G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Davlat maktablari
Davlat maktablari davlat tomonidan ta‘minlanadi va mahalliy ta‘lim 
muassasalari tomonidan boshqariladi. Ammo ko‘pgina davlat maktablari xususiy 
ta‘minot manbalarini topishga ham harakat qilishadi. Bunday holatda ular dotatsiya 
maktablari deb ataladi. Davlat maktablarida ota - onalar o‘qitish uchun hech narsa 
to‘lashmaydi. Boshqacha aytganda, o‘rta ta‘lim (11 yoshdan) barcha uchun 
majburiy bo‘lib, bu bolalarning bilim saviyasi va qobiliyatidan qat‘iy nazar, 
ularning qabul qilinishini bildiradi. Bunday maktablarda asosan aralash, ya‘ni 
o‘g‘il va qiz bolalar birga o‘qitiladi. Shunga qaramasdan, qobiliyatli bolalar uchun 
ham maktablar bo‘lib, ular imtihon natijalari asosida tanlab olingan va deyarli 
alohida o‘qitish maktablariga ega. Hamma davlat maktablari kunduzgi, ya‘ni 
maktab hududida yashashga mo‘ljallanmagan.
Milliy dastur davlat tomonidan ishlab chiqiladi va barcha maktablar uchun 
majburiydir. Ko‘pchilik xususiy maktablar milliy ta‘lim dasturiga amal qilishadi, 
lekin fanlarni o‘qitishda o‘zgartirish huquqiga ega. Milliy dasturga quyidagi fanlar 
kiradi: ingliz tili, texnologiya va dizayn, geografiya, matematika, informatika
musiqa, tabiatshunoslik, chet tillari, san‘at, jismoniy tayyorgarlik, tarix.
Milliy dastur 4 bosqichga bo‘linadi va ―Bosqichlar‖ deb ataladi, bu bolaning 
yoshiga bog‘liq: 
5-7 yoshdagi (1-bosqich) bolalar milliy bosqichdagi barcha fanlar o‘rgatiladi. 
7-11 yoshdagi (2-bosqich) bolalar chet tillaridan boshqa barcha fanlarni 
o‘rganadilar. 
11-14 yoshdagi (3-bosqich) bolalar quyidagi majburiy fanlarni o‘rganadilar: 
matematika, ingliz tili tabiatshunoslik, chet tili, texnologiya. Ular qo‘shimcha hech 
bo‘lmaganda bitta ijtimoiy fanni o‘rganishlari kerak: geografiya yoki tarix, 
shuningdek, san‘at bo‘yicha biror fanni: san‘at, jismoniy tarbiya yoki musiqa. 
Maktab dars jadvali bo‘yicha bolalar xohishlariga qarab barcha ijtimoiy va san‘at 
fanlarini o‘rganishlari mumkin.
16 va undan katta yoshda topshiriladigan davlat imtihonlari 
GCSE ─ General Certificate of Secondary Education

10 - o‘quv yilini 
boshlovchilar va mayqiyun imtihonlari bilan 11-o‘quv yilini yakunlovchilar uchun 
2 yillik kurs. Ballar tizimi: ―A‖dan ―G‖ gacha (―U‖ ─ o‘tib bo‘lmaydigan ball). 
Agar bola ―A‖ level kursidan ko‘proq fan o‘rganishni istasa, u GCSE imtihonlarida 
shu fan bo‘yicha ―S‖dan past ball olmasligi kerak.
―GCSE‖ imtihonlari uchun 10 tagacha fanlarni tanlash mumkin, lekin o‘rtacha 
6 ta fan topshiriladi.
 
GCE “A” Level - General Certificate of Education Advanced Level.
Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun, 12-o‘quv yilini boshlovchilar va 13-
o‘quv yilini may iyundagi imtihonlar bilan yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs. 


75 
Ballar tizimi: ―A‖ dan ―E‖ gacha, GCSE darajasida imtihon topshirishda ―N‖ balli 
tenglashtiriladi. ―U‖ ─ o‘tib bo‘lmaydigan ball.
Imtihon topshirish uchun 1, 2 yoki 3 (ba‘zan hatto 4) fan tanlanadi.
―AS‖ Level — 1 yillik kurs. Natijalari ―A‖ level 1 2 ballariga tenglashtiriladi
Barcha imtihon natijalari avgustning uchinchi haftasida e‘lon qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin