G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Mo’ljal olish bosqichi

Mo‘ljal olish bosqichi asosan 5 va 6 sinflardan xulosa 
yasalib, o‘quvchilarning keyingi maktab bosqichlariga o‘tishida mo‘ljal olishga 
xizmat qiladi. Bu bosqich maktab shaklidan kelib chiqib, maktabga tobe yoki tobe 
bo‘lmagan tarzda amalga oshiriladi.
Asosiy maktablar. 
Asosiy maktablarga boshlang‘ich maktablardan keyin 
chuqurlashtirilgan maktablarga bormaydigan bolalar borishlari shart. Asosiy 
maktab 9, ba‘zi federal erlarda 10 sinf bilan yakunlanadi. Federal erlarning 
aksariyatida ixtiyoriy 10 sinf bosqichi mavjud. Ushbu maktab o‘quvchilarining 
30%i 10 sinfga qatnaydi. Asosiy maktab amaliy kasbiy ta‘limga asos bo‘ladigan 
umumiy bilimlarni beradi.
Bolalarning ko‘pchilik qismi boshlang‘ich maktabdan so‘ng asosiy maktabga 
o‘tishadi. Ushbu maktabdagi har bir o‘quvchi olmon tili, matematika, tabiiy fanlar, 
jamiyatshunoslik va chet tili (asosan ingliz tili) fanlarini o‘qiydi, bu y yerda 
o‘quvchilarning kelajakda mutaxassislik egallashlarini yengillashtirish maqsadida 
mehnat darslari ham olib boriladi.


60 
Asosiy maktab o‘quvchilarga zarur bo‘lgan umumiy ta‘limni beradi. 5 yoki 6 
yillik ta‘limdan so‘ng asosiy maktab bitiruvchilarining ko‘pchiligi kasb-hunar 
sohasida tayyorgarlik ko‘rishga kirishadilar va 18 yoshga qadar parallel ravishda 
kasb-hunar maktablarida ta‘lim oladilar. Asosiy maktabni muvaffaqiyatli bitirish 
ko‘pchilik hollarda kasb-hunar ta‘limining ideal tizimiga o‘tishga imkoniyat 
yaratadi.
Real maktablar. 
Bular 5 yoki 7 sinfdan 10 sinfgacha bo‘lgan, 
chuqurlashtirilgan maktablardir. Real maktablarning bitiruv hujjati umuman 
olganda barcha turdagi muhim kasb – hunar uchun asos bo‘la oladi va maxsus 
yuqori maktab, maxsus gimnaziyaga borish yoki shakllantiruvchi gimnaziyaga 
o‘tish huquqini beradi. Real maktablar kengaytirilgan umumiy ta‘lim beradi. 
Gimnaziyalar. 
9 yoki 8 (5 sinfdan 13 yoki 12 sinfgacha) yoxud 7 (7 sinfdan 
13 sinfgacha) yillik ta‘limni qamrab olgan chuqurlashtirilgan, umumiy o‘rta ta‘lam 
maktablaridir. Qariyb, barcha federal yerlarda hozirda 12 sinfdan so‘ng bitiruv 
imtihonlarini topshirish imkoniyatini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan 
tashqari shakllantiruvchi gimnaziyalar ham mavjudki, ularda asosan real 
maktablardan kelgan o‘quvchilar tahsil oladi. Bitiruv hujjati gimnaziya tomonidan 
taqdim etiladi (umumiy oliygohga kirish huquqi) barcha oliygohlarda tahsil olish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ba‘zi fanlar va fan majmualarini o‘qish majburiy bo‘lib qolishiga qaramay, 
sinf o‘quvchisi ta‘lim sohasida o‘zining individual qobiliyatlarini rivojlantirish 
uchun keng imkoniyatlarga ega, chunki unga teng ko‘lamdagi fanlar taklif etiladi. 
Fanlar 
o‘qishning 
yo‘nalishiga 
qarab 
taqsimlanadi: 
til-adabiy-badiiy, 
jamiyatshunoslik yoki matematika, tabiiy-ilmiy-texnik. Yuqori sinflarda o‘qish 
tugagunga qadar o‘quvchilar uchchala yo‘nalish bo‘yicha o‘qishlari lozim.
Gimnaziya‘ning yuqori sinflarida ta‘lim olish, shahodatnoma olish uchun 4 ta 
fandan imtihon topshirish bilan yakunlanadi. 13 yillik o‘qishdan (yerlarning 
to‘rttasida hozirda 12 yillik o‘qishdan so‘ng) va yetuklik shahodatnomasini olish 
uchun imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng uchinchi darajali o‘rta 
ma‘lumot haqida guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma istagan ixtisoslik bo‘yicha 
oliy o‘quv yurtida o‘qish huquqini beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin