G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Qiyosiy pedagogika rivojlanishining beshinchi bosqichi – integratsion



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Qiyosiy pedagogika rivojlanishining beshinchi bosqichi – integratsion 
bosqich (XX asrning 80-yillaridan hozirgi kungacha).
―Integratsiya‖
 
turli 
qismlar, bo‘laklarning bir tizimga birlashish, uyg‘unlashish jarayonidir. Agar 
ushbu tushunchani madaniyatlararo aloqalarga tatbiq etsak, turli milliy 
madaniyatlarning umuminsoniy madaniyat atrofida birlashish jarayonidir desak 
bo‘ladi.
Integratsion bosqichning o‘ziga xosligi globallashuv va uning zamonaviy 
ta‘lim rivojlanishiga ta‘siri bilan xarakterlanadi. 
Globallashuv 
– bu avvalo hayot 
sur‘atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Bugungi kunda zamonaviy 
axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi 
ilgarigidek: ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, 
-deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat 
taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Bugungi zamonda 
mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega. Masalaning 
kishini doimo ogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, 
siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy 
tayziqni, uning ta‘siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab etish nihoyatda qiyin.
Globallashuv jarayonining tezlashish omillaridan biri 
internet
dir. Ta‘lim sohasida 
samarali faoliyat olib borish, raqobatbardosh kadrlarni voyaga etkazish, zamonaviy 
texnika jihozlarini amalda qo`llay olish uchun turli rivojlangan davlatlar ta‘lim 
sohasidagi yangiliklardan doimo xabardor bo‘lib, shunindek, axborotlarni qisqa 
muddatda almashish borasida internetning ahamiyati beqiyosdir.
Hozirgi ommaviy globallashuv sharoitida nafaqat ta‘limni, balki madaniyat, 
kinomatografiya, musiqa, san‘at kabi inson ma‘naviyatini shakllantirish hamda 
rivojlantirishga yordam beradigan sohalarni milliy mentalitetni saqlagan holda 
qiyosiy tahlil etish har tomonlama rivojlangan yoshlarni voyaga etkazish 
imkoniyatini beradi. Buni G‘arb va Sharq hududlaridagi hozirgi kunda rivojlangan 
ikki davlat – Germaniya va Yaponiya misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Nemis xalqinnng o‘ziga xos qadriyatlari va o‘zigagina xos dunyoni anglash 
tajribasi – insoniyatning mushtarak manfaatlarini mujassamlashtira olganligi va bu 


29 
tajribalarni millat taraqqiyotining asosiga qo‘ya olganligi sababli XIX asrning 
birinchi yarmida qoloq mamlakatdan, asr oxirida Evropa taraqqiyotining 
avangardiga aylangan edi. Nemis xalqiga xos yana bir fazilat o‘z faoliyatlarini 
maqsadga muvofiqligi tomon yo‘naltira olish va o‘ta mehnatkashlik hisobidan 
bunday yuksak taraqqiyotga erisha olgan edi. 
Yaponiya XIX asrning so‘nggi choragida dunyoviy taraqqiyot yo‘liga kirgan 
bo‘lsa ham, lekin ularning davlat mafkurasida sharqona mustabidchilikka xos 
elementlar kuchli tarzda saqlanib qolgan edi, bularni biz sintoizmni umumyapon 
millatining manfaatlarini ifoda etuvchi yagona mafkuraga aylantirilganligi va 
imperator shaxsini ilohiylashtirilishi natijasida o‘ta markazlashgan hokimiyat 
tizimining shakllanishida ko‘ramiz va bu Yaponiyaning XX asr o‘rtalarigacha 
dunyoviy, demokratik davlat bo‘lib shakllanishiga xalal beradi. 
Yaponiyaning dunyo taraqqiyotidagi xozirgi mavqeiga ega bo‘lishi uchun 
zarur eng muhim omil ularning milliy ruhida, milliy an‘anasida o‘z aksini 
topganligidadir. 
Milliy ong va tafakkurning kanday mazmunda ekanligiga va uning dunyoviy 
taraqqiyotiga mos kelishi darajasiga qarab millatning shu bugungi xolatini aniqlash 
mumkin. 
Demak, millatga xos belgilar, an‘analar, urf-odat va marosimlar qay darajada 
dunyoviy taraqqiyot mezonlariga mos kelishi yoki kelmasligi saralab olinadi va 
millat taraqqiyotining asosiga quyiladi. Shuning uchun ham har qanday millatga 
xos bulgan an‘ana, urf-odatlar muqarrar tarzda milliy meros tushunchasi ostiga 
kiradi. Lekin ana shu milliy merosning millatning keyingi dunyoviy taraqqiyotiga 
xizmat qila oladigan qismi 
milliy qadriyatlar s
ifatida e‘zozlanishi zarur. 
O‘zbek xalqi xam Germaniya va Yaponiya tajribalarini umumlashtirib olgan 
holda dunyoviy taraqqiyot asoslarini yaratishdek buyuk maqsadni o‘z oldiga 
qo‘yar ekan, butun odamlar bir tanu bir jon bo‘lib ishlashi, harakat qilishi zarur. 
Ko‘rinib turibdiki, ta‘limni isloh qilish va rivojlantirish asosidagi milliy 
istiqlol g‘oyasi biqiq hodisa emas, balki ajdodlarimiz va insoniyat erishgan eng 
namunali yutuqlardan oziq oladigan hayotbaxsh hodisadir. 
Maktab va pedagogik muammolarni mamlakatimizda, shuningdek, butun 
dunyoda ro‘y berayotgan voqealardan ajratgan holda muhokama qilib bo‘lmaydi. 
Evropa va Sharq, Yaqin va O`rta Sharqning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, amalga 
oshirilayotgan demokratik o ‗zgarishlar, yangi siyosiy fikrlashning vujudga kelishi, 
davlatlarda ichki va tashqi ziddiyatlarni muzokara va bitimlar yo‘li bilan bartaraf 
etishga intilish, sayyoramizda ijtimoiy moddiy madaniyatning rivojlanishi yangi 
bosqichga kirganini ko‘rsatmoqda. Insoniyatning ijtimoiy va tabiiy muhitdagi 
yashash muvozanati beqarorligi, uning tabiatga tushadigan og`irligi nihoyat 
darajada kengayotgani va tabiatga munosabat shunday davom etsa butun yer 
biosferasida halokatli o`zgarishlar sodir bo ‗lishini anglatmoqda. 
Mana shu umumlashtiruvchi ijtimoiy tadqiqotlar orqali tabiat va jamiyatining 
o‘zaro bog`liqligini, mufassal o ‗rganish zarur. 
Hozirgi kunda qator xalqaro muammolarning yechimini topish uchun maktab 
va pedagogika fani yangicha yondashishi, butun dunyoda inson huquqlarining 
yuksak darajada ustunligini tan olishi, xalqlarning intelektual boyliklari jahon 


30 
ijtimoiy fan texnika taraqqiyotining qudratli omili bo‘lishi, ta‘limga innovatsion 
yondashuv rivojlanishi lozim. Jamiyat yangilanishining hozirgi bosqichida maktab 
ta`limini demokratlashtirish, insonparvarlashtirish va tabaqalashtirish sohasida 
qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Maktabni qayta qurish prinsiplarini amalga oshirish har doim istalgan natijani 
bermaydi, ba‘zan o‘ziga xos ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Demokratlashtirish 
o‘rniga o‘zboshimchalik, intizomning bo‘shashib ketishi, ta‘lim sifatining pasayib 
ketishi, tabaqalanish o‘rniga tor yo‘nalishdagi mashqlarga alohida e‘tibor berish, 
ayrim fanlarni afzal ko`rish va boshqa fanlarni pisand qilmaslik hollari kuzatilishi 
mumkin. Natijada o‘qitish va tarbiyalash ishlarida tartibsizliklar sodir bo‘lishi, 
umumiy ta`lim saviyasining pasayishi yuzaga kelishi mumkin. 
Amaliyotdan ma‘lumki, ta‘limning dolzarb muammolarini hal qilish uchun 
xalqimizning madaniy me‘rosini o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirish talab 
etiladi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtida pedagogika fanining strategik 
yo‘nalishlari: ta‘lim-tarbiyada pedagogik merosni o‘rganish va uni hozirgi 
bosqichdagi ta‘lim bilan taqqoslash; o‘qituvchilarning amaliy tayyorgarlik 
saviyasini oshirish; qobiliyatli, iste‘dodli o‘qituvchilarni aniqlash; umumiy 
yo‘nalishlar va kasb-hunar ta‘limini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish 
zarur. Ta`lim tizimimiz va boshqa milliy ta‘lim tizimlari shakllanish tarixi 
baynalminallikdir. Bu baynalminallik faqat pedagogik hamkorlikka emas, balki 
o‘xshash jarayonlarga iqtisodiy, ijtimoiy voqealarga, yangi axborot texnologiyasi 
va ta`limning qudratli infrastrukturasiga bog ‗liqdir. 
Hozirgi pedagogika fani hamda ta‘lim muassasalari oldida o‗rganish, 
taqqoslash, xulosalash zarur bo‘lgan qator muammolar turibdi. Ularni hal qilish, 
samaradorligini oshirish va xalq ta‘limi tizimiga joriy qilish muhimdir: 
1. Ta ‗lim tizimi rivojlanishini rag‘batlantiradigan qonunlar qanday bo‘lishi 
kerak? 
2. Ta lim va tarbiya vositalarining samaradorligini oshirish uchun nima qilish 
zarur? 
3. Kelajakni ta‘minlash va erishilgan yutuqlarni yo`qotmaslik uchun ta‘lim 
mazmuni qanday bo‗lishi kerak? 
4. Yetarli darajada yuqori saviyali ilmiy bilim berish uchun nima qilish kerak?
5. O‗qitish jarayoniga innovatsiyani joriy etish, turli xalqlarning madaniyatini 
o`rganish, ta‘limda ulkan amaliy tajribalarni umumlashtirish zarur.
Zamonaviy 
ta‘lim 
mazmunini 
yoritish, 
jahon 
ta‘lim 
tizimiga 
integratsiyalash, ta‘lim sohasidagi innovasiyalar va yangiliklarni qo‘llagan holda 
jamiyatning rivojlanishini ta‘minlaydigan yoshlarni voyaga etkazish va tarbiyalash 
borasida mustaqillik yillarida bir qator o‘zbek olimlari faoliyat olib borishdi. Bular 
qatoriga: M.Ochilov, K.Hoshimov, A.Munavvarov, R.Mavlonova, S.Nishonova, 
O.Musulmonova, K.Zaripov, O.Roziqov, X.Ibragimov, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin