139
Ta‘limni isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri, uning tarkibini qayta
qurishdir. Dunyo mamlakatlarida an‘anaviy boshlang‘ich ta‘lim ommaviy bo‘lib,
u ishlab chiqarishni bilimli (savodli) ishchi kuchi bilan ta‘minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. XX asrning 60-70-yillarda yuz bergan, demokratiyalashtirish
to‘lqini dunyo mamlakatlarida o‘rta ta‘limni kengaytirish, shuningdek, oliy
ta‘limni rivojlantirishga yo‘l ochib berdi.
Iqtisodiy gullab-yashnashning asosi bo‘lgan ta‘limni saqlab qolish va uning
sifatini oshirish ehtiyoji ko‘plab davlatlarda ta‘limni standartlashtirish
muammolarini kun tartibiga qo‘ydi.
Shu o‘rinda tadqiqotchilar B.S.Gershunskiy va V.M.Berezovskiylarning
quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joiz: - ― Standartlashtirish bu istalgan jabhada
biron narsani maqsad qilish va natijasini baholash bosqichlari bilan birga
o‘tkaziladigan muolajadir‖
1
.
AQSH ta‘lim Departamentining ko‘rsatmasiga binoan:
‖Standartlar bu shunga qaratilganki, ya‘ni undagi ishtirokchilar bilishi va
qila bilishi lozim‖.
2
Standartlashtirish birinchi, asosiy muammo sifatida asosan markazdan
boshqarilmaydigan, ya‘ni AQSH, Buyuk Britaniya singari davlatlarda, ko‘proq
yagona umummilliy talablarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan davlatlarda paydo bo‘la
boshlagan.
Bu ko‘proq Sobiq Ittifoq tasarrufidagi respublikalarga taalluqlidir.
AQSH da esa, islohot maqola, ma‘ruzalarda: ‖Millat xavf ostida: maktabni
isloh qilish zarur‖ (1983yil), ‖XXI asr uchun ta‘lim‖ (1983 yil) kabi ilmiy
maqolalarda o‘z aksini topgan. Ularda amerikalik o‘quvchi va talabalarga
ta‘limning yuqori bosqichlaridagi bilim berishning sayozligi tanqid qilindi.
80-yillarning oxirlarida esa, qator, ya‘ni maqsadi ta‘limni yaxshilashga
qaratilgan qonun aktlari qabul qilingan. ‖Amerika–2000: ta‘lim istiqboli‖ (1991)
deb nomlangan hujjatda ta‘kidlanishicha, 2000 yil amerikalik o‘quvchilar
o‘zlarining boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan matematika va tabiiy fanlarni
egallashda yuqori ko‘rsatkichga erishishi ta‘kidlangan edi.
1991 yilda AQSH ta‘lim standartlari va test usulidagi ta‘limning davlat
standartlarini rivojlanishi bo‘yicha Milliy Kengash tuzildi. Kengash tomonidan
komissiya tuzilib, uning ishtirokida matematika, ingliz tili, tabiiy fanlar, tarix,
geografiya, fuqarolikka kirish, san‘at singari fanlardan ta‘lim standartlari yaratildi.
1993 yil ta‘lim standartlarini matematika yo‘nalishida ishlab chiqish yakunlandi.
Qolgan standartlarni ishlab chiqish 1994-95 o‘quv yilida tugatilishi lozim edi.
AQSHda shtatlardagi va maktab okruglaridagi avtonomiyaning yuqori
bosqichi umummilliy ta‘lim standartlarining yaratilishida asosiy muammo bo‘lgan.
Shundan so‘ng, ta‘lim Departamenti standartlarning majburiy emasligi
to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Angliya esa ta‘lim standartlarini yaratishda boshqa yo‘ldan bordi.
Markazlashmagan ta‘lim, ya‘ni bunda maktablar katta mustaqillikdan
Dostları ilə paylaş: