G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Shotlandiya ta’lim tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Shotlandiya ta’lim tizimi. 
Shotlandiya – Buyuk Britaniyaning bir qismi. Huquqiy jihatdan mustaqil 
davlat. Bu mamlakatda davlatga qarashli bo‘lgan 2 313 ta boshlang‘ich, 403 ta 
o‘rta maktab, shuningdek, taxminan 73-75 ta xususiy maktablar mavjud. Xususiy 
maktablarda 5 % bola o‘qishadi. Bundan tashqari, 30 ga yaqin maktab-
pansionatlari mavjud.
Britaniyaning xususiy maktablari (shuningdek, Shotlandiyaning ham) ushbu 
jihatlari bilan ajralib turadiki, ularda 
dasturlar
ko‘proq yakka tartibda va rang-
barangdir, 
bolaning qobiliyati, qiziqishlarini rivojlantiradigan
tarzda tuzilgan. 
xorijliklar va xususiy maktablar uchun ingliz tilidan qo‘shimcha mashg‘ulotlar 
tashkil qilinadi.
Yirik birlashgan xususiy maktab bu Shotlandiyaning Mustaqil maktab 
Kengash (SCIS) bo‘lib, u maktablar to‘g‘risida va unga qabul to‘g‘risidagi 
axborotlarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Bunda maktabning an‘anaviy ta‘lim 
tizimi va ajratilgan (Shotlandiyada 12 ta qizlar maktabi va 6 ta o‘g‘il bolalar 
maktabi mavjud) tipini tanlash mumkin. Shotlandiyada qo‘shma ta‘limning 
ko‘plab tarafdorlari mavjud. Masalan, Avliyo Monarx kolleji mashhur qizlar 
maktabi o‘rnida faoliyat yuritadi va endilikda qizlar bilan o‘g‘il bolalar birgalikda 
o‘qishadi. Shuningdek, Edenburg qizlar akademiyasi ham oxirgi sinflarda o‘g‘il 
bolalar bilan birlashishi mumkin.
Barcha xususiy maktablar ro‘yxatga olinishi uchun Ta‘lim va industriya 
Davlat departamenti (SOEID) ga borishi shart. Mazkur tashkilotning nazoratchilari 
muntazam ravishda o‘quv sifatini va shartlarini nazorat qilib turishadi. Xususiy 
maktablarning ko‘pchiligida maxsus mukofot sifatida stipendiya beriladi. Bu esa, 
bolalarning badiiy va sportga bo‘lgan qobiliyatlarining oshishiga olib keladi.
Shotlandiyalik bolalar maktabga 5 yoshdan 16 yoshgacha borishga majbur. 
Shu bilan birga, ko‘plab bolalarga bilim berish to‘rt yoshdan boshlanadi, ya‘ni 


77 
ularni o‘z ota - onalari tayyorlov sinflariga (rre-school) topshirishadi. Unda rasm 
chizish, raqs, matematika asoslari, o‘qish va yozish o‘rgatiladi. Har yili bunday 
sinflarda 50 mingga yaqin shotlandilik bolalar o‘qishadi.
Shuningdek, 5 yoshdan 12 yoshgacha bolalar boshlang‘ich maktab (primary 
school) ga qatnashadi. Unda o‘qish asoslari, yozish, matematika, informatika, 
tabiiy fanlar, san‘at, din, axloq kabilar o‘rgatiladi. 15 yoshida esa maktab 
o‘quvchilari ta‘lim haqidagi sertifikat Scottish Certificate of Education (SCE 
Standard Gopade) uchun imtihon topshirishadi. Bu sertifikat esa Shotlandiyaning 
Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish huquqini beradi. Shunday qilib, 
shotlandiyaliklar maktabni tugatib, o‘qishga topshirish 16-17 yoshida oliy o‘quv 
yurti talabasi bo‘lish huquqiga ega.
Shotlandiyada 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin