49
ta‘lim sohasi bo‘yicha o‘quv dasturlarini kengaytirish, professional kadrlarga
etibor
qaratish, kuchli moddiy bazani barpo etish yo‘lidir. 1977 yilda AQSHda
qabul qilingan ―Mehnat faoliyatiga tayyorlash akti‖ning asosiy g‘oyasi ham shunga
qaratilgan. Umuman olganda, AQSHda bu masalaga munosabat jiddiy. Kollejlarda
kotejlar qurish, avtomobillarni ta‘mirlash, kompyuterlarni
terish kabi amaliy
faoliyat, mavjudki, ular o‘quv muassasalariga ma‘lum miqdorda daromad ham
keltiradi.
G‘arpiy Yevropada ham bu sohada o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Masalan, Fransiyada mehnat ta‘limiga ajratilgan o‘quv soatlari 1,5 barobar
oshirildi. Buyuk Britaniyada «Mehnat ta‘limi va kasbga tayyorlash» aktiga (1973
yil) muvofiq maktablar bir qanchafaoliyat sohasi bo‘yicha
majburiy kasb-kor
dasturini o‘zlashtirmoqda.
Mehnat ta‘limida stajirovka asosiy o‘rinda turadi. Stajirovka dasturi va u
amalga oshiriladigan korxonani tanlashda ota - onalar bilan kelishib olinadi.
Stajirovkalarni tashkil qilish va amalga oshirishga ketadigan sarf-xarajatlarning
katta qismini sanoatchilar va finansistlar to‘laydi. Masalan, Germaniyada mehnat
ta‘limi stajirovkasini amalga oshirishga 450 ming
kompaniya va korxonalar
yordam beradi. Ular ichida kichik ustaxonalardan tortib ―Mersedes Bens‖ kabi
ulkan korxonalar ham bor.
Mehnat ta‘limi bilan bir qatorda kasbga yo‘naltirish ishlari ham zamon
talablariga hamohang takomillashib bormoqda.
Kasbga yo‘naltirish darslari barcha rivojlangan davlatlarda mavjud. Bunday
darslarda mehnat olamidagi o‘zgarishlar va tendensiyalar bilan bir qatorda kasb -
kor sohibi bo‘lish imkoniyatlari ham o‘rgatiladi. Kasbga yo‘naltirish
darslarini fan
o‘qituvchilari hamda maxsus kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha maslahatchilar
olib boradi. Bundan tashqari kasbga yo‘naltirish konsultatsiya punktlari ham
mavjud bo‘lib, ular yuqori sinf o‘quvchilari va ota - onalarga shu soha bo‘yicha
konsultatsiyalar tashkil etadir. Bunday konsultatsiya punktlari maktablar tarkibiga
kirmaydi. Ular xususiy yoki mehnat birjalari tasarrufida bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda korxonalar
amalga oshirayotgan
ishlar ham e‘tiborga molikdir. Ularning shtatli konsultantlari maktablarda kasbga
yo‘naltirish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib boradilar.
Dostları ilə paylaş: