98
Axloq normalari aniq ishlab chiqilib, uni ro‘yobga chiqarish uchun
darslarning ma‘lum bir qismi ajratiladi. Axloqiy jihatdan aybdor bola uchun eng
oliy jazo o‘qituvchining o‘quvchidan ixlosi qaytishi bo‘lib, bu ixlosni qaytadan
barpo qilish uchun o‘quvchi va uning ota - onasi ancha-muncha ishlashi kerak.
Yapon o‘qituvchisi o‘quvchining eng yaqin maslakdoshi, maslahatgo‘yi,
murabbiysidir.O‘qituvchi o‘z o‘quvchisi bilan hatto ta‘til paytlarida ham aloqasini
uzmaydi. Ta‘lim tizimini sinchiklab o‘rgangan kishi AQSH, Fransiya, Germaniya
ta‘lim tizimlaridagi barcha yaxshi va ibratli jihatlarni yaponlar ijodiy
o‘zlashtirganliklariga guvoh bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Yaponiya o‘rta
maktablarining saviyasi AQSH o‘rta maktablari saviyasidan birmuncha yuqori
turadi. Shuningdek, Yaponiya maktablarida farroshlar yo‘q. Darslar tugaganidan
so‘ng maktab o‘quvchilari o‘zlari maktabni va uning atroflarini tozalashadi.
O‘rta maxsus va hunar-texnika ta‘limi tizimiga kiruvchi bilim maskanlari
Yaponiyada garchi oliy ta‘lim tizimiga - kiritiladi. Ular asosan kichik kollej, texnik
kollej, maxsus tayyorgarlik kollejlariga bo‘linadi.
Kollejlarda tahsil olish 2 yilni tashkil etadi. Kichik kollejlar ham maqomiga
ko‘ra o‘ziga xos dorilfunundir. Ularda kasbga yo‘naltirish jarayoni juda chuqur va
puxta. O‘qish muddati 2-3 yil, bitirgach, ―bakalavr‖ nomi berilmaydi.
Texnik kollejlarda 5 yil o‘qitiladi, unga kichik o‘rta maktabni bitirganlar
qabul qilinadilar. Bunday kollejlar yoshlarga o‘rta texnik ta‘limni beradi. Bu bilim
maskanida katta maktab dasturi asosida mexanika, elektronika, kimyo,
texnologiya, qurilish, metallurgiya kabi maxsus texnik fanlar o‘qitiladi. Kollejni
bitirgan o‘quvchilar dorilfununning 2-yoki 3-kursiga kirib o‘qishlari mumkin.
Maxsus tayyorgarlik kolleji. U faqat yuqori malakali mutaxassis tayyorlabgina
qolmay, balki talabalarning madaniy saviyasini o‘stirishni ta‘minlaydi. O‘qish
muddati 1 yil, kurs 800 soatdan iborat.
Dostları ilə paylaş: