millatning, elatning umumiy tili. O‘zaro fikr almashish,
muloqot vositasi.
Milliy g’urur - Har bir millatning o‘z – o‘zini anglashi natijasida sodir
bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyati. Milliy g‘urur mustahkam
bo‘lsa, millat vakillari orasidagi birlik ham kuchli bo‘ladi.
Moddiy qadriyatlar – Insoniyatning yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo‘lgan,
ijtimoiy, iqtisodiy talabini qondiradigan barcha turdagi
narsalar va ashyolar yig‘indisi.
Muallim – Muayyan fan yuzasidan ta‘lim berishga vakolatli, ta‘lim –
tarbiya bo‘yicha oliy, mahsus tayyorgarlikdan o‘tgan,
pedagogik va psixologik bilim, ko‘nikma, malakalarni va
talab darajasidagi mahoratni egallagan, ta‘lim-tarbiya, usul,
vosita uslubi asosida o‘z metodikasi, ishlash qobiliyatiga ega
ma‘naviy etuk shaxs.
Muammo – Ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning
subyektiv shaklidir. U muammoli vaziyatning, ya‘ni jamiyat
rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida obyektiv
ravishda vujudga keladigan ziddiyat.
Muomala - Yaxshilikka sabab bo‘lgan ishlarda mayinlik, shirinso‘zlik,
yoqimtoylik asosidagi munosabat.
Murakkab malaka - Kasb mahoratining asosini tashkil etib, bilim, boshlang‘ich
malaka hamda ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi va ular asosida
shakllanadi. Murakkab malaka shakllanishi shaxsda kasb
mahoratini paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
Muhit – Kishiga ta‘sir etadigan tashqi voqelik.
Nutq qobiliyati – Nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o‘z
fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati