G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Oliy ta’lim
Mamlakatda oily ta‘lim oliy malakali turli kasb mutaxassisliklarini, ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borishga qodir kishilarni yetishtirib beradi.
Turkiyada bunday mutaxassisliklar bo‘yicha hozir qator universitetlar va oliy 
texnologik institutlar ishlab turibdi. Bu universitetlardan 2 tasi diniy mahkamalar 
tasarrufidadir.
Mamlakatdan tashqarida yashovchi turk millatiga mansub kishilarning (ular 
2,5 mln. dan ortiq) ta‘lim-tarbiyasiga ham katta ahamiyat beriladi. Hozir shunday 
toifadagi kishilarni o‘qitish uchun Turkiya hukumati tomonidan 1,236 ta o‘qituvchi 
ajratilgan. Ularning barchasiga davlat tomonidan maosh to‘lanadi.
Turkiya hukumati ―Milliy maorifining asosiy Qonuni‖da maktab ta‘limi bilan 
bir qatorda maktabdan tashqari ta‘limga ham katta e‘tibor berilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim
 
Unga qo‘yilgan asosiy talab katta yoshdagilarni o‘qish va yozis hga o‘rgatish; 
ularga umumiy va kasb-kor bilimlarini berish; savodxonligidagi nuqsonlarini 
bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi, shuningdek, bunday muassasalar 


113 
fuqarolarga, birinchi galda yoshlarga ijtimoiy hayotning ilmiy, texnologik
iqtisodiy, madaniy hayotiga to‘la moslashish uchun shart-sharoit yaratib beradi. 
Shuningdek, MTMlar turli sohalarda mehnat qilayotgan kishilarning ishdan 
ajralmagan holda kasb malakalarini oshirishga imkoniyat tug‘diradi. Turkiya 
Reslublikasida maktabdan tashqari ta‘lim ikki manba orqali amalgam oshiriladi. 
Ulardan biri maktab bo‘lsa, ikkinchisi ustoz-shogirdlik yo‘nalishidir.
Uning sohalar bo‘yicha dasturlari quyidagilar: 
1. Umumiy ta‘lim dasturlari;
2. Kasb-hunar, texnik ta‘lim dasturlari;
3. Shogirdlik va ustalik ta‘limi dasturlari;
4. Ochiq ta‘lim dasturlari va hokazolar.
Maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari tarkibiga bundan tashqari amaliy 
san‘at maktablari, qizlar amaliy san‘at maktablari, yetuklik institutlari va yetuklik 
texnik ta‘lim markazlari ham kiritilgan.
Shuningdek, keyingi yillarda o‘quvchi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini 
ko‘ngilli va sermazmun o‘tkazishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu maqsadda, til 
o‘rgatish markazlari, musiqa, xalq o‘yinlari, foto, teatr studiyalari, shaxmat-
shashka klublari, turli sayohatlar uyushtirish, lagerda dam olishni tashkil qilish, 
hamshiralik, rassomchilik to‘garaklari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ular orqali turli 
tanlovlar, musobaqalar, konkurslar tashkil etilmoqda.
Talabalar va o‘quvchilar uchun sportning turli sohalari bo‘yicha seksiyalar 
tashkil etilgan, ularda sportning ommaviy turlari bo‘yicha turnirlar, musobaqalar 
tashkil etiladi. Qizlar uchun esa, qo‘lda to‘qish, bichish-tikish, pazandalik 
yo‘nalishidagi to‘garaklar mavjud. Ular tomonidan to‘qilgan, tikilgan, 
tayyorlangan mahsulotlar har yili Anqaradagi katta ko‘rgazmada namoyish etiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin