G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Litsey, texnikum
O‘rta maktablar ballar limitini e‘lon qiladi. O‘qish listeyda 3 yil, 
texnikumda 4 yil davom etadi. Texnikumni tugatgan o‘quvchi o‘z mutaxassisligi 
bo‘yicha juda murakkab imtihon topshiradi. Litsey bitiruvchisi hech qanday 
mutaxassislikka ega bo‘lmaydi, u faqat OO‘Yularida o‘qishni davom ettirish uchun 
tayyorlanadi, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladi. Litsey va texnikum yetuklik attestati 
imtihoni bilan yakunlanadi. yetuklik attestati imtihonlari quyidagilardan iborat:
-
Ona tilidan yozma va og‘zaki imtihon; 
-
Chet tilidan imtihon; 
-
O‘quvchi o‘zi tanlagan fan bo‘yicha imtihon.
Imtihondan o‘tish uchun 31% ball to‘plash kerak. Imtihon natijalari ma‘lum 
chizmalar bo‘yicha hisoblanadi va shunga ko‘ra OO‘Yuga yo‘llanma oladi. 
Oliy O’quv Yurti 
O‘rta maktab bitiruvchilarini OO‘Yulariga qabul qilish etuklik attestatida 
to‘plagan ballari asosida amalga oshiriladi. O‘qitish zachet va imtihonlar asosida 
o‘tadi. OO‘Yuda o‘qish diplom ishi himoyasi bilan yakunlanadi. Texnika 
OO‘Yularida injenerlik imtihonlari ham topshiriladi. Davlat OO‘Yularining 
obro‘si balandroq. OO‘Yuda ikki bosqichli ta‘lim mavjud: 
-
magistr darajasini olish (5 yil);
-
yoki listenziat(3 yil) + magistr darajasi(2-yil).
OO‘Yu bitiruvchilarining kasbiy nomlari 

Listenziat
 
– OO‘Yuda 3-3,5 yil o‘qigan talaba. 

Injener
 
– Texnika, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot OO‘Yulari bitiruvchisi. 

Magistr – ta‘limning 5 yillik standart kursini bitiruvchisi. 
Ilmiy darajalar va unvonlar:
 
Doktor – doktorlik dissertastiyasini himoya qilgan shaxsga beriladigan daraja 
(bizdagi fan nomzodiga to‘g‘ri keladi).
 
Doktor xabilitovan – doktorlik darajasiga ega bo‘lgan, fanga ulkan hissa qo‘shgan 
va yana bir ilmiy ishni himoya qilgan shaxsga beriladigan ilmiy daraja.(bizdagi fan 
doktoriga to‘g‘ri keladi). 
Polshada o‘qituvchilarning xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sishi quyidagi 
bosqichlarga ega (ketma-ket polyakcha nomi bilan): 

Yangi ish boshlagan o‘qituvchi ―stajer o‘qituvchi‖ maqomini oladi. 


88 

9 oy muddatda staj o‘tagach, ―shartnomali o‘qituvchi‖ maqomiga ega 
bo‘ladi. 

1 yildan keyin esa ―mianovan o‘qituvchi‖ maqomini olish uchun staj o‘tash 
huquqini oladi. 

Staj 2 yil-u, 9 oy davom etadi, so‘ngra gmin komissiyasi oldida imtihon 
topshiradi. 

―Mianovan o‘qituvchi‖ maqomini olgach, 3 yildan keyin ―diplomli 
o‘qituvchi‖ maqomi uchun staj qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Staj 2 yilu 9 
oy davom etadi va ta‘lim vazirligi vakillari suhbati bilan yakunlanadi. 

―Diplomli o‘qituvchi‖ maqomini olgach, 9 yildan so‘ng ―professor 
o‘qituvchi‖ maqomini olishga harakat qiladi (bu professorlik ilmiy darajasi 
emas). 
O‘qituvchilarning xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sishda xizmat pog‘onalari 
bo‘yicha o‘sishning barcha bosqichlarida berilgan muddatlarga amal qilinishi, bu 
muddatda kerakli hujjatlar tayyorlanishi va topshirilishi lozim. Staj paytida 
o‘qituvchi maktab direktori tasdiqlagan shaxsiy reja asosida ishlaydi. Barcha ish 
natijalarini 
hisobotda 
yozib 
boradi, 
keyinchalik 
direktorga 
va 
imtihon 
komissiyasiga taqdim etadi. Xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sishi o‘qituvchining 
tegishli maqomga ega bo‘lishi va oylik maoshining oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
O‘qituvchini ishga qabul qilish va kasb imtiyozlariga ega bo‘lishi ko‘p jihatdan 
uning maqomiga daxldor masala sanaladi. 
Polshaning zamonaviy ta‘lim tizimi bugungi kunda katta yutuqlarga erishishiga 
xizmat qilmoqda. Ammo ta‘lim tizimida ba‘zi muammo va yutuqlari mavjud. 
Jumladan, kichik qishloq maktablarini moliyalashtirish muammosi: bir sinfda 25 
o‘quvchi bo‘lsagina maqsadli dotatsiya beriladi. Maqsadli dotatsiya bo‘lmasa 
gminlar o‘z shaxsiy byudjetlaridan xarajatlarni qoplaydilar shu bois kichik qishloq 
maktablari yopiladi. Boshlang‘ich ta‘limning 1-3-sinflarida baholash tizimi 
mavhum tuzilgan. Shuningdek, Umumpolyak imtihonlarining kiritilishi alohida 
regionlardagi o‘qitish darajalarini taqqoslash imkoniyatini berdi. OO‘Yuga qabul 
qilish tizimida korrupsiyaning yo‘qotilishini ta‘kidlash lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin