G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Pokiston ta'lim tizimi 
 
 
Pokiston jahon mamlakatlari ichida o‘z obro‘ - e‘tibori va nufuziga ega 
bo‘lgan mustaqil davlat hisoblanadi. Mamlakatda XX asrning ikkinchi yarmida 
zamonaviy ta‘lim tizimi shakllandi. Majburiy umumiy ta'lim haqida qonun qabul 
qilindi.
Pokiston umumta‘lim maktab tizimi quyidagicha tuzilgan:
-boshlang'ich maktab (1-5 sinflar); 
- to'liqsiz o'rta maktab (6-8 sinflar); 
- o'rta maktab (9-10 sinflar); 
- oliy maktab (11-12 sinflar).
Oliy o'rta maktabni, shuningdek, oraliq kollejni tugatganlar oliy o'quv yurtlarida 
o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Pokistonda 168 ming maktab, 690 kollej, 23 
universitet bor. Barcha turdagi maktablarda 16.9 mln, kollejlarda 610 ming, 
unitarda 76 ming kishi o'qiydi. O'qituvchilar soni barcha turdagi maktablarda-
salkam 550 ming, kollejlarda – 56 ming, universitetlarda 6 mingtani tashkil etadi. 
Maktab o'qituvchilari maxsus maktablar, institut va kollejlarda tayyorlanadi.
Pokistonning yirik universitetlari: Karochidagi Karochi universiteti (1951), 
Tibbiyot fanlari universiteti (1983), Lohurdagi muhandislik texnologiya 
universiteti (1961). Islomoboddagi Qand-e A'zam universiteti (1965), Xalqaro 
islom universiteti (1980), Lohurdagi Panjob universiteti (1982).


110 
Mamlakatda fanlar rivojlanishini rejalashtirish hamda fan va texnika qo'mitasi 
ishini nazorat etish, fan yutuqlarini joriy qilish bilan fan va texnika tadqiqotlari 
kengashi shug'ullanadi.
Pokistonning eng yirik ilmiy muassasalariga Pokiston fan taraqqiyoti 
assotsiatsiyasi, Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiya komissiyasi
Atmosferaning yuqori tamoyillari va kosmik fazoni tadqiq etish qo'mitasi, 
geofizik ilmiy tadqiqot instituti, paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti va boshqalar. 
Bundan tashqari tibbiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, adabiyot va til 
masalalarini o'rganuvchi ixtisoslashgan ilmiy institut va jamiyatlar mavjud. 
Pokistonning yirik kutubxonalari:
 
Qand-A'zam universiteti kutubxonasi
Karochi universiteti kutubxonasi, Panjob universiteti kutubxonasi Hamdard fondi 
kutubxonasi, Markaziy kotibyat kutubxonasi, Pokiston ilmiy kutubxonasi 
(Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston ilmiy muzeyi, Lohur muzeyi
Peshovar muzeyi, Lohur qal‘asi muzeyi, Milliy muzey va b. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin