90
O‘z navbatida umumiy
o’rta ta’lim
da o‘qish muddati 4 yil bo‘lgan o‘rta va
o‘quv muddati 5 yil bo‘lgan oliy bosqichga bo‘linadi.
Tayyorlov bosqichi hisoblangan
ilmiy o’rta ta’lim
ham ikki ko‘rinishga ega:
gimnaziya va atensum deb ataluvchi tipga bo‘linadi. Har ikki ko‘rinishda ham
o‘qish muddati 6 yil. Tayyorlov ilmiy o‘rta ta‘lim oliy ilmiy o‘quv yurtlariga
kiruvchilarni yetishtirib chiqaradi.
Hunap-texnika (ularda hunar-texnika) ta‘limi quyi hunar-texnika ta‘limi, o‘rta
va oliy hunar-texnika ta‘limidan iborat uch bosqichdan iborat.
O‘quvchilar o‘quv yurtiga kirish uchun topshiradigan sinovlari ularning qaysi
bosqich o‘quv yurtiga kirish xohishi va albatta shunga munosib bilim darajasiga
qarab belgilanadi. O‘rta ta‘lim bosqichi o‘quvchilarga o‘rta hunar-texnika bilim
yurtlariga, oliy tip o‘rta maktablari esa, oliy toifa hunar-texnika bilim yurtlari
hamda tayyorlov ilmiy o‘quv muassasalarining bitiruvchilariga universitetlar va
boshqa oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish imkoniyatini ochadi.
Hunar-texnika ta‘limi kasb yo‘nalishiga ko‘ra quyidagicha ko‘rinishda:
— qishloq xo‘jalik ishlari ta‘limi;
— iqtisodiyot va ma‘muriy ta‘lim;
— texnik ta‘lim;
— maishiy xizmat va tibbiyot ta‘limi;
— ro‘zg‘or yuritish, xalq hunarmandchiligi ta‘limi;
— savdo o‘rta ta‘limi;
— dengizchilik o‘quv yurti va hokazo.
Niderlandiyada yoshlar 16 yoshga to‘lgunga qadar o‘qishga majbur. Shundan
keyin olingan kasb yo‘nalishlarini yanada takomillashtirish, yuqori malakaga ega
bo‘lish uchun o‘qishlar yana ikki yil davom ettiriladi. Bunday holda o‘quvchi
haftaning bir yoki ikki kunida o‘qishda bo‘lsa qolgan kunlari ishda bo‘ladi.
Ta‘lim standartlari deganda, gollandiyalik ta‘lim mutaxassislari reja va
dasturlarni tushunadilar.
Niderland maktablari faqat ta‘lim bilan shug‘ullanadi. Maktablarda
oshxonalar va bufetlar yo‘q. Maktablarda ovqatlantirish, qonunbuzarlikni oldini
olish ishlari bilan asosan oila, jamoat tashkilotlari mashg‘uldirlar.
Maktablarda 60-70 foiz o‘zlashtirishni normal holat deb hisoblanadi.
Qolganlari bo‘sh yoki o‘zlashtirmovchi o‘quvchilardir. Bizning tushunchamizdek,
‖ikkichilar‖ Niderlandiyada yo‘q.
Yangi maktab qurilishini loyihalashtirishga qo‘yilgan asosiy talablar
quyidagilar: sinfda har bir o‘quvchi uchun 6-8 m joy bo‘lishi; yorug‘likning
me‘yorida bo‘lishi; har bir o‘quvchiga yetarli maydonning mavjudligi (sinfda ham
maktab hovlisida ham); individual e‘tiborning bo‘lishi va hokazo. Maktablarda
devor, tom, derazalar oynavand, yorug‘ bahavo qilib qurilgan.
Dostları ilə paylaş: