41
YUNECKO tashabbusi bilan Fransiyaning Parij shahrida, Samarqandlik olim,
davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubiley
tantanalari bo‘lib o‘tdi. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining butun jahon
tarixiy obidalar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ko‘pgina ishlar qilindi.
YUNESKO Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish
istiqbollarini o‘rganish ishida ham katta amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bu ish
shunisi bilan katta ahamiyatga molikki, butun Markaziy
Osiyo Respublikalari Orol
dengizining qurib borayotganligi munosabati bilan jiddiy ekologik tanglikka,
sanoat chiqindilaridan atrof-muhitni ifloslanishi kabi muammolarga duch
kelmoqdalar.
YUNESKO ana shu muammolarni, boshqa xalqaro va hududiy hamjamiyat
tashkilotlari bilan hamkorlikda bartaraf etish yo‘lida ishlashga o‘zining
tayyor
ekanligini izhor etdi.
Ma‘lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahon madaniyati va ma‘rifatini
rivojlantirish o‘n yilligini (1988- 1997) o‘tkazishga qaror qilgan edi.
YUNESKO ham shu doirada faoliyat ko‘rsatib, jahon iqtisodiy, madaniy va
ma‘rifiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan «Buyuk Ipak Yo‘li»ni kompleks
o‘rganish dasturini qabul qildi. Bu dasturning maqsadi Sharq bilan G‘arb
o‘rtasidagi, quruqlikdagi va dengizdagi savdo yo‘li salohiyatini aniqlash,
tiklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu yo‘l Sharq bilan G‘arbning madaniy
va ma‘rifiy hamkorligini bir-biriga bog‘lovchi muhim ko‘prik
ekanligini ochib
berish, uni tiklashdan iboratdir.
Endilikda bu ulkan tadqiqotlar to‘rt asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:
1. Ipak yo‘li mamlakatlariga kiruvchi xalqlarning tili va yozuvini o‘rganish;
2. Karvonsaroylar o‘rnini aniqlash va ularni qayta tiklash, pochta aloqalarini
yo‘lga qo‘yish;
3. Kosmik arxeologiya‘ni qayta jonlantirish;
4. Jahon turistik tashkiloti bilan hamkorlikda ipak yo‘li bo‘ylab turistik
yo‘nalishlarni ochish va uni harakatga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda Respublikada YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. Bu
komissiya tarkibiga davlat
arboblari, olimlar, taniqli madaniyat xodimlari bilan bir qatorda ta‘lim
muassasalarining ham vakillari kiritildi.
Dostları ilə paylaş: