40
markazlari, universitetlar, olimlar hamkorligini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim
ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
Ma‘lumki, hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy, tarixiy
meroslarini, osori-atiqalarini asrash, avaylash, kelajak avlodlar uchun uni saqlash,
ta‘mirlash ishlari katta ahamiyatga molikdir.
Bu jahonshumul masalada YUNESKO asosiy o‘rinni egallaydi. Uning
ro‘yxatiga jahon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan buyuk Xitoy devori,
London Taueri, Klimenjarodagi milliy park va boshqa minglab obyektlar kiradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 1993 yildan boshlab O‘zbekistonning
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkent va boshqa joylaridagi ko‘plab tarixiy
obidalar ana shu ro‘yxatga kiritildi.
Har yili bu ro‘yxatga yangi - yangi tarixiy obidalar, yodgorliklar nomi qayd
etib boriladi.
YUNESKO faoliyati tarkibiga yana xalq og‘zaki ijodiyoti, folklor, o‘lanlar,
aytishuvlar, maqomlar, xalq kuylari, laparlarni saqlash ham kiradi.
Ayniqsa, YUNESKOning adabiyot bo‘yicha roli salmoqlidir. Jahon adabiyoti,
uning shoh asarlari, adabiy meros u tomonidan e‘zozlanib, to‘planadi va jahonning
turli tillariga tarjima qilinib, bosmadan chiqariladi va tarqatiladi. Shuningdek,
YUNESKO ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jahon ahlini voqea va
hodisalardan voqif qilish masalalariga ham faol qatnashib uning rivojlanishiga
ko‘maklashadi.
Bu xalqaro muassasa ko‘plab vaqtli matbuot va nashrlarga homiylik qiladi.
Dostları ilə paylaş: