G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Kasbga shakllantirish maktablari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Kasbga shakllantirish maktablari. 
Kasbga shakllantirish maktablariga asosan 
kasb-hunar maktablarini bitirayotgan yoki kasbi bo‘yicha ishlayotgan o‘smirlar 
borishadi. Ular o‘zlarining tahsillari yoki faoliyatlari bilan bir qatorda yarim yil 
mobaynida ushbu maktabga qatnashadi. Ular (maktablar) turli yo‘nalishlarga ega. 
O‘qish muddati darslar muntazam o‘tilganda 1 yoki 1, 5 yil, agar darslar qisman 
tashkil etilsa, 3 yoki 3, 5 yil davom etadi. Muvaffaqiyatli ta‘limdan so‘ng 
beriladigan hujjat real maktabning bitiruv hujjatiga mos keladi, maxsus kasbiy 
maktabda tahsil olish huquqini beradi. 
Korxonada tayyorgarlik ko‘rish bilan parallel ravishda yoshlar 3 yil davomida 
kasb-hunar maktablarida, u yerga haftada 2-3 marta qatnab ta‘lim olishlari 
mumkin. Umumiy ta‘lim bilan bir qatorda bu maktab, asosan, o‘quvchiga 
korxonadan ko‘ra kengroq ko‘lamda egallashi mumkin bo‘lgan maxsus nazariy 
bilimlar ham beradi.
Tayyorgarlik natijalari yakuniy imtihonlar jarayonida tekshiriladi va tegishli 
idora (palata) tomonidan berilgan o‘qishni tamomlaganlik haqida guvohnomalarda 
ko‘rsatiladi.
Kasb-hunar maktabida ta‘lim olish 18 yoshga to‘lmagan va boshqa 
maktablarda o‘qimayotgan barcha yoshlar uchun majburiydir. Yil davomida 
tayyorlov kursida o‘quvchilar maxsus nazariy bilimlar egallaydilar, bu esa o‘z 
navbatida, bo‘lajak mutaxassislik yo‘nalishini tanlashda yordam beradi. 
Kasbiy ta‘lim olishning boshqa imkoniyatlari. Korxonada ta‘lim olish va 
kasb-hunar maktablarida o‘qishdan tashqari mutaxassislik egallashning boshqa 
imkoniyatlari ham mavjud. Masalan, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar bilim yurtlarida 
o‘qish 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. U korxonada kasbiy tayyorgarlik deb 
hisoblanishi yoki uni to‘liq ravishda o‘rnini bosishi mumkin. Real maktab 
bitiruvchilari texnikumlarga qabul qilinadi va 2 yildan keyin ular ixtisoslashtirilgan 
oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini beruvchi o‘qishni tamomlaganlik haqida 
guvohnoma olishadi. Tugallangan kasbiy ma‘lumotta ega o‘quvchilarga bunday 
huquq 1 yil o‘qiganlaridan so‘ng beriladi. Nazariyadan tashqari, o‘qitish sikliga 
o‘quv ustaxonalarida ishlash va amaliyot kiradi. Har yili mehnat masalasi bo‘yicha 
federal boshqarma jismoniy zaiflik bilan og‘rigan yoshlarning individual kasbiy 


63 
ma‘lumot olishlari uchun 4,3 mln marka ajratadi. Jumladan, korxonalarning 
majburiyatlariga ishchi joylarning 6 foizidan kam bo‘lmagan qismi nogironlarga 
taqdim etish majburiyati yuklatilgan. Ushbu nizomni bajarmaganlik uchun jarima 
solinadi.
Korxonada ta‘lim olish. Korxonada amaliy ta‘lim olish, «shogirdlik», 
mutaxassislikka qarab 2 yildan 
3,5 
yilgacha, o‘rtacha 3 yil davom etadi. Davlat 
tomonidan e‘tirof etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorgarlik ruxsat etilgan 
xolos. Yetuklik shahodatnomasiga ega bo‘lgan fuqaroning o‘qish muddati yarim 
yilga qisqartirilishi mumkin. O‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lsa, o‘qish muddatini 
yana yarim yilga qisqartirish mumkin. Shogirdlarning maoshi yildan-yilga ortib 
boradi. O‘quv dasturlari tadbirkorlar uyushmasi va kasaba uyushmalari tomonidan 
belgilanib, 
tegishli 
federal 
vazirliklar nizomlarida e‘tirof etiladi. Ularda 
o‘qitiladigan fanlar va imtihon shakllari belgilanadi. Imtihonlar iqtisoddagi o‘z-
o‘zini boshqarish organlari (savdo-sanoat palatalari, hunar palatalari) tomonidan 
qabul qilinadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga ishbilarmonlar, mehnat jamoasi 
vakillari hamda kasb-hunar maktablari o‘qituvchilari kiradi.
O‘quvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan qator 
korxonalarda, shuningdek erkin kasblar sohasida va davlat muassasalarida 
o‘qiydilar. Yirik firmalar o‘quvchilarni o‘zlarining o‘quv ustaxonalari va ish 
joylarida tayyorlaydilar. Kichik korxonalarda o‘qish bevosita ish joylarida tashkil 
etilgan. Agar korxona tor ixtisoslikka ega bo‘lib, zaruriy bilimlarni berish 
imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ularga yoshlar o‘zlarining kasbiy bilimlarini 
chuqurlashtirishlari mumkin bo‘lgan tarmoqlararo o‘quv markazlari yordam 
beradi.
Barcha uchun ta‘lim. Mamlakatda hech bir kishi mutaxassislikka ega bo‘lmay 
turib mehnat faoliyatini boshlashi mumkin emas. Kasbiy ta‘limning dual tizimi 
o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, doimo mukammallashib bormoqda. Shuning 
uchun bo‘lsa kerak qator mamlakatlarning bu tizimga qiziqishlari ortmoqda.
Yoshlar ichida korxonalarda o‘quv joylariga talab oshayotganiga qaramay, 
shu paytgacha taklif va talab o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishga erishilib 
kelinmoqda. Germaniyaning birlashuvi to‘g‘risidagi shartnomada sohada 
yoshlarning harakatchanligini oshirish maqsadida mamlakatning har ikkala 
qismida olingan kasbiy ta‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar tan olinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin