59
Bolalar bog‘chalarining
vazifasi
bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ta‘lim va tarbiya
berish. Bolada javobgarlikni his qiladigan va jamiyatga foyda keltiradigan komil
shaxs shakllantirilishi kerak. Ba‘zi mamlakatlarda maktabgacha ta‘lim
muassasalari turli shaklda bo‘ladi, dastlabki sinflar yoki maktab – bog‘cha.
Tarbiyaviy ishlarning eng muhim jihati — jamiyatda yashashga qobiliyatli,
mustaqil insonni kamol toptirish maqsadida guruhda o‘qishdir. Bolalar bog‘chalari
oiladagi tarbiya‘ni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, boshqa keyingi hayoti va
ta‘lim olishi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun uning
rivojlanishidagi kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan. Odatda, bolalar
bog‘chasida bolalar tushlikka qadar bo‘ladilar. Faqat ba‘zi birlarida ular kun bo‘yi
bo‘lishlari mumkin.
1996 yildan
boshlab
bolalar bog’chasiga qatnash uchun huquqiy me’yorlar
ishlab chiqildi. Bolalar bog‘chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga
oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota - onalardan ularning daromadiga
qarab ma‘lum miqdorda to‘lov olinadi.
Maktab ta’limi tizimi.
Boshlang’ich maktablar.
Boshlang‘ich maktabga
bolalar 6 yoshdan keladilar. Boshlang‘ich maktablar maktabning dastlabki to‘rt
yilini o‘z ichiga oladi, Berlin va Brandenburg federal yerlarida boshlang‘ich
maktablar olti yillik. Boshlang‘ich maktablarga barcha bolalar borishadi va u erda
asosiy boshlang‘ich bilimlar berilishi bilan bolalar maktablarning keyingi
bosqichlariga
tayyorlanadi.
Darslar,
asosan,
nemis
tili,
matematika,
tabiatshunoslik, san‘at, musiqa va sport predmetlarini o‘z ichiga oladi. Chet
tillarini o‘rgatish takliflari barcha mamlakatlarda kengaymoqda.
Ko‘pchilik yerlarda bolalarga o‘qishning boshlang‘ich ikki yili mobaynida
baho qo‘yilmaydi, buning o‘rniga ularning o‘zlashtirishiga batafsil tavsifnoma
beriladi.
Boshlang‘ich
maktabda
o‘qiganlaridan
so‘ng
bolalar
umumta‘lim
maktabining 2-pog‘onasiga boradi. Yani, 5-6 sinflar, ularning tashkiliy jihatidan
qat‘iy nazar, bu bola kamol topadigan davr bo‘lib xizmat qiladi, bolaning ustidan
uning keyingi o‘qish shakliga yo‘naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: