89
etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferensiyalari
bo‘lib o‘tgan.
Hozir xalqaro arbitaj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga
shahrining Tinchlik saroyida joylashgan. Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U
xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a‘zosi, tinchlik forumlarining
barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES,
Yevropa Iqtisodiy
Hamjamiyatining faol a‘zosidir. Ikkinchi jahon urushidan keyin Niderlandiyada
qudratli industriya‘ni barpo etish ishlari boshlandi.
Niderlandiya ta‘lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda fransuz
revolyutsiyasi natijasida paydo bo‘lgan Bativ Respublikasi davriga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda mamlakatning 75 foiz
maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va
jamiyatlar tomonidan, shu jumladan xrestian yoki katolik
cherkovlari tamonidan
tashkil etilgan.
Bu mamlakatda ta‘lim tizimi 7-3-2 shakldadir. Boshlang‘ich ta‘lim
maktabgacha tarbiya bilan qo‘shilgan.
Ta‘lim tizimi bosqichlari:
— boshlang‘ich ta‘lim;
— o‘rta ta‘lim;
— maxsus ta‘lim;
— oliy ta‘lim;
— chet elliklar uchun ta‘lim.
Bu mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari
yo‘q. Bolalar yaslilari mavjud, lekin ular ta‘lim vazirligi tasarrufida emas.
Dostları ilə paylaş: