G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

1956 
yil AQSh
da
tashkil qilindi. U o‘z oldiga: ilmiy izlanishlarni kengaytirish, davriy 
nashrlar va kitoblarni nashr ettirish, Amerika pedagoglarining chet ellik 
hamkasblari bilan hamkorligini rivojlantirish, ilmning boshqa soha olimlarini 
qiyosiy – pedagogik izlanishlar o‘tkazishga jalb qilishni maqsad qilib qo‘ydi. 
Shu kabi jamiyatlar G‘arbiy Evropaning ko‘pgina mamlakatlarida, Kanada, 
Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreyada ham paydo bo‘ldi. 
1961 yilda
tashkil 
qilingan qiyosiy pedagogika 
Ye
vropa jamiyati
yirik regional birlashma 
hisoblangan. 
1973 yilda
qator Afrika davlatlari vakillari ham kirgan, 
fransyazichnix
mamlakatlarining 
qiyosiy pedagogika asossiyatsiyasi
barpo qilindi. 
1974 
yilda 
xalqaro 
kongresslarni 
tashkil qiluvchi, qiyosiy pedagogika 
jamiyatlarining butunjaxon kengashi tuzildi. Uzoq yillar davomida uning raisi 
pedagogik komparativistikaning taniqli nazariyotchisi E.King edi. 
Qiyosiy pedagogika ilmiy markazlari, kafedra va assossiyatsiyalari nashr 
qilgan dastur va qo‘llanmalar dunyoning turli davlatlarida ta‘lim siyosatining 
shakllanishiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatdi.
Qiyosiy pedagogikaning uslubiy va nazariy muammolarini tizimli ishlab 
chiqish 1920-30-yillardan boshlandi. Aynan shu davrda bu muammoni o‘z 
izlanishlarining asosiy predmetiga aylantirgan nazariyotchi - pedagoglar – I.Kendl, 
P.Monro, G.Beredey (AQSH), F.Shnayder, F.Xilker (Germaniya), P.Rosselo 
(Shvetsariya) va boshqalar chiqdi. Ularning ba‘zi monografiyalari 1950-60 
yillardagina nashr qilindi. Ammo uslubiy prinsiplar ular tomonidan urushdan 
avvalroq ishlab chiqilgan edi. 
Bu olimlarning dunyoqarashlari turlicha edi, ammo ularni ta‘lim jarayonini 
rivojlantirishga birinchi darajali ta‘sir ko‘rsatadigan sabablarni aniqlash va 
tavsiflash, turli mamlakatlardagi o‘xshashliklar va farqlarni o‘rganishga intilish 
g‘oyasi yaqinlashtirar edi. 
―Qiyosiy pedagogika sohasidagi izlanishlar‖ (1933), ―Ta‘limda yangi davr – 
qiyosiy izlanish‖ (1955), ―Qiyosiy pedagogika uslubiyoti‖ (1959) kabi yirik ishlar 
muallifi amerikalik nazariyotchi – pedagog I.Kendldir. 1925 yildan 1944 yilgacha 


33 

Kolumbiya 
universiteti 
tomonidan 
nashr 
qilingan 
―Xalqaro ta‘lim 
yilnomasi‖ning bosh muharriri bo‘lib faoliyat olib bordi.
Kendl 1933 yilda olti mamlakat: AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, 
Italiya va sobiq SSSR ta‘lim tizimini xalqaro pedagogik laboratoriya deb atab, 
ta‘lim holatini qiyosiy analiz qildi. Kendlning yozishicha, bu davlatlardagi ta‘lim 
muammolarining ildizlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ba‘zida hatto bir xil, ammo 
ularni yechish va erishilgan natijalarni ko‘pincha ushbu davlatning iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitliga bog‘liq. Xususan, Kendl u yoki bu 
davlatning iqtisodiy rivojlanishi va aholisining savodlilik darajasi orasida mavjud 
bo‘lgan korrelyatsiyani ishonchli ko‘rsatib berdi. 
Qiyosiy 
pedagogika 
uslubiy 
muammolari 
germaniyalik 
professor 
F.Shnayder tomonidan ham ishlab chiqilgan. U qator Germaniya universitetlarida 
pedagogika kurslarini o‘qir, doimiy pedagogik davriy nashrlarda ma‘ruzalari 
bosilib chiqar edi. Kelnda xalqaro pedagogik jurnalga asos soldi va 1931 yildan 
1934 yilgacha, uni boshqardi, keyinchalik bu jurnal Gamburgda YUNESKO ta‘lim 
instituti rahnamoligida chiqa boshladi. Shnayderning ―Xalqlar pedagogikasini 
harakatga keltiruvchi kuchlari, qiyosiy pedagogikaga kirish‖ (1947), ―Qiyosiy 
pedagogikadagi konsepsiyalar‖ (1955), ―Yevropacha tarbiya‖ (1959) singari 
asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Shuningdek, Shnayder ta‘lim rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadigan 10 ta 
sababni ajratib ko‘rsatadi:
1.
Milliy xarakter. 
2.
Davlatning geografik o‘rni. 
3.
Madaniyat. 
4.
Ilm va falsafa. 
5.
Ijtimoiy va siyosiy stratifikatsiya. 
6.
Iqtisod. 
7.
Din. 
8.
Tarix. 
9.
Chet el ta‘siri. 
10.
Ta‘lim institutlari faoliyatining ichki mantig‘i. 
Bu sabablarni u endogen, ya‘ni ta‘lim ichidagi va ekzogen uning sohasidan 
tashqarida yotuvchilarga ajratadi. Shnayderning taxminicha endogen va ekzogen 
sabablarning mosligi va bir-biriga ta‘sirini analiz qilish, ta‘limning milliy tizimi 
xarakterini, uning boshqa mamlakatlar ta‘lim tizimi bilan o‘xshashliklari va farqini 
belgilovchi ‖Kuchlar parallelogrammasini‖ aniqlash imkonini beradi. O‘z 
navbatida, u yoki bu davlatda yillar davomida bunyodga kelgan ta‘lim tizimi, 
ushbu xalqning milliy xarakteri shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. 
Urushdan keyingi 10 yillikda g‘arbda komparativist pedagoglarning yangi 
avlodi shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri London universiteti professori 
B.Xolms (1920-1993) edi. U o‘zining ‖Ta‘limdagi muammolar: qiyosiy 
yondashuv‖ (1965), ‖Qiyosiy pedagogika: uslubning ba‘zi masalalari‖ (1981) va 
boshqa ishlarida qiyosiy pedagogika prinsiplarini shakllantiradi va tushuntirib 
beradi. Uning tasdiqlashicha, turli davlatlar ta‘lim tizimini taqqoslash zaruriy, 


34 
ammo faqatgina informatsion xarakterga ega komparativistlar ishining birinchi 
bosqichidir. 
Izlanuvchi bir nechta asosiy muammolarni tanlab, daliliy materialni keyingi 
o‘rganishlar asosida chuqur qiyosiy analiz qilib, turli mamlakatlarda qanday hal 
qilinishini ko‘rsatib bersagina, bunday uslub yanada samaraliroq bo‘ladi. Xususan, 
bunday muammolarga o‘rta ta‘limni demokratlashtirish, umumiy va professional 
ta‘lim orasidagi mutanosiblik, o‘qituvchilar tayyorlash prinsiplari, individual 
erkinlik va ijtimoiy javobgarlik mutanosibligi muammolarining pedagogik 
aspektlari kiradi. Bu kabi izlanishlar natijalari, Xolmsning ta‘kidlashicha, katta 
amaliy ahamiyat kasb etadi, ular ta‘limni rivojlantirishni analiz qilish, rejalar tuzish 
va yangi pedagogik texnologiyalar tuzishda ishlatiladi. 
Fransiyada XX asrning birinchi o‘n yilliklarida qiyosiy pedagogika 
sohasidagi ishlar birmuncha sustlashdi. Bu davrda bu erda Angliyadagi M.Sedler 
yoki Germaniyadagi F.Shnayder kabi taniqli komparativistlar yo‘q edi. Chet eldagi 
muammolar bo‘yicha ishlar nashr qilinar, ammo ularning ko‘pchiligi ta‘lim 
tizimini tasvirlashdan nariga o‘tmas edi. 1960 yilga kelib ahvol o‘zgara boshladi. 
1962 yilda pedagogik izlanishlar milliy institutida mamlakatning asosiy ilmiy 
pedagogik markazida, ushbu izlanishlar rivojiga yordam bergan qiyosiy 
pedagogika bo‘limi tashkil qilindi. 
Bu davrning taniqli komparativisti Sorbonna professori M.Debess edi. 
Debess va G.Mialare redaktorligi ostida, fransuzlar bilan bir qatorda, qator chet el 
mualliflari ham ishtirok qilgan yirik monografiya ‖Qyosiy pedagogika‖ (ko‘p 
boblik nashr), ‖Pedagogik fanlar‖ning uch bobi nashr qilindi. Bu kitobda Debess 
o‘z konsepsiyasini batafsil bayon etdi. Uning fikricha, qiyosiy izlanishlarda tarixiy 
yondashuv birinchi darajali ahamiyat kasb etishi kerak. Ixtiyoriy – zamonaviy 
muammoni ko‘rib chiqishda, uning uzoq o‘tmish ildizlariga nazar solish zarur. 
Fransuz pedagogik adabiyotida A.Veksliarning ‖Qiyosiy pedagogika. Uslublar va 
muammolar‖ (1967) kitobi alohida o‘rin egallaydi. Unda qiyosiy pedagogika 
rivojlanishining holati haqida tarixiy ocherk yozilgan, uning uslubiy manolari 
ko‘rib chiqilgan, qator yirik davlatlar shu jumladan sobiq SSSR materiallariga 
tayanib, ikki muammoni qiyoslash orqali batafsil analiz qilingan: 
1.
Ta‘limni demokratlashtirish. 
2.
Ta‘lim sohasida rejalashtirish va tahlil qilish nazariyasi va amaliyoti. 
Qiyosiy pedagogika GFRda ham rivojlandi. 1957 yilda Markaziy 
pedagogika instituti qoshida, keyinchalik GFR pedagogika fanlari Akademiyasi 
tarkibida chet ellarda maktab pedagogikasi institutiga aylangan, qiyosiy 
pedagogika bo‘limi tashkil qilindi. 
Dunyoda ta‘limni rivojlantirish muammolari haqida katta daliliy material va 
nazariy maqolalarni bosib chiqaruvchi ―Qiyosiy pedagogika‖ jurnali doimiy chop 
qilinar edi. 
1960-80 yillarda GFRda pedagogik komparativistika namoyondalari Sharqiy 
Evropa davlatlarida va rus Ittifoqida ta‘lim nazariyasi va amaliyotiga katta 
ahamiyat qaratdi. Bu masalalarni ishlab chiqish uchun maxsus markazlar va 
laboratoriyalar tashkil qilindi. Ular yirik G‘arbiy Germaniya universitetlari qiyosiy 
pedagogika kafedralarida o‘tkaziladigan izlanishlarda muhim o‘rin egallar edi. 


35 
Qator kitoblar hamda maqolalar chop qilindi. Bu yo‘nalishning taniqli 
namoyondalari 
O.Anvayler, 
V.Mitter 
izlanish 
olib 
bordi. 
Pedagogik 
komparativistika rivojlanishiga, bolaligi va yoshligi rus Ittifoqida o‘tgan L.Freze 
katta hissa qo‘shdi. Uning ―Rus va rus pedagogikasining g‘oyaviy-tarixiy 
harakatga keltiruvchi kuchlari‖ (1956) kitobi konsepsiyasi G‘arbiy germaniyalik 
pedagoglarning qator rusalogik izlanishlariga asos bo‘ldi. Uzoq yillar davomida, 
Freze Marburg universitetining qiyosiy pedagogika kafedrasiga rahbarlik qildi. 
Aynan o‘sha yerda 1960 yillar o‘rtalarida xalqaro miqiyosda mashhur bo‘lgan 
A.S.Makarenkoning biografiyasi va pedagogik merosini o‘rganish laboratoriyasiga 
asos solindi. 
Sharqiy Evropa mamlakatlari orasida qiyosiy pedagogika rivojlanish 
masshtabi bo‘yicha Polsha yetakchi o‘rinda edi. Ilmiy bilimning bu tarmog‘i 
uslubiy muammolarini Polsha qiyosiy pedagogika asoschisi B.Navrochinskiy, 
shuningdek, B.Suxodolskiy, T.Vilex, T.Penxerskiylar ishlab chiqdilar. Ularning 
ishlarida qiyosiy pedagogika predmeti, maqsad va vazifalari aniqlab beriladi. 
Qiyosiy pedagogika va davlat ta‘lim siyosati orasidagi aloqaning o‘ziga xosligi 
tavsiflanadi, qiyosiy izlanishlar uslubiy masalalari ishlab chiqiladi. 
1911 yilda Xitoyda yuz bergan revolyutsiya monarxiyani ag‘dardi. Bu esa 
o‘z navbatida chet el pedagogikasi tajribasiga e‘tiborni sezilarli kuchaytirib, 
ta‘limni 
jadal 
reformalash 
davrini 
ochib 
berdi. 
Davlatning 
avvalgi 
izolyatsiyalanganligi ortda qoldi. Xitoy pedagoglari AQSh, Evropa davlatlari, 
Yaponiyada ijodiy safarda bo‘lib, Amerika maktablari ularda katta qiziqish 
uyg‘otdi. Xitoyda o‘sha davrda vujudga kelgan ta‘lim tizimida Amerika ta‘sirining 
izi bor edi.
Xitoy xalq Respublikasi tashkil qilingandan so‘ng (1949) Rus pedagogikasi 
nazariyasi va amaliyotini mukammal o‘rganish boshlandi. ―Madaniy revolyutsiya‖ 
yillarida (1966-1976) chet el pedagogik tajribasini o‘rganish butunlay to‘xtadi, 
ammo 1970 yillar oxiridan yangilandi va keng tarqaldi. Ilmiy izlanishlar markaziy 
institutida qiyosiy pedagogika sektori tuzildi, qiyosiy pedagogika assotsiyatsiyasi 
barpo etildi, chet el pedagogikasini o‘rganish bo‘yicha Oliy o‘quv yurtlararo 
markaz faoliyat ko‘rsatdi. ―Chet el pedagogikasi‖ jurnali va monografik 
materiallar, masalan: ―Jahonda ta‘limni rivojlantirish kelajagi‖ (1983), ―Jahonda 
ilmni 
rivojlantirish 
yo‘nalishlari‖ 
(1986) 
chop 
etildi. 
Xitoy 
pedagogik 
ensiklopediyasining (1992) 12-bobi butunlay qiyosiy pedagogikaga bag‘ishlandi. 
O‘sha davrning pedagogik adabiyotida chet el muammosi keng namoyon 
qilingan pedagogik bibliografiya ma‘lumotlariga ko‘ra, 1924 yildan 1930 yilgacha 
800 dan ortiq nashr hisobga olingan. Yirik Evropa davlatlarida ta‘lim nazariyasi va 
amaliyoti haqidagi yirik ishlardan tashqari Avstriya, Belgiya, Vengriya, 
Gollandiya, Daniya, Polsha, Ruminiya, Shvetsariya, Shvetsiya, shuningdek, sharq 
mamlakatlari Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Afg‘oniston kabi davlatlardagi ta‘limning 
u yoki bu masalalarini yorituvchi maqolalar bosilib chiqar edi. Amerika maktabi 
katta qiziqish uyg‘otdi, chunki u sinovlar va xatolar uslubi bilan tuzilgan va 
hayotda tekshiruvdan o‘tgan, uning tarkibi, ta‘lim mazmuni va uslublarining jiddiy 
bir o‘zgarishlarini hisobga olganligi uchun g‘arbning asosiy pedagogik 
laboratoriyasi vazifasini bajarar edi. 1920 yillar oxirida Amerikada bo‘lgan rus 


36 
pedagogi M.S.Bernshteyn ―Aynan Amerika pedagogikasi biz uchun katta qiziqish 
va ahamiyat kasb etadi. Bu boy mamlakatning nisbatan yoshligi, boshqaruvchi 
aholi guruhining ishbilarmonligi, asosan ulkan material resurslari va imkoniyatlari, 
natijalarni amaliyotga ijobiy qo‘llash, eksperementlarda ochiq beriladigan 
prinsipial uslublar, ba‘zida esa Amaliy xatolar nuqtai-nazaridan katta nazariy va 
amaliy qiziqish uyg‘otuvchi pedagogik eksperementlar va tadbirlar uchun juda 
yaxshi imkoniyatlar yaratadi‖ deb yozadi. 
1920 
yillarda 
chiqqan 
E.Yanjul, 
N.Ilin, 
E.Gura, 
I.Svadkovskiy, 
B.Kamarovskiy, M.Shteyngauzlarning mazmunli ishlari AQSH maktabi va 
pedagogikasiga bag‘ishlangan. Ularning ishlarida u yoki bu meyorda o‘sha vaqtda 
shakllangan g‘oyaviy fikrlar ishlatilgan, ammo shu bilan birga Amerika 
maktablarida o‘quv jarayonini tashkillashtirish, uni yangilash yo‘llarini izlash, 
―maktab va mehnat hayoti‖ muammosini hal qilishga bo‘lgan qiziqarli urinishlarni 
batafsil tavsiflab berdilar.
Chet el pedagogik tajribasini analiz qila turib, izlanuvchilar turli 
mamlakatlardagi ta‘lim holatini bir necha marta taqqoslashdi, o‘z oldilariga
maktablar, uni tashkillashtirish xususiyatlari, uning oldida turgan ijtimoiy 
masalalarni hisobga olgan holda, nimalarni qo‘llash mumkinligini maqsad qilib 
qo‘ygan mamlakat muammolariga doimiy murojaat qilishardi. Shunday qilib, 
o‘sha davrda bu termin ishlatilmasa ham qiyosiy pedagogika bunyodga kelish va 
rivojlanish jarayoni davom etar edi.
Ammo tez orada bu yo‘nalishning izlanish ishlari ancha yilga uzilib qoldi. 
1920-30 yillarda mamlakatda siyosiy rejim va g‘oyaviy hukumatning qat‘iy yangi 
davri boshlandi. Hukumat o‘zgacha fikrlashining eng kichik ko‘rinishlariga ham 
keskin chora ko‘rar edi, cheksiz g‘oyalashtirish jamiyat hayotining deyarli barcha 
tarmoqlarini qamrab oldi. Pedagogik fonda vaziyat chidab bo‘lmas darajada 
keskinlashdi. Polemika o‘sha zahotiyoq o‘zaro siyosiy ayblovlar, ba‘zida 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri chaqimchilik xarkteriga ega bo‘ldi. Tez orada ularni ketidan 
qatag‘onlar boshlandi. Yuzlab pedagoglar, psixologlar, maorif arboblari uning 
qurboniga aylandi. Aynan shu yillarda bu mamlakat – butun insoniyatning 
avangardi va ziyosi degan fikr shaklllandi, hamda uzoq yilllar saqlanib qoldi. Rus 
ta‘lim tizimi, ko‘p joylarda sotsializm g‘alaba qozongandan so‘ng, butun dunyo 
uning prinsiplariga tayanuvchi yagona ilg‘ordir, deb e‘lon qilindi. Tabiiyki, bunday 
tasdiqlar xalqaro pedagogik tajribani obyektiv o‘rganishga yordam bermas edi, 
bunga salbiy va qo‘pol munosabatda bo‘lishga yo‘naltirar edi.
1930 yillarda qabul qilingan VKP (b), MKning maktab haqidagi qarori ko‘p 
yillar maktab siyosatining yangi kursini, uning o‘zgargan rahnamolarini belgilab 
berdi. Bu qarorlar ahamiyatini turlicha baholash mumkin. Yangi siyosat qat‘iy 
avtoritarizm, administrativ bir xilllikni maktab faoliyatida demokratik qadamlarni 
cheklashni talab qilar edi. Ammo «uslubiy yoritgich»ni butunlay qoralash 
pedagogik eksperimentlar, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish, shu jumladan 
chet el tajribasiga, murojaat qilish, yangi yo‘llarini qidirish, imkoniyatlarini 
cheklab qo‘yar edi.
O‘sha davrda keng tarqalgan Dyuning original konsepsiyasi ba‘zi 
pedagoglarni qiziqtirib qo‘ydi. Uning qator g‘oya va takliflari o‘sha davrda 


37 
maorifni 
boshqaruvchi 
arboblar 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanar 
edi. 
N.K.Krupskaya Dyuning didaktik konsepsiyasiga bir necha marta ijobiy baho 
beradi, ayniqsa yangi shakllarni rivojlantirishga va maktab o‘quvchilarining 
mehnat ta‘limi rolini oshirishga yo‘naltirilgan holatlarni alohida ko‘rsatadi. 
A.V.Lunacharskiy Dyuni, ―asrimizning eng yirik pedagoglaridan biri‖ deb ataydi 
va uning faoliyati an‘anaviy maktabning abstrak – sxolastik amaliyotiga qarshi 
kurashga yordam beradi, deb ta‘kidlaydi. Dyu g‘oyalariga asoslangan g‘arbiy 
didaktik yangiliklar proektlar uslubi dalton – plan 1920 yillarda ko‘pgina rus 
maktablari ishlari amaliyotida qo‘llaniladi. Dyu katta e‘tibor va qiziqish bilan chet 
el ta‘lim rivojlanishini kuzatib bordi. Maorif sohasida katta yutuqlarga erishish 
uchun xalqning madaniyati, intilishi muhim rol o‘ynashini ta‘kidladi.
1940-50-yillar boshlarida g‘arbning oldiga g‘oyaviy kompaniyalar kuchli 
kurashlar oqibatida kapitalistik davlatlar maktab siyosati va pedagogikasini tanqid 
qilish kuchaydi. Rus pedagoglarining bu muammoga e‘tibor qaratishlari ilmiy va 
targ‘ibot maqsadida qilinar edi. Biron-bir g‘arbiy tajribaning pozitiv aspektlarini 
yuzaga chiqarish haqida endi so‘z ham bo‘lmas edi. Aynan pedagogik analizlar 
o‘rnini keskin siyosiy-g‘oyaviy qarashlar egalladi. 1952 yilning o‘zidayoq 
chiqarilgan kitoblar nomi ―AQSH maktabi imperialistik reaksiya xizmatida‖, 
―Dyun pedagogikasi zamonaviy Amerika reaksiyasi xizmatida‖. Bu kitoblar bilan 
bir qatorda shunday sarlavhali o‘nlab maqolalar chiqdi. Ularning ba‘zilari kulgili 
tuyulardi. Masalan: ―Kar soqov bolalarni tarbiyalash va o‘qitishdagi reaksion 
burjua nazariyasini tanqid qilish‖. Asosiy nishon AQSh maktabi va pedagogikasi 
edi, ammo boshqa mamlakatlar pedagoglari ham olovga tushib qolar edi. 1952 
yilda 82 yoshida butun dunyo hurmatiga ega, maktabgacha tarbiya insonparvar 
konsepsiyasini yaratgan Italyan pedagogi M.Montessori vafot etdi. Aynan shu yili 
―Maktabgacha tarbiya‖ jurnali ―Montessori Amerika, Angliya imperializmi 
xizmatida‖ deb nomlangan maqola bosib chiqardi.
1960 yillarga kelib ahvol o‘zgara boshladi. Chet el muammosini o‘rganish 
bo‘yicha ishlar kengaydi. 
1957 yilda sobiq SSSR, UFA pedagogika nazariya va tarixi institutida 
tashkil qilingan, chet elda zamonaviy maktab va pedagogika bo‘limi (keyinchalik 
laboratoriya deb atalgan) o‘ziga xos axborot ishlaridan analitik xarakterdagi 
izlanishlarga o‘ta boshladi va u chet el ta‘limi zamonaviy nazariyasi va amaliyotini 
o‘rganish bo‘yicha yetakchi markazga aylandi. Keng kompleks mavzular ishlab 
chiqildi. ―Chet ellarda ta‘lim tizimi‖, ―Chet ellarda mehnat ta‘limi nazariyasi va 
amaliyoti‖, ―Kapitalistik davlatlarda pedagogik izlanishlarni tashkil qilinishi va 
yo‘nalishi‖ va boshqalar. Ularning mazmunlari ko‘pgina turli nashrlarda aks etdi. 
Laboratoriya tashabbusi bilan 1974 yilgacha doimiy chiqib turgan ―Chet elda xalq 
ta‘limi va pedagogika‖ referativ jurnali paydo bo‘ldi. Hammasi bo‘lib 30 ta soni 
chiqdi: ularning har birida eng yangi chet el kitoblari va maqolalariga laboratoriya 
xizmatlari tomonidan yozilgan taqrizlar o‘rin olgan edi. Jurnal pedagogik 
jamoatchilikka chet eldagi ta‘lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining holati va 
dolzarb muammolari bilan tanishishga yordam berdi. Qator dissertatsiyalar yozildi. 
1966 yilda Moskva davlat pedagogika institutida qiyosiy pedagogika 
laboratoriyasi tuzildi. U bir nechta maqolalar to‘plami, 1977 yilda esa qiyosiy 


38 
pedagogika bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (mualliflar – M.S.Sokolova, E.N.Kuzmina, 
M.L.Radionov) tayyorladi. Rus pedagog komparativistlari GDR, Polsha, Vengriya, 
Chexoslavakiya, Bolgariya mutaxasislari bilan hamkorligi ancha rivojlandi. 
1970-80-yillarda chet el muammosiga bag‘ishlangan rus olimlaridan 
V.P.Borisenkov, B.L.Vulfson, A.N.Djurinskiy, V.P.Lopchinskiy, Z.A.Molkova, 
I.B.Martinkovskiy, N.D.Nikondrov, O.I.Solimova, S.A.Tangyan, L.D.Filippova, 
T.F.Yarkinalarning monografiyalari dunyo yuzini ko‘rdi. Ilmiy ishlar to‘plamlari 
va jurnal maqolalarida qiziqarli yangi materiallar o‘rin olgan edi. Bu davrning 
ishlarida g‘oyaviy oqimlar ta‘siri yo‘qolmagan edi. Kapitalistik va sostialistik 
davlatlardagi ta‘lim tizimidagi qarama-qarshiliklar ajratib ko‘rsatilar edi. Bunday 
oshkora tasvir haqiqatdan yiroq edi. Chet el sotsialistik davlatlardagi maktab va 
pedagogikaning rivojlanishi bir tomonlama yoritilar edi. Qiyinchilik va qarama-
qarshiliklarni ko‘rsatmay, faqatgina yutuqlar haqida so‘z yuritiar edi. 
Shunga qaramay mavjud o‘zgarishlarni sezmaslik mumkin emas edi. Agar
1930-1950 yillarda deyarli barcha rus ishlarida g‘arbdagi ta‘lim obyekti, mazmunli 
axborot yo‘qligi yaqqol ko‘rinsada, keyinchalik chet el pedagogikasi bo‘yicha turli 
ishlarda g‘oyaviy formulalar va aynan pedagogik analiz orasidagi taqqoslash 
muallifning individual qarashlari bilan belgilana boshladi. Bir qator ishlarda 
g‘oyaviy yondashuv faqatgina o‘quvchilarni ―tepalik ortidagi‖ ta‘limning haqiqiy 
holati bilan tanishtirish ularga u yoki bu darajada o‘zimizda mavjud va chet el 
muammolari bilan solishtirish va ularni hal qilish yo‘llarini qidirishga intilishning 
bir pardasi edi. 
1980-90 yillar Rossiya jamiyatshunosligida, shu jumladan qiyosiy 
pedagogikada ham konfrantatsion ritorika va g‘oyaviy majburiyatdan chetlanishga 
imkon beruvchi yangi vaziyat yuzaga keldi. Bu davrdagi ishlarda o‘rganilayotgan 
muammolar diapazoni kengaydi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi 
maktab reformasining asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga harakat qilinardi. Ta‘lim 
mazmuni 
va 
uslublarini 
yangilash 
jarayonlari 
o‘rganilardi. 
Ta‘limni 
rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlar va milliy xususiyatlarga mosligi to‘g‘risidagi 
masala qo‘yilar edi. Chet el pedagogik fikrlarining turli oqimlari tasvirlanar edi. 
Ta‘limni regional va global mashtabda rivojlanish jarayonlari koordinatsiyasi 
bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati yoritilar edi. Universitetlar, pedagogika 
institutlari va xalq ta‘limi xodimlari malakasini oshirish tizimi muassasalari uchun 
o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. Buning barchasi pedagogik ta‘limning zamonaviy 
tizimda Qiyosiy pedagogika, uning ilmiy pedagogik, umum madaniy va amaliy 
ahamiyati bilan belgilanadigan o‘z o‘rnini topishi uchun yordam berishi kerak edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin