120
7.1. Qozog’istonda pedagogika fani rivojidagi o’ziga xos jihatlar
19-asrning 2-yarmigacha Qozogiston hududida faqat musulmon maktab va
madrasalari bo‘lgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850-
yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab
ochildi.
1864-yil Torgayda qozoq demokrat - ma‘rifatparvar pedagogi N.Oltinsarin
tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879—89
yillarda Qozog‘istonning turli uyezdlarida 2
sinfli rus-qozoq maktablari, 1888-
yil Orskda muallimlar maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi asosida qozoq
yozuvi yaratildi. 1940-yil rus alifbosi asosidagi yozuvga o‘tildi. Qozoq xalqi
adabiyoti xalq og‘zaki ijodi (qo‘shiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik-
epik dostonlar)dan boshlanadi. „Er Targ‘in―, „Qambar batir―
va boshqa qadimgi
dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yolida kurashgan xalq qahramonlari
madh etiladi. „Qiz Jibek―, „Bayan Suluv―, „Ayman-sholpan― dostonlarida qozoq
xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar ko‘sa, Jirenshi, Tazsha,
Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan.
Qozog‘istonda zamonaviy maktablarning shakllanishi
XX asrning ikkinchi
yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda boshqa sohalar kabi maorif sohasida ham turli
yangiliklar bo‘ldi. 1992-yildan ta‘lim tizimida qator islohotlar amalga oshirildi.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari kabi o‘rta ma‘lumot beradigan litsey, gimnaziya,
hunar-texnika
maktablari, kollejlar paydo bo‘ldi.
2003-yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari
bo‘lgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan 30 maktab ishladi. 312
hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207
mingdan ortiq
o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, bugunda ularning soni ancha ko‘paydi. Qozog‘istonda
birinchi oliy o‘quv yurti — Qozog‘iston pedagogika instituti 1928-
yil Almati shahrida ochilgan. Hozirda Qozog‘istonda 43 dan ortiq davlat oliy
o‘quv yurtlari ishlab turibdi
Qozog‘istonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozog‘iston Respublikasi
milliy kutubxonasi),
klub muassasalari, 12 muzey (yiriklari: Qozog‘iston
Respublikasi davlat muzeyi, San‘at muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay
Qo‘nonboyev memorial muzeyi va boshqalar) bor.
Dostları ilə paylaş: