G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Universitetlar 
Bakalavriatura 4 yil hamda magistratura 2 yildan iborat bo‘lsa, doktorantura 5 
yilni o‘z ichiga oladi. Bakalavr -
Gakushi.
M
M
агистр - Shushi. Yaponiya oliy o‘quv 
yurtlari dunyoda yagona bo‘lgan ―kenkyusey‖, ya‘ni ―talaba-tadqiqotchi‖ 
institutiga ega. 
Tokio universiteti 
Universitetga 1877 yil asos solingan. Ushbu universitet Yaponiyada eng 
mashhur oliy ta‘lim muassasalaridan biri hisoblanadi. ―World University 
Rankings‖ reytingiga ko‘ra, 2010 yilda Tokio universiteti Osiyoda 5-o‘rinni 
egallagan, dunyoda esa kuchli 20 talikka kirgan universitet hisoblanadi. 
Universitetda 10 ta fakultet bo‘lib, ularda taxminan 30 mingga yaqin talaba tahsil 
oladi. Shulardan 2000 tasi o‘zga mamlakat talabalari sanaladi. Universitetning 6 
nafar bitiruvchisi Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan. Ular orasida mashhur 
yozuvchi Yasunari Kavabata ham bor. 
Nagoya davlat universiteti 
Nagoyada 21 ta universitet joylashgan. Ulardan eng mashhuri Nagoya davlat 
universiteti sanaladi. Universitetning tarixi 1871 yillarga borib taqaladi. O‘sha 
vaqtlarda u vaqtinchalik tibbiyot maktabi bo‘lgan. 1939 yilga kelib Nagoya 
imperatorlik universiteti deb atala boshlandi. 1947 yilda Nagoya universiteti deb 


99 
qayta nomlanadi. 2004 yilda milliy universitetlar qatoriga kiradi va Nagoya davlat 
universiteti maqomini oladi. Universitetda xitoylik talabalar 47%ni, koreyaliklar 
9,5%ni tashkil etadi. 30 ga yaqin talaba Tayvan, Indoneziya, Malayziya, Kambodja 
va O‘zbekistondan kelib tahsil oladi. Universitetni bitirganlar orasida 4 ta nobel 
mukofoti laureatlari mavjud. Bular: 
-
Ryodzi Noyori (kimyo, 2001 yil), 
-
Makoto Kobayasi (fizika, 2008 yil),
-
Tosixide Maskava (fizika, 2008 yil),
-
Osamu Simomura (kimyo, 2008 yil).
 
Nagoya davlat universitetida 9 ta fakultet bo‘lib ular: 
1. Huquqshunoslik 
2. Tibbiyot 
3. Qurilish
4. Adabiyotshunoslik 
5. Ilmiy
6. Qishloq xo‘jaligi
7. Iqtisodiy 
8. Ta‘lim
9. Madaniy axborot
Universitet sayti: 
http://www.nagoya-u.ac.jp
 
Yaponiyada pedagogika universiteti mavjud emas. Bu erda ―o‘qituvchilik‖ka 
o‘qitishmaydi. Oliy ma‘lumotga ega barcha fuqaro nisbatan murakkab bo‘lgan 
imtihondan o‘tib, o‘qituvchilik kasbi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi 
lisenziya oladi va bemalol faoliyat yuritaveradi. Har 10 yilda esa o‘z kasbi 
yuzasidan kurslardan o‘tishi talab etiladi. Shunga qarab uning lisenziyasi yana 
uzaytiriladi.
Biroq, Yevropa ilmi baribir ham har qanday to‘siqlarga qaramay kirib keldi. 
Nagasaki Dedzima qirg`og`ida joylashgan Golland savdo faktoriyasi ―rangaku‖
 
(golland ilm-fani) nomi bilan mashhur ma`lumot manbaiga aylandi.
Golland ilmining asosiy sohalari: 
-Geografiya 
-Tibbiyot
-Astronomiya 
-San`at 
-Chet tili 
-Elektron mexanika kabilar. 
Olingan 
bilimlar 
natijasida 
XVIII 
asrda 
vadokeylar 
yaratildi. 
Izolyatsiolangan siyosatning susayishi yevropa ilmining kirib kelishini ta`minladi.
Va turli sohalarda, mikroskoplar, teleskoplar, mexanik soatlar va boshqa ixtirolar 
yaratildi. Ko‘p asrlik qadriyatlar ikkinchi o‘ringa o‘tdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin