Inson kamoloti – Bu insonning hayot yo‘li davomida rivojlanishining
o‘ziga hos shakli bo‘lib, mahsus olib boriladigan tarbiyaviy
ta‘sir natijasi hisoblanadi.
Insonparvarlik - (―inson‖ – arabcha; ―parvar‖- fors-tojikcha; ―lik‖-
o‘zbekcha – kishiga g‘amho‘rlik, gumanizm) – odamzodning
qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon
bo‘lishi uchun kurashish, insonning baht-saodati, teng
huquqliligi,
adolatli
hayotini
ta‘min
etishga intilish,
insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-
sharoitlar yaratish ma‘nosini anglatadi.
Islohot – Isloh qilish, tubdan o‘zgartirish, qaytadan qurish, yangidan
tashkil qilish.
Istiqbol – Ta‘sir ko‘rsatishning juda ta‘sirchan usuli bo‘lib, u
kishining hatti-harakatlari, oldiga maqsadlar qo‘yish yo‘li
bilan ta‘minlaydi va intiluvchanlikni rivojlantirishga yordam
beradi.
Istiqlol – (arabcha ―istiqlol‖- ko‘tarilish, qaddini rostlash, o‘sish,
yuqori joyga erishish) – har bir inson, jamoa, davlat,
millatning rivojlanishi uchun zarur erkinlik sharoiti.
Ixtisos - Insonning
hosil
qilgan
bilimlari
va
amaliy
ko‘nikmalarining majmui. Kishiga turmushining moddiy va
ma‘naviy sohasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini
beradi.
Iqtisodiy madaniyat – Jamiyat a‘zolarining iqtisodiy hayotdagi ommaviy ijodiy
ishtirokining,
ularning
iqtisodiy
bilimlari,
ho‘alik
159
yuritishdagi mahorati va malakasi, iqtisodiy fikrlashi va
tafakkuri rivojlanganligining sifat tavsifi.