G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Maktabgacha tarbiya 
Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga to‘lgunga 
qadar onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan.
Farzandlarga qarab uyda o‘tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadimi, bu 
onalarning ishi. O‘zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o‘ynaydigan, 
uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo‘lgan bog‘cha va yaslilar 
Amerikada odat tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 
dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30 - 40 bolaga mo‘ljallangan xususiy 
va davlat tasarrufidagi bog‘chalar mavjud. Ular enaga yollashdan bir oz 


115 
arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatni 
eedirishadi, krovatchalar, ko‘rpa-to‘shak, yostiqchalarni ota - onalarning o‘zlari 
olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o‘quv dasturlari yo‘q. Bolalar 
yozda atrofdagi ko‘kalamzorlarda o‘ynab dam olaishdi.
Makatabgacha ta‘lim muassasasida bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda 
tarbiyalanadi, ularga tarbiyachi - mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi, 
turli qo‘shiqlar, she‘rlar o‘rgatadi, quvnoq o‘yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o‘z 
uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o‘quv dasturlari joriy qilinmagan.
Lekin bolalar uchun haqiqiy ta‘lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga 
to‘lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular ‖Kinder garden‖ deb 
ataluvchi tayyorlov bog‘chalariga jalb etiladi. Ular hukumat tasarrufida bo‘lib, 
bog‘chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus ‖maktab 
avtobusida‖ uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar 
yo‘l-transport hodisalaridan to‘la muhofaza etilgan: sariq rangga bo‘yalgan, uning 
signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majbur. Maktab avtobuslarini 
boshqa transport vositalari quvib o‘tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq 
jazolanadi.
Ko‘chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alanglab yurgan, 
o‘ynab, futbol tepib yurgan bekorchi bolani uchratish amrimahol. Bolalarni 
maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do‘pposlashmaydi, u erkin 
o‘smog‘i kerak. Agar biror bola ‖meni urdi‖ deb ota - onasidan shikoyat qilsa, 
ma‘lum muddatga ana shu ota - onalar ayrim hollarda ota - onalik huquqidan 
mahrum qilinadilar. Maktabga bolalar o‘zlari xohlagan kiyimda boradilar. 5 yoshli 
bolalarni maktabga tayyorlash ota - onalarning, bog‘cha va maktabning, ommaviy 
axborot vositalarining ishi.
AQSH 
televideniyasining 
alohida 
kanalida 
―Sezam ko‘chasi‖ deb 
nomlanuvchi ko‘rsatuvlar dasturi mavjud, u o‘quvchilarga ingliz tili, alifbo, 
arifmetik amallarni bajarish, sanash, o‘qish, koinot, tabiat, geografiya, tarix 
bo‘yicha bilimlarni o‘ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.
Amerika ko‘p millatli mamlakat. Lekin har bir millat o‘z farzandiga milliy 
urf-odatlarini, tilini o‘rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. Ko‘pincha bu vazifani katta 
avlod amalga oshiradi.
O‘zbeklar ham o‘z ona tilini, urf - odatlarini, dinini o‘z farzandlariga 
singdirishga astoydil intilishadi. O‘zbek bolalari ham Markaziy Osiyoda o‘z 
mamlakatlari borligini biladilar, g‘oyibona intiladilar, u haqda ko‘p narsalarni 
ko‘rish, eshitish, o‘qishni istaydilar. O‘zbekistonga kelish har bir amerikalik 
o‘zbeklarning muqaddas orzusidir.
Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning asosini ularni 
maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshlilar bog‘cha guruhlarida bo‘lsalarda, 
lekin bu guruhlardagi ta‘lim boshlang‘ich sinfdagi ta‘limga yaqin turib, amalda 
uning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ta‘lim 
dasturi ko‘p jihatdan ota - onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga 
mo‘ljallangan, u pirovard natijada bolalarni boshlang‘ich maktablarga puxta 
tayyorlab berishga xizmat qilishi kerak. Shuningdek, maktabgacha tarbiya 
muassasalari bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi, umuminsoniy fazilatlarni 


116 
o‘zlashtirishi, bolalar jamoasi ichida o‘zini tutish, samimiylik, mehnatsevarlik, 
foydali xatti-harakatlarning ilk shakllanishiga erishmoqlarini, tozalik, ozodalik va 
pokizalikka o‘rganishlarini ta‘minlab berishi lozim. Yuqorida aytganimizdek, 
maktabgacha 
tarbiya 
muassasalarining 
xususiylari 
ham 
bor. 
Lekin 

Yaponiyadagidek rivojlangan emas. Amerikada xususiy bog‘chalar davlat 
dasturiga kiritilgan.
Amerikada o‘quvchilarning o‘z fikrini so‘zda mukammal, aniq ifodalab bera 
olishiga, o‘zligini anglash, o‘zining qadr-qimmatini e‘zozlash, shaxsiy qobiliyatini 
ro‘yobga chiqarish tuyg‘ularini tarbiyalashga katta e‘tibor beriladi. Bolalarda ana 
shu his - tuyg‘ularini shakllantira borish ilk yoshdanoq boshlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin