80
Birinchi ikki yil ichida o`qituvchilar o`quvchilardan qat‘iy intizomni talab
qilishadi. Jadvalda ko`rsatilgan darsliklarning maqsadlarini o`qituvchilar oldindan
bashorat qila olishlari, qaysi usul bilan o`tilgan amaliy mashg`ulotlar ko `proq
natija berishini bilishi lozimligi talab etiladi. Shuningdek, o`qituvchilarning
kundalik rejasining ko`p qismi darslarni o`zlashtira olmaydigan o`quvchilarga
mavzuni tushuntirish bilan o`tadi.
So`nggi paytlarda baholash jarayoni Italiyada ham turlicha kechmoqda.
Avvaliga baholash tizimi 0 dan 10 gacha bo`lgan raqamlar orqali baholanar edi.
Keyinchalik esa ball tizimi, A, V, S, D, Y harflari bilan belgilangan bo`lsa,
bugungi kunda 4 daraja orqali baholanadi. Ya‘ni bu:
-A‘lo
-Yaxshi
-Qoniqarli
-Qoniqarsiz
Dostları ilə paylaş: