binoan asos solingan) mavjud.
Universitet tarmoqlari:
-
milliy universitetlar;
-
hududiy universitetlar;
-
xususiy universitetlarga bo‘linadi (eng mashhurlari Tokio, Kioto, Vaseda).
Universitetlar va universitet kollejlari umumiy ta‘lim berishadi, ya‘ni chet
tilidan tayyorlash, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, shuningdek, yo‘naltirilgan
tayyorlov.
Universitet bo‘lmagan tarmoqlarga: kichik (junior) kollej, 2 yoki 3 yil ta‘lim
beruvchi (asosan ayollarga taalluqli, ya‘ni umumiy o‘rta ta‘lim maktabining 9-
sinfini tugatishi bilan turmushga chiqqan) o‘quv yurtlari kiradi.
Texnika kollejlariga umumiy to‘qqiz yillik maktabni tugatgandan keyin
qabul qilinadi va 3 yil mobaynida to‘liq o‘rta ma‘lumot beriladi, kasbga
tayyorlanadi, texnika universitetlarining tegishli bo‘limlariga topshirish imkoniyati
beriladi. Shuningdek, bir yildan ikki yilga tayyorlovchi maxsus kasb maktablari
mavjud.
Yapon ta‘limining muhim jihatlaridan biri, oliy o‘quv yurtiga kirishda imtihon
topshirishdagi qattiq talablardir. Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun birinchi
o‘rinda, yapon tilini bilish va o‘rta ma‘lumot haqida diplomning asl nushasi talab
qilinadi.
Bu diplomni esa, tayyorlov kurslarida yoki o‘rta maktabning oliy bosqichida
(9 yillikdan keyingi) olish mumkin.
Shuningdek, oliy o‘quv yurtiga topshirish uchun texnika kollejini
tugatganligi haqida diplom ham bo‘lishi mumkin. Xorijliklar uchun xizmat
ko‘rsatuvchi o‘quv yurtidan 12 yillik yapon o‘rta ma‘lumotini olganligi haqidagi
guvohnomaning ekvivalenitini olish mumkin (International Students Institute in
Tokio u Kansai, International Students Institute in Osaka). Barcha xorijlik
1
Каримов.И.А «Баркамол авлод орзуси» -Т., «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» 2000йил. 210-бет.
149
abiturientlar maxsus testdan o‘tishi kerak, ya‘ni oliy o‘quv yurtida ta‘lim olish
qobiliyatini tasdiqlovchi va maxsus til bo‘yicha test topshiriladi.
Umumiy imtihon Tokiodagi Xalqaro Ta‘lim Uyushmasi tomonidan
o‘tkaziladi (har yili dekabrda). Test natijasiga ko‘ra abiturientlar o‘zlariga tegishli
hujjatlar bilan oliy o‘quv yurtlariga jo‘natiladi.
Xorijlik abiturientlar maxsus dastur asosida yoki magistratura va
doktorantura bo‘yicha o‘qishlari mumkin. Bu dasturlar esa yapon tilini bilishni
talab qilmaydi (o‘qish ingliz tilida ham olib boriladi). Lekin moliyaviy (o‘zi
tomonidan yoki yordam dasturidagi grant asosida) mablag‘ talab qiladi. Moliyaviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar Yaponiyada har xil davlat, milliy,
xususiy fondlar hisobidan olinishi mumkin.
Universitet dasturlari bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun
tuzilgan.
70-yillarda yapon oliy ta‘lim xalqaro aloqalarda to‘xtovsiz yuqori chiqib
bordi. Hozirgi kunda yapon oliy o‘quv yurtlari xalqaro integratsiyada har xil
shakllar:
a) chet elda bilim olish uchun maxsus dastur, ya‘ni yapon oliy o‘quv
yurtlarining umumiy ta‘lim kursini o‘z ichiga olgan;
b) xalqaro ingliz tili dasturlari (talaba almashish maqsadidagi);
v) ta‘lim bilan tanishuv dasturlari (3 oylik);
g) chet mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari (kelishuv,
o‘qituvchi almashish);
d) kollejlarda chet mamlakatlar bo‘limi (Yaponiya va boshqa davlatlarda) va
birgalikdagi o‘quv yurtlari dasturlari.
Angliyada esa, ta‘lim 5 yoshda boshlanadi va 11 yoshgacha boshlang‘ich
maktabda o‘qitiladi. 11 yoshdan 16 yoshgacha esa, o‘quvchilar o‘rta maktabda,
umumta‘lim, chuqurlashtirilgan predmetlarni o‘rgatish va o‘rta maxsus ta‘lim
beriladi.
16 yoshdan keyin o‘quvchilar Oliy o‘quv yurtlariga topshirish uchun zarur
bo‘lgan bilimlarni o‘zlarining maktab va kollejlarida olishlari mumkin.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchi lavozimi - assistent, ma‘ruzachi, katta
ma‘ruzachilardan iborat.
Talabalarga bitta semestr davomida 4 ta fan o‘tiladi. Har bir fandan haftasiga
2 ta ma‘ruza o‘tiladi (45 minutlik), semestr esa 15 haftadan iborat, semestr oxirida
har bir predmetdan yozma ravishda imtihon topshiriladi.
Shuni ta‘kidlab o‘tish joizki, Angliya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining
ishga joylashishida ish tajribasi, darsda o‘zlashtirishga nisbatan muhim
hisoblanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtini bitirgan talabalar birinchi marotaba
ish qidirishganda ularning bir-ikki yillik ish staji borligiga qarab tanlashadi. Agar
shunday stajga ega bo‘lishsa, ularda nufuzli kompaniyalarda ishlash imkoniyati
paydo bo‘ladi.
Ta‘lim sohasidagi davlat standarti (hukumat tasdig‘idagi) Angliyada mavjud
emas. Ta‘limning mazmuni ish beruvchining talabidan kelib chiqadi. Oliy o‘quv
yurtlari ta‘lim mazmuni to‘g‘risida qaror qabul qiladi va unga javobgardir. Bitta
fanning mazmuni har bir oliy o‘quv yurtida bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga,
150
Buyuk Britaniyada asosiy fanlarni o‘qitishning sifatiga umumiy tashqi reyting
baholash tizimi mavjud.
AQSH Ta‘lim Departamenti esa (1998 yil) ‖Har qanday joyda har qanday
vaqtda Ta‘lim‖ (Learning Anytime Anywhere parterships - LAAP) dasturini ishlab
chiqishdi. Dastur oliy o‘quv yurtidan keyinga ta‘lim hisoblanadi va Internet orqali
masofaviy ta‘lim olishga yo‘naltirilgan oliy o‘quv yurtlari va texnika
kompaniyalari unga mablag‘ ajratishgan.
Mazkur dasturni qabul qilish natijasida AQSH Kongressi ‖Oliy ta‘lim
to‘g‘risida‖gi (1965 yil) Qonuniga o‘zgartirishlar kiritgan, maqsad masofaviy
ta‘limdagi yangi texnologiyalarni rag‘batlantirishdan iborat bo‘lgan. Dastlab tanlov
ikki bosqichda o‘tkazilgan, birinchisi 653 ariza qabul qilgan, shuningdek 3-5 yil
muddatga moliyaviy mablag‘ bilan taminlanishga 29 ta loyiha sazovor bo‘lgan
(1999yil).
Shimoliy Irlandiyada esa, ta‘lim 4 yoshdan 11 yoshgacha boshlang‘ich
maktabda o‘qishdan boshlanadi. Shimoliy Irlandiyada mustaqil maktablar
(Voluntary grammar schools) davlat ta‘lim tizimining bir qismi hisoblanadi.
Xususiy maktablarda 7% ga yaqin britaniyalik bolalar tahsil olishadi. o‘qish uchun
to‘lov maktabning turiga va o‘quvchining yoshiga bog‘liq. Masalan, kunduzgi
maktabda 1-o‘quv yili uchun unga 400 funt sterling to‘laydi, maktab
pansionatining yuqori sinfida o‘qish uchun esa 9000 funt sterlingacha to‘lash kerak
bo‘ladi. Shuningdek, xususiy maktablardagi alohida kam ta‘minlangan oilalarning
bolalari uchun esa davlat mablag‘ ajratadi.
Hozirgi kunda Angliya, Uels va Shotlandiyada 2500 ga yaqin xususiy
maktablar mavjud. Irlandiyada Public-Schools, ya‘ni 200 ta eng yaxshi maktab-
pansionlar (o‘g‘il bolalar uchun) mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi uzoq tarixga
egadir.
Xususiy maktablarga o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan bolalar tayyorlov
maktablariga (Preparatory schools) qatnashadi (odatda 7 yoshdan 12 yoshgacha).
Bu tayyorlov maktablari ham (boshqa maktablar kabi) o‘g‘il bolalar va qiz bolalar
maktablariga bo‘linadi.
Germaniyaning ta‘lim tizimini qiyosiy tahlil qilsak, davlatda majburiy ta‘lim
6 yoshdan (mahalliy fuqarolar va xorijliklar uchun) qilib belgilangan. Ayrim
hollarda 7 yoshdan o‘qishga qabul qilinadi. Mamlakatimizda esa bolalar 7 yoshdan
maktabga boradi.
O‘quv yilining boshlanishi Germaniya yerlarida har xil paytda boshlanadi.
Masalan, Gamburgda yozgi ta‘til 19 iyuldan 29 avgustgacha bo‘lsa, Tyuringda 28
iyundan 8 avgustgachadir. Majburiy ta‘lim umumiy yoki xususiy maktablarda
amalga oshiriladi.
Asosiy ta‘lim hisoblangan umumiy ta‘lim o‘quvchilarga umumiy ta‘limning
asoslarini o‘rgatadi. Jumladan, nemis tili, matematika, tabiiy fanlar,
jamiyatshunoslik, chet tili (asosan ingliz tili). Maktabni muvaffaqiyatli tugatgan
o‘quvchilar kasb-hunar ta‘limida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.
Maktab
ta‘limining
oxirgi yillarida esa, bitiruvchilar kasb-hunar
tayyorgarligini korxonalarda o‘tashadi. Mazkur maktablar asosiy maktablar deb
151
yuritiladi. Undan tashqari, ta‘lim tizimida gimnaziyalar va Real maktablar asosiy
o‘rin olgan bo‘lib, bu yerda bolalarga kengaytirilgan umumiy ta‘lim beriladi.
Qoida tariqasida bu yerda o‘qish 5-sinfdan 10-sinfgacha ta‘lim jarayonini o‘z
ichiga oladi, hamda mazkur o‘quv maskanini tugatgani to‘g‘risida guvohnoma
berish
bilan
yakunlanadi.
Shundan
so‘ng bitiruvchilar boshqa o‘quv
muassasalarida, jumladan maxsus kasb-hunar bilim yurtlari, texnikumlarda
o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘lishadi. Gimnaziyalar chuqurlashtirilgan
umumiy ta‘lim beradi, o‘qish muddati esa, qoida tariqisida o‘n yillikdir.
Bundan
tashqari,
ayrim
hududlarda
maktabning
‖muntazam‖
(Tyuringiyada), ‖o‘rta‖ (Saksoniyada), ‖ikkinchi bosqich maktab‖ (Saksoniya-
Angelt), ‖mintaqaviy maktab‖ (Reyplend-Porald) kabi maktablar mavjud.
Nogironlar va muomala layoqati cheklanganlar uchun maxsus maktablar
mavjud. Ba‘zan nogiron bolalar ‖muntazam maktablar‖ ning maxsus sinflarida
ta‘lim oladilar.
Kechki gimnaziyalar va maktablarda ta‘lim olish ta‘lim oluvchi katta
yoshdagilar uchun mo‘ljallangan, ularning oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari
topshirishlari va xohlagan oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish uchun imkoniyat beradi,
hamda 2-bosqich o‘rta maktabni tugatganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki attestat
berish orqali yakunlanadi. Ishlayotgan katta yoshdagilar uchun esa attestat olish
uchun imtihon topshirish va tayyorgarlik ko‘rishlari uchun maxsus kurslar tashkil
etilgan.
Germaniyaning ta‘lim sohasidagi, bu usuldan mamlakatimizda ham xuddi
shu singari katta yoshdagilar maktablarini tashkil qilish lozim.
Germaniyada kasb-hunar ta‘limida o‘qish asosan ishchi o‘rinlarini hisobga
olgan holda va ishchi xodimlarga bo‘lgan talabga asoslanib tashkil etiladi. Ushbu
ta‘lim turi 2 yildan 3,5 yilgacha bo‘lgan ta‘limni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar
o‘qish davomida pul mukofotlari bilan mukofotlanib boriladi.
Ayniqsa, moliya sohasi bo‘yicha ta‘lim uchun korxonalar va davlat katta
miqdorda mablag‘ sarflaydi.
Germaniya o‘qituvchilari haqida so‘z yuritganda shuni takidlash joizki,
ya‘ni Germaniyaning har bir tur maktabi o‘zining maxsus bilimga ega bo‘lgan
o‘qituvchilariga ega. Bo‘lg‘usi boshlag‘ich va asosiy maktab o‘qituvchilari qoida
tariqasida 7 semestr o‘qishadi, ba‘zan 9 oygacha uzaytirilgan bo‘lishi ham
mumkin. O‘qish yakunida bo‘lg‘usi o‘qituvchilar 1-davlat imtihonini topshirishadi.
Keyin esa, pedagogik amaliyotni o‘tashadi (qoida tariqasida 2 yil) va keyin 2-
davlat imtihonini topshirishadi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy ta‘limida amaliyot, amaliy
tajribaga ega bo‘lish birinchi o‘rinda turadi. Bu juda ham muhim bo‘lib hozirgi
kunda respublikamizda ham bunga e‘tibor berilmoqda.
Germaniyada kasb-hunar ta‘limining alohida ko‘rinishlari mavjudki, uning
ikki jihatini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Birinchi, ta‘limning ko‘proq qismi maktabda emas, balki ishlab chiqarish
korxonalari yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida, davlat xizmatida va hokazolarda
o‘tkaziladi. Ta‘lim oluvchilar kasb-hunar maktabiga borish uchun ishdan vaqt
152
ajratiladi. Yoshlar 3-4 kun korxonada va 1-2 kun kasb-hunar maktabida bilim
oladilar.
Ikkinchi, kasb-hunar ta‘limida bilim bilan ikki Institut shug‘ullanadi:
korxona va kasb-hunar maktabi. Kasb ta‘limini korxonalarda o‘rgatish
federatsiyaga qarashli, kasb-hunar maktablari esa alohida yerlarga tegishlidir.
Mazkur ta‘lim turi federatsiya bilan yerlar va boshqa hamkorlarning
iqtisodiy talablaridan kelib chiqadi. Kasb turi bilan bog‘liq o‘qish muddati 2 yildan
3,5 yilgacha davom etadi. Hozirgi kunda, deyarli 1,6 mln. yoshlar, deyarli 360 ta
mutaxassislikni o‘rganishmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda deyarli 42% yigitlar
va 55% qizlar kasb o‘rganish uchun kasb-hunar ta‘lim muassasalariga
topshirishadi. Yigitlar ko‘pincha avtomexanik, elektromontyor, g‘isht teruvchi,
duradgorlikni tanlashsa, qizlar esa vrach yordamchisi, sotuvchilik kasblarini
tanlashadi.
Turkiya davlatining ta‘lim tizimini o‘rganar ekanmiz bu mamlakatda
majburiy ta‘lim 6 yoshdan boshlanadi, 8 yillik majburiy boshlang‘ich ta‘lim deb
nom olgan bu ta‘lim, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ta‘lim olishini o‘z ichiga
oladi.
O‘rta ta‘lim esa boshlang‘ich ta‘limga asoslanib, kamida 2 yillik bo‘lgan
oliy ta‘lim beruvchi o‘quv muassasalarida olib boriladi. Oliy ta‘lim pullikdir,
shuningdek, yaxshi o‘zlashtiradigan lekin moddiy imkoniyatlari yo‘q bo‘lgan
talabalarning ta‘lim jarayonlari stipendiya va kredit yo‘li bilan qoplanadi.
Mamlakatning
test
tizimi
mukallashib
bormoqda.
Test
Markazi
abiturentlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test topshirishiga 1 oy qolganda
markazda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning o‘sha markazdan chiqarilmasligi,
shuningdek, test materiallarining chop etilmasligi alohida ahamiyatga ega.
Xalqaro tajribalarni o‘rganib, mamlakatimizda ham barcha sohalarda
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj (broker, kompyuter ustasi, dasturchi, dizayner va
boshqalar) ortib bormoqda. Joylarda kichik kadrlarga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Kollej bitiruvchilariga maqsadli kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu sohadagi
ishlarni yanada jonlantirish lozim. Shuningdek, respublikamizda tashkil etilgan
Tashxis markazlari faoliyatini kuchaytirish zarur. Zero, u o‘quvchilarga va ota -
onalarning ongiga ta‘sir qilsin va ularga kelajagi uchun to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsin.
Ta‘lim – shaxsning yashash faoliyati va ijtimoiylashtirishning turli
tabaqalari rivojlanishi va shakllanishida zarur bo‘lgan asosiy omildir. Shaxsning
ijtimoiy statusini aniqlash, jamiyat ijtimoiy tuzilishini ishlab chiqish va
rivojlanishida ijtimoiy tartib va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nazoratni
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rta va oliy maktab ta‘limining yuksak saviyasi, shubhasiz, har qanday
jamiyatni modernizatsiya qilish va rivojlantirishning asosidir. Mustaqillik tufayli
jamiyat oldiga mustahkam davlatchilikni barpo etish hamda murakkab iqtisodiy
vaziyat sharoitlarida milliy elitani shakllantirish zaruratipaydo bo‘ldi. Zamon
talablariga mos ravishda ta‘lim tizimini yangilash va qayta tashkil etish vazifasi
o‘ta dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekistonda ta‘lim tizimini isloh qilish
153
jarayoniga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq kirishilgan bo‘lib, aynan o‘sha
davrda mamlakatimizdagi ta‘lim tizimini jahon standartlariga moslashtirishga
intilish boshlandi. Bugungi kunda ta‘lim sohasida Respublikamiz AKSELS,
AYREKS, Amerika kollegiyalari konsorknumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSH),
DAAD, Konrad Adenauer fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi, Sauz Al-bantin
fondi (Misr) kabi xalqaro va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlik
yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizdagi ta‘lim tizimi ijtimoiy siyosatning eng muhim
yo‘nalishidir. Jamiyatni yangilash doimo ta‘limni qayta qurish bilan bog‘liq,
chunki yangi mafkurali, yangi dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilarni ta‘lim sohasi
tayyorlaydi.
Mustaqillikning 23 yili davomida ta‘lim tizimini tartibga solish, isloh qilish
va ta‘limga innovasiyalarni olib kirishga kirishildi va bu borada qator qaror va
dasturlar qabul qilindi. Ta‘lim sohasini chuqur isloh qilish vazifalarini hisobga
olgan holda barcha pog‘onalardagi o‘quv yurtlarini tubdan qayta qurish va
rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Yangi universitetlar,
tijorat, politexnika kollejlari va boshqa o‘quv yurtlari ochildi. Zamonaviy
yo‘nalishlar – jahon taraqqiyoti va diplomatiyasi, xalqaro jurnalistikasi, xalqaro
huquq va iqtisodiyot, bozor munosabatlari va boshqa sohalar bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlash tashkil qilindi.
Respublikamizda zamonaviy ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilish, zamonaviy
talablarga mos kadrlar tayyorlash ishini yo‘lga qo‘yish maqsadida quyidagilar
asosiy yo‘nalish sifatida qabul qilindi:
- butun ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish, faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quv
yurtlarini yangi yo‘nalishga o‘tkazish hamda yangicha sharoit va zamonaviy
texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv yurtlari,
eng avvalo, texnik kollejlar, biznes maktablari va maxsus o‘quv yurtlari tashkil
etish bilan tuzilma yangiliklarini amalga oshirish;
- o‘quv-tarbiya jarayonini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta‘lim,
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarni
joriy etish;
- o‘quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish, xususan, umumiy o‘rta
ta‘lim dargohlarini bitiruvchilari uchun tadbirkorlik faoliyati asoslari, iqtisodiy va
huquqiy bilim darslari kiritilgan maxsus ta‘lim muassasalari barpo etish va
ularning tarmog‘ini kengaytirish;
- yoshlarga milliy uyg‘onish va umuminsoniy qadriyatlar asosida,
Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida ta‘lim-tarbiya;
- O‘zbekistonning iqtisodiy, ma‘naviy ehtiyojiga mos keladigan yuksak
malakali xorijiy mutaxassislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini
yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish;
154
- pedagog kasbiga hurmatni oshirish, pedagog va murabbiylar mehnatiga
qiziqishni kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar
yaratish...
Ko‘rib turganimizdek, O‘zbekistonda ta‘lim tizimini isloh qilish sohasida
ko‘rilgan chora−tadbirlar, shuningdek, rejalashtirish va ishlab chiqish bosqichida
turgan loyihalar hozirning o‘zidayoq Respublikamizda ta‘lim islohotining sezilarli
muvaffaqiyatlaridan so‘z yuritishga imkon bermoqda. Ta‘lim tizimini isloh qilish
va rivojlantirish mustaqil O‘zbekistonimizning porloq kelajagi va barqarorligi
uchun kiritiladigan ishonchli investitsiyadir.
Dostları ilə paylaş: |