122
-o‘rta ta‘lim (5 yil)
-o‘liy ta‘lim (4-6 yil)
Dastlab boshlang'ich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga o'qitila
boshlandi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlang'ich maktabda o'qiydi.
Boshlang'ich maktabning 1- 4 sinflarida darslar ona tilida, so'ng ingliz tilida olib
boriladi. O'rta maktab 5 yillik. Boshlang'ich maktablar uchun o'qituvchilar kichik
(to'liqsiz) o'rta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2 - 3 yil davomida
tayyorlanadi. Kichik o'rta maktab o'qituvchilari esa to'liq o'rta maktab negizida
pedagogika kollejlarida 2 yil davomida , to'liq o'rta maktab o'qituvchilari institutda
tayyorlanadi. Hunar-texnika ta'limi boshlang'ich maktab negizidagi hunar
maktablarida va hunarmandchilik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi.
Zambiyaning eng mashhur oliy o‘quv yurti Lusakadagi universitet (8 fakultet),
Kitve-kanada uning filiali bor.
Zambiyada yana bir qancha institut va kollejlar, shu jumladan, Milliy
ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika
kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji va b.
Yirik kutubxonalari: Lusakada Zambiya universiteti kutubxonasi, Zambiya
kutubxonalar boshqarmasi, shahar ommaviy kutubxona, Ndola va Kitve-Nkanada
ommaviy kutubxonalar bor.
Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy-muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan
partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.
8.3. Jazoir ta'lim tizimi
Jazoir mustaqilikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta
universitet, 170 ta boshqa oliy o'quv yurtlari, 700 ta hunar-texnika ta'limi
markazlari bor. Mamlakatdagi umumta'lim maktablarida 260 mingdan ortiq
o'quvchi, oliy o'quv yurtlarida 200 ming talaba ta'lim oladi.
Eng yirik kutubxonasi – Jazoir shahridagi milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin
asar). Yirik muzeylari – Jazoir milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari
milliy muzeyi (1897) va b.
Asosiy ilmiy muassasalari Jazoirdagi Yadro tadqiqot instituti (1966),
Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi,
Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz,
Paster instituti (parazitologiya va mikrobiologiya), gigiyena, traxoma va tropik
oftalmologiya, stomatologiya institutlari shug'ullanadi.
Dostları ilə paylaş: