O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Jizzax davlat pedagogika universiteti
rektori prof. Sh.S.Sharipov ________________________
2022 yil “____” _________
Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi Fanining O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi:
110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi:
60110200 – Maktabgacha ta’lim
Jizzax – 2022
Fan/Modul kodi IYBBIM107
O‘quv yili 2022-2023
Semestr II
Kreditlar 7
Fan/Modul kodi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek
Haftadagi dars soatlari 4\6
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (120 soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi
2-semestr – 90 soat
120
210
ma’ruza 40 soat
Amaliy 50soat
2.
I. Fanning mazmuni Fanni oʼqitishdan maqsad – “Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi” fanining maqsadi – talabalarga ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi fanining predmeti, shakllanish tarixi, ilk yosh davrining muhim xususiyatlari, bilish jarayonlari, bolaning rivojlanishida faoliyatning o`rni bo`yicha dastlabki bilim, ko`nikma va malakalarni berish imkoniyatini beradi.
Fanning asosiy vazifalari-– “Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi” fani 60110200 – “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi talabalariga ilk yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachiga qoʼyilgan talablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ilk yoshdagi bolalar kun tartibi va taʼlimiy faoliyatni rejalashtirish va tashkil qilish metodikasini, tarbiyachi ish hujjatlarining toʼgʼri yuritilishi boʼyicha nazariy va amaliy bilimlarini egallash, maktabgacha taʼlim tashkiloti ishining mazmuni va metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish. Mashgʼulotlarni rejalashtirish, mashgʼulot ishlanmalarini tuzish va tahlil qilish, metodik usullari va taʼlimiy oʼyinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini oʼrgatish kabi vazifalarni bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism II.I. Ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari (40 soat): I-MODUL. 1-Mavzu: O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari. (2 soat) Davlat talablari tug’ilgandan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo`lingan.Har bir rivojlanish sohasi o`z o`rnida kichik sohalarga bo`lingan bo`lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan iborat.
2-Mavzu: Ilk chaqaloqlik va go`daklik davrining psixologik xususiyatlari. (2 soat) Bolaning chaqaloqlik va go`daklik davri jismoniy rivojlanish. Chaqaloqlik davrida psixologik rivojlanish xususiyatlari. Sensor,perseptiv, hamda kognitiv rivojlanish.Predmetlar bilan o`ynash, his- tuyg’uning o`sishi yoki jonlanishi.Go`daklik davrining psixologik xususiyatlari.Go`dak va muloqot,go`daklik davrida nutqning vujudga kelishi,kognitiv va perseptiv jarayonlarning rivojlanishidagi shart- sharoitlar.
3-Mavzu: Ilk yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash. (2 soat) Ilk yoshdagi bolalarning kun tartibi. Ilk yoshdagi bolalarni ovqatlantirish.Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigiyenik ko`nikmalarni tarbiyalash.Ilk yoshdagi bolalarda kiyinishga, yuvinishga, ovqatlanishga ijobiy munosabatlarini yaratish,o`z-o’ziga xizmat qilish ko`nikmalarini mustaqil harakatlarini shakllantirish.Ilk yoshida jismoniy mashqlar va uqalash.