G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Birinchisi
, qishloq xo‘jalik kasblari ta‘limi hisoblanib, unda tinglovchilarga 
fermerlik asoslari o‘qitiladi va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha menejmentlar yetishtirib 
beriladi. Bunday ta‘lim Amerikaning bo‘lg‘usi fermerlari dasturi asosida ish olib 
boradi.
Ikkinchisi,
biznes ta‘limidir. Unda o‘quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti, 
ichki iqtisodiyot mutaxassisligi o‘rgatiladi, bunday o‘quv yo‘nalishlarida bolalarda 
muruvvat, bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish, insonparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash 
masalalariga jiddiy ahamiyat beriladi.
Uchinchisi,
savdo va sanoat ta‘limi bo‘lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab 
chiqarish va mexaniklik kasbi o‘rgatiladi.
To’rtinchisi,
qurilish ta‘limi bo‘lib, bu ta‘lim tizimi orqali turli qurilish 
kasblari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
By kasb dasturlari o‘quvchilarni ana shu kasbga tayyorlashi, ularni shu kasb-
korni yanada chuqurroq o‘rganishi bo‘yicha o‘qishni davom ettirishga tayyorlashi 
mumkin. Bundan tashqari, dasturning uchinchi turi ham mavjud bo‘lib, bu umumiy 
ta‘lim (akademik) dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy tushuncha 
beradi va o‘quvchilarga kasblarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
AQSHda har bir o‘quvchining fanlar bo‘yicha olgan bilimlarini jamlovchi 
attestat mavjud. U o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishlarida ana shu 
attestat nusxalari topshiriladi. Kollejga o‘qish istagida hujjat topshirgan 
o‘quvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test 
sinovlaridan o‘tkaziladi. Test sinovlarini amalga oshirish maxsus ta‘sis etilgan 
ta‘lim test xizmati hamda Amerika kollejlari test sinovlari xizmati tomonidan ado 
etiladi. Test sinovlari tegishli bilimlar bo‘yicha o‘quvchilarning saviyasini belgilab 
berishdan tashqari o‘g‘il - qizlarning tanlagan kasbiga layoqatini va qobiliyatini 
ham aniqlaydi.
Chunki o‘quvchi tanlagan kasb uning tabiatiga, sog‘lig‘iga, dunyoqarashiga 
mos kelmay qolishi mumkin. Test sinovlarida attestatda ko‘rsatilgan ballar 
umumlashtiriladi va o‘quvchilar tomonidan berilgan tavsifnomalar e‘tiborga olinib, 
kollejga kiruvchining taqdiri belgilab beriladi.
Odatda, o‘quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o‘quv predmetlari 
bo‘yicha bir o‘qituvchi bilim beradi. Keyingi 6 yil ichida esa har bir predmet 
bo‘yicha alohida o‘qituvchi belgilanadi.


119 
Ayrim maktablar o‘quvchilarining o‘quv predmetlarini o‘zlashtirishda eng 
yangi 
o‘quv 
vositalarini 
qo‘llash 
va 
o‘rganilayotgan 
darsliklarni 
programmalashtirish 
tufayli 
katta 
muvaffaqiyatlarni 
qo‘lga 
kiritmoqda. 
Maktablarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv apparatlari 
(kolligrafiya 
va 
yozuv 
qoidalarini 
takomillashtirishga 
yordam 
beradigan 
moslamalar), ta‘lim televideniesi, qo‘lda ko‘tarib yuradigan elektron til 
laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, elektron doska, kompyuter va 
hokazolardan iborat.
AQSH maktablarining O‘zbekiston maktablaridan farqli tomoni shundaki, u 
yerda boshlang‘ich maktab, o‘rta maktab alohida – alohida binoda joylashgan. 
Maktablar ishini tashkil etishdagi yana bir o‘ziga xoslik shundaki, o‘quv 
binolaridan butun yil davomida foydalanib turiladi. 1970 yillarda Amerika maorif 
xodimlari tomonidan ilgari surilgan ―Maktab eshiklari doimo ochiq bo‘lsin‖ degan 
chaqiriq hozir ham amalga oshirilib kelinmoqda. Yozgi ta‘til kunlarida ham 
pedagoglar yoshlarga turli mashg‘ulot va o‘quvlar taklif qiladilar, maktab 
o‘quvchilari bilimini chuqurlashtirish, ular uchun kollejga tayyorlov kurslarini 
tashkil qilish bilan band bo‘ladilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin