92
1. Germaniya ta‘lim tizimining huquqiy asoslarini izohlab bering.
2. Germaniyada kasb-hunar ta‘limning o‘ziga xos xususiyatlarini nimalarda ko‘rish
mumkin?
3. Sizningcha, Fransiya ta‘lim tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
4. Angliya davlat maktablari milliy dasturida qanday fanlar qamrab olingan?
5. Niderlandiya hunar-texnika bilim yurtlarida tinglovchilarga
qanday ixtisosliklar
bo‘yicha ta‘lim beriladi?
6. Niderlandiyada majburiy ta‘lim qanday amalga oshiriladi?
7. Yevropa mamlakatlari ta‘lim tizimining yutuqlarini O‘zbekistonda tadbiq etish
mumkinmi?
V BOB. OSIYO MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI
5.1. Yaponiya ta’lim tizimi va unga daxldor masalalarning olib borilishi
Yaponiya – Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat.
Uning hududida 6,5 mingga yaqin orol bor. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu,
Sekoku va Kyusyu. Yaponlar o‘z davlatlarini ―Nixon‖, ―Nippon‖ deb atashadi.
Uning ma‘nosi ―Kunchiqar mamlakat‖ deganidir.
Maydoni 377,8 ming kv.km. Aholisi 127 mln. 960 ming kishi (2011 y). Aholisi
bo‘yicha dunyoda 10 o‘rinda turadi. Poytaxti – Tokio shahri.
1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshlagan.
Davlat
boshqaruvi
konstitutsion
parlamentar
monarxiyaga
asoslangan.
Konstitutsiyaga ko‘ra, Yaponiya imperatori davlatni boshqarishda Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Barcha davlatlararo
rasmiy uchrashuvlarda
imperator davlat boshlig‘i sifatida qatnashadi.
Akixito 1989 yildan beri Yaponiya imperatori bo‘lib kelmoqda.
Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan
keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Jahonning ko‘zga ko‘ringan ruhshunoslari va
iqtisodchilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta‘lim
tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e‘tibor samarasi, deya qayd
etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb yuritiladigan bu o‘lkada ta‘lim
tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib
borilishiga hukumat, xususiy
kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota - onalar qanchalik omilkorlik bilan
yondashayotganligini guvohi bo‘lamiz.
Tabiiyki, Yaponiya ta‘lim tizimining yuksak parvozi o‘z-o‘zidan bo‘lgani
yo‘q. Uning ham o‘ziga xos inqirozi va muammolari bo‘lgan. Buni to‘liq tasavvur
qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy
bosqichlariga nazar tashlash kifoya.
Zamonaviy ta‘lim
tizimi bosqichlari
1. ASOS SOLISH BOSQICHI (1868-1885 yillar). Zamonaviy ta‘limning ilk
ustunlari yaratildi.
2. BIRLASHISH BOSQICHI (1886-1916 yillar). Turli xil maktab qonunlari chiqa
boshladi, sistematik ta‘lim tizimi yaratildi.
93
3. TARQALISH BOSQICHI (1917-1936 yillar). Ta‘lim tizimi Ta‘lim bo‘yicha
Favqulodda kengashning tavsiyalariga asosan rivojlantirildi.
4. HARBIY BOSQICH (1937-1945 yillar). Harbiylashgan ta‘limning cho‘qqisi
davri.
5. ZAMONAVIY BOSQICH (1945 yildan hozirga qadar).
Yapon ta‘limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat
hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu
hukmdorning o‘z oldiga qo‘ygan ikki qat‘iy shiori bo‘lib, biri ―Fukoku- kioxsi‖ —
boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa ―Siokusan
kogio‖-ilg‘or G‘arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirish edi. Meydzi bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta‘lim
tizimlarini tubdan o‘zgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Davlat boshlig‘ining bu xulosalari Yaponiyada 1872 yilda ―Ta‘lim
haqida
Qonun‖ qabul qilinishiga olib keldi. Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi
ta‘lim tizimi o‘rnida mamlakat rivojlanishini ta‘minlashga samarali xizmat
qiluvchi yangi yo‘nalishdagi 53750 ta boshlang‘ich 256 ta o‘rta maktab, 8 ta
dorilfunun tashkil etildi. Bu o‘quv yurtlaridagi ta‘lim shakllari ma‘rifatli G‘arb
ta‘lim uslublari bilan uyg‘unlashtirildi, 1890 yilga kelib ilgarigi 3-4 yillik
boshlang‘ich maktablar muntazam 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila
boshlandi.
1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang‘ich ta‘lim majburiy 6
yillikka
aylantirildi. O‘quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo‘ldi. 1893 yildan
e‘tiboran Yaponiyada kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo‘la boshladi.
Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga
oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda
ayollar uchun ham dorilfununlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotin-
kizlar uchun faqat xo‘jalik
yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta‘lim berilardi.
1897 yilda Kiatoda ikkinchi dorilfunun ochildi. Ikkinchi jahon urushida
Yaponiya mag‘lubiyatga uchragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga
Amerika Qo‘shma Shtatlari ta‘lim tamoyillari kirib kela boshladi.
1946 yilda qabul qilingan Konstitutsiya Yaponiya fuqarolarining ta‘lim
sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko‘ra barcha
fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta‘lim olishlari
shart» ekanligi belgilab qo‘yilgan.
1947 yilda qabul qilingan «Ta‘lim haqida Qonun»
Yaponiya konstitutsiyasi
ruhiga uyg‘un bo‘lib, mamlakatda ta‘limning maqsad va vazifalarini to‘la ifoda
etadi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g‘ururi bor, o‘zining
qobiliyati va imkoniyatiga ishonuvchi, haqiqat va tinchlikni sevuvchi odamlarni
tarbiyalaymiz, toki ular ko‘p qirrali madaniyat sohibi bo‘lsinlar».
Shunday qilib,
Yaponiya‘ning Ta‘lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi kunda qat‘iy
markazlashdi, ilg‘or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta‘lim tizimlari qaror
topdi.
Majburiy ta’lim
O‘quv yili aprel oyidan boshlanadi. Boshlang‘ich hamda o‘rta maktab barcha
uchun majburiy hamda bepuldir. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari (1-6 sinflar)
94
uchun uyga vazifa berilmaydi. Biroq o‘rta (7-9 sinflar) va oliy maktab (10-12
sinflar) o‘quvchilari uchun ko‘p uy vazifasi beriladi.
1. Boshlang‘ich maktab 6 yil.
2. O‘rta maktab 3 yil.
3. Oliy maktab 3 yil.
Dostları ilə paylaş: