G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Maktabgacha ta’lim muassasasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Maktabgacha ta’lim muassasasi 
Koreys bog‘chalari ta‘lim tizimining bir qismi hisoblanmaydi. Bolalar xususiy 
muassasalarda qabul qilinadi. Ular asosan koreys tilida faoliyat yuritadi. Biroq, 
ingliz tilida faoliyat yuritadigan bog‘chalar ham anchagina. Bog‘chalarga bolalar 3 
yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Ko‘pchilik bolalar maktabga tayyorgarlik 
ko‘rishmaydi va shunchaki o‘z tengqurlari bilan bog‘chalarga qatnab 
yuraverishadi. Bog‘chaning asosiy vazifasi bolalarni har tomonlama rivojlanishi 


102 
uchun sharoit yaratish. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari 
o‘tiladi. Koreys bog‘chalari bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta etibor 
qaratadi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3 yoshgacha bo‘lishi mumkin.
Boshlang'ich maktab «чходын хаккё» (kor. 
초등학교

初等學校
)
 
Zamonaviy Koreya ta‘lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. 
Koreyada boshlang‘ich ta‘lim uchun o‘quv yilida 1 – martga qadar 6 yoshdan 
yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga 
huquqli bo‘lib, buning uchun maktab ma‘sul shaxsining ruxsatnomasini olishi 
lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1 – mart Koreya Respublikasida davlat bayrami 
munosabati bilan 2 – martdan boshlandi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta‘lim 
majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta‘im 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda 
olib boriladi. Boshlang‘ich ta‘limda o‘qitiladigan fanlar qatoriga: Koreys tili, 
matematika, aniq fanlar, jamiyat haqidagi fanlar, chet tili, tasviriy san‘at, musiqa 
kiradi.
O'rta ta'lim «чунхакё»
 
(
중학교

中學校
)
 
Boshlang‘ich ta‘limdan keyihgi ―zinapoya‖ vazifasini o‘rta ta‘lim bajaradi. 
O‘rta ta‘lim Koreya Respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta‘lim ham majburiy 
bo‘lib, bir o‘quv yili 1 – martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 
45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta 
ta‘lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, 
musiqa, san‘at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta 
maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili 
(ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari ) kabilar kiritish 
mumkin. 
 
O‘rta maktabda o‘quvchilar qattiq nazorat qilinadi o‘quvchilarning 
formasi, soch turmagi va maktabdan tashqari faoliyatlari ham nazorat qilinadi. 
Boshlang‘ich maktabdagi kabi o‘rta maktabda ham o‘quvchilar asosan bir sinfda 
o‘tirishadi, ammo fanlar turli o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘quvchilar
har kuni 6 ta o‘quv predmeti bo‘yicha dars o‘tishadi.

 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin