140
foydalanishdi va ularning o‘zaro o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, tanqid
qilishga keng yo‘l (ayniqsa sanoat doiralarida) ochildi.
Ta‘lim predmetlari yuqori va to‘liqsiz o‘rta maktablar uchun 80-yillarning
oxirida ingliz tili (adabiyoti), matematika, din va jismoniy tarbiyadan ta‘lim
standartlari yaratildi.
Shuningdek, Angliyada birinchi marta majburiy maktab uchun o‘quv
rejasi
tuzish haqidagi takliflar ta‘lim Bosh nazoratchisining ‖11-16 yoshlar uchun o‘quv
reja‖ (1977yil) tuzishidan boshlangan.
Ta‘limni isloh qilish to‘g‘risidagi qonunda (1988yil) belgilanishicha ta‘lim
masalalari bo‘yicha davlatning mas‘ul shaxsi ta‘lim mazmuniga davlat talabini va
barcha uchun majburiy bo‘lgan ingliz maktablari uchun o‘quv predmetlarini
belgilashi ko‘rsatib o‘tilgan.
1
Qonun maktabda o‘rganish uchun o‘n bitta majburiy bo‘lgan predmetlarni
belgiladi: 3 ta predmet «Yadro»
hisoblanadi, ya‘ni matematika, ingliz tili, tabiiy
fanlar,
shuningdek, din, tarix, geografiya, texnologiya, musiqa, san‘at, jismoniy
tarbiya va chet tili (o‘rta maktabda) ham mavjud edi.
Angliya Ta‘lim va Fan Departamenti tomonidan ‖Ta‘limni
isloh qilish
to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilingach, asosiy predmetlar uchun komissiya tuzildi.
Komissiya tarkibida predmetchilar, o‘qituvchilar, shuningdek, qo‘shimcha
guruh
mutaxassislari faoliyat yuritdi.
90-yillarning boshida umummilliy ta‘lim standarti va o‘quv rejasi zarurligi
ma‘lum bo‘ldi.
To‘liqsiz o‘rta maktablarning yuqori sinflari uchun majburiy predmetlarni
o‘qitishga o‘quv vaqtining 85% i ajratilgan.
1
Keyinchalik o‘qituvchi pedagoglarning tanqidi va talablari asosida majburiy
predmetlar uchun ajratilgan vaqt 70-75% ga qisqartirilgan.
Angliyalik pedagog DJ.Uayt, Angiyada islohot o‘tkazishda ―qatnashchi
davlat maktablariga asosiy va iqtisodiy maqsadga
erishish vositasi sifatida
qaragan‖.
2
Shuningdek, inson va fuqarolarning qiziqishlarini inobatga olish lozimligini
ta‘kidlaydi. Amerikalik pedagog DJ.Gudled yozishicha:-―Ta‘lim rejasini oshirish,
maktabning javobgarligini kuchaytiradi... maktabda testning yuqori ko‘rsatkichlari
orqada ―qoluvchilar‖ uchun dastur bo‘lib, ularning kamayishiga erishish
mumkin‖ligini ta‘kidlagan.
Yaponiyada esa, zamonaviy ta‘lim islohoti 1984
yilda premer - ministr
Nakasone asos solgan Maktabni isloh qilishning davlat qo‘mitasi tomonidan
amalga oshirilgan. 1985 yilda qo‘mita dokladi matbuotda e‘lon qilingan, unda
ta‘limni isloh qilishga kirishilganligi bildirilgan.
80-yillarda Yaponiyada o‘quv soatlari soni va o‘quv rejalari sonini
(maktablarda)
qisqartirishga qaror qilindi, ya‘ni ta‘lim standati qisqartirildi (bu
haqda 2-jadvalda ko‘rsatilgan).
Dostları ilə paylaş: