64
yilgacha davom etishi mumkin, qisman tashkil etilgan dars shaklida esa 6 marta
yoki 8 marta yarim yildan o‘qish bo‘ladi.
Oliy o’quv yurtlari.
Germaniyaning eng qadimgi oliy o‘quv yurti — Geydelbergdagi universitet
1386 yilda tashkil etilgan. Boshqa ko‘pgina universitetlar 500 yillik yubileylarini
nishonladilar. Bular urf-odatlarga boy Leypsigdagi (1409 yilda tashkil etilgan) va
Rostokdagi (1419 yilda tashkil etilgan) universitetlardir. Ular bilan bir qatorda juda
yosh universitetlar ham mavjud, ularning 20dan ortig‘i 1960 yildan so‘ng tashkil
etilgan.
Sekinlik bilan rivojlanayotgan universitetlar bilan bir qatorda oliy texnik
o‘quv yurtlari, pedagogika institutlari va, xususan, XX asrning 70-80-yillarida
ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari tashkil topdi. Barcha yoshlarning o‘qishga
qabul qilinishi huquqi — oliy maktab sohasidagi siyosatning maqsadiga aylandi.
1960 yilda oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning faqat 8 foizigina o‘qiy boshlagan
bo‘lsa, bugungi kunda barcha maktab bitiruvchisining deyarli har bir uchinchisi
oliy o‘quv yurtiga qabul qilish haqida ariza beradi. Ammo, ta‘kidlash joizki,
keyingi yillarda Olmoniya oliy ta‘limida muammolar ko‘paydi. Bu ta‘lim olishning
o‘rtacha muddati nihoyatda kattaligidir. Buning uchun federatsiya va yerlar o‘quv
jarayoni tuzilmasini isloh qilish va oliy o‘quv yurtlarining samaradorligini oshirish
haqidagi masalani ko‘rib chiqmoqdalar. Olmoniyada oliy o‘quv yurtlari faqatgina
ta‘lim sohasidagi vazifalarni bajaribgina qolmay, balki ilmiy tadqiqotlar uchun
ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning nazariy tadqiqotlar sohasidagi faoliyati
Olmoniyadagi ilmiy tadqiqotlarning umumiy darajasini oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: