129
5 oylik tayyorgarlik kurslarini yo‘l - yo‘lakay o‘tovchi doimiy o‘qituvchilar
hali ishga kirmagan, tayyorgarlik bosqichini o‘tagan o‘qituvchilar bilan
almashadilar. Belgiyada o‘quvchilar ta‘tilga chiqqanida o‘qituvchilar uchun 2-3
kunlik tayyorgarlik kurslari uyushtiriladi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirishni o‘tkazishning asosiy
mazmuni:
-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini o‘z predmeti bo‘yicha oshirish;
- o‘qitishning yangi usullarini o‘rganish;
- tajriba almashish va tajribali pedagoglarning ta‘limi;
- kompyuter savodxonligi va chet tilini o‘rganish va takomillashtirish.
Asosiy zaif tomonlar:
— o‘qitishning yomon usullari;
— zarur va zamonaviy adabiyotlarning yetishmasligi;
—ba‘zi malaka oshirish institutlaridagi yomon sharoit;
— keraksiz predmetlarning ko‘pligi;
— kompyuter texnologiyasini egallashning past darajasi;
— yuksak malakali pedagoglarning yetishmasligi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
usullari:
— chet davlatlarda stajirovka va chet el tajribasini o‘rganish;
— malaka oshirish institutlariga tajribali ma‘ruzachilarni jalb qilish;
— zamonaviy metodik adabiyotlarning qo‘llanilishi;
— kompyuter malakalarini o‘zlashtirish;
— o‘qitishning zamonaviy usullari;
— amaliy mashg‘ulotlar ustuvorligi;
— o‘quvchilar fikriga e‘tibor berish;
— o‘quvchilar ehtiyojlariga katta e‘tibor berish.
O‘qituvchilar doimiy kasbiy rivojlanishda o‘z ehtiyojlarini aniq belgilay
oladilar. Ular o‘qitish usullarini boshqa tajribali o‘qituvchilar bilan muhokama
qilib, aniq baholay oladilar va kompyuter malakalarini takomillashtiradilar. Shu
bilan bir vaqtda o‘qituvchilarning aksariyati, ma‘ruzalarni zerikarli, o‘qitish
usullari yomon, ba‘zilari hatto malaka oshirish kurslariga qatnashish vaqtni va
pulni bekorga sarflash deb hisoblaydi.
Vaziyatni o‘zgartirishning birinchi usuli — chet el tajribasini qo‘llash,
masofaviy ta‘limni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Yevropada o‘qituvchilar tarkibini takomillashtirish talablarini tahlil qilish
an‘anasi shakllangan. Rivojlanish rejasi mavjud institutlarda takomillashish
zarurati xodimlar bo‘yicha yig‘iladi va jamoatchilik e‘tiboriga havola qilinadi.
Dostları ilə paylaş: