104
kuni), 4 may (Xitoy yoshlari kuni), 1 iyun (Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni),
1 avgust (Xitoy milliy ozodlik armiyasi kuni), 10 sentabr (O`qituvchilar kuni), 1
oktabr (XXR ta`limi milliy bayrami).
Xitoy ta'lim tizimi o`ziga maktabgacha ta'lim, boshlang`ich ta'lim, to`liqsiz
o`rta ta'lim, o`rta ta'lim, universitet, aspirantura bosqichlarini qamrab olgan. Xitoy
Xalq Respublikasining "Majburiy ta'lim" to`g`risidagi qonuniga muvofiq, 9-yillik
ta'lim davlat tomonidan majburiydir.
Xitoy boshlang`ich maktablarida 140 mln.ga yaqin bolalarni o`qishi yo`lga
qo`yilgan. Har yili boshlang`ich maktablariga 6 yoshli bolalarning 98.8%i qabul
qilinadi. O`rta maktablarda 60 mln. o`quvchi o`qiydi, oliy ta'lim muassasalarida
esa talabalar soni 3 mln. dan ortiqni tashkil etadi.
O`quv yili 1 sentabrdan boshlanib, iyul oyining boshlarida yakunlanadi.
Ta'limda talabalar bilimini baholash uchun
kredit
tizimi amal qiladi. O`quv
jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion pedagogik
texnologiyalar tatbiq qilingan.
Xitoy ta‘lim tizimi quyidagi bosqichlardan iborat:
- maktabgacha ta‘lim;
- boshlang‘ich ta‘lim;
- to‘liqsiz o‘rta ta‘lim;
- to‘liq o‘rta ta‘lim(kasbiy va maxsus ta‘lim);
- universitet,
- aspirantura.
Dostları ilə paylaş: