G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

4.5. Polsha ta’lim tizimi 


85 
1999 yil Polshada yangi ta‘lim reformasi kuchga kirdi. U o‘qitishning
tashkiliy tuzilishi va imtihonlar tizimini tubdan o‘zgartirdi, o‘qituvchilar xizmat 
pog‘onasida o‘sishining yangi tizimi va maktablarni moliyalashtirish usullarini 
kiritdi. 
Reformaning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Uning mazmuni: 

O‘rta va oliy ta‘limni keng yoyish

Ilmiy dasturlarning o‘zgarishiga ko‘ra ta‘lim sifatini oshirishdan iborat. 
Shuningdek, Reformaning yangi usullari joriy qilindi. Yangi maktab tuzilmasi; 
umumiy imtihon tizimi; o‘qituvchining xizmat pog‘onasidan o‘sishi; maktablarni 
moliyalashtirishning yangi tamoyillari; dasturiy o‘zgarishlar kiritish. 
Polshaning zamonaviy ta‘lim tizimi quyidagicha tuzilgan (1-chizma): 
maktabgacha ta‘lim (1 yil), boshlang‘ich ta‘lim (6 yil), gimnaziya (3 yil), kasbiy 
maktab (2 yil), Litsey (3 yil), Texnikum (4 yil), KMdan keyingi litsey (2 yil), 
OO‘Yu (5 yil), Doktorlik darajasini olish (3 yil). 
Reformaga asosan dasturiy o‘zgarishlar qilindi. O‘quvchilarning ko‘nikma-
malakasi va fikrlashini shakllantirishga ko‘mak beruvchi yangi dasturiy asoslar 
kiritildi. Imtihon standartlari ishlab chiqildi. O‘qituvchi o‘qitish dasturi va 
darsliklarni tanlash yoki o‘qitish dasturini mustaqil yozish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
Direktor o‘quvchilar xohishiga ko‘ra bir necha darslarni kiritishi mumkin (turli 
to‘garaklar, o‘lkashunoslik, ekologiya va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha 
mashg‘ulotlar). Davlat miqyosida ishlab chiqilgan, bir xil baholash tizimiga ega 
bo‘lgan, bir turdagi imtihonlar kiritildi. O‘qitish bloklari kiritildi (masalan, musiqa, 
san‘at va h.) 


86 
Mamlakatda ta‘lim tizimini moliyalash va nazorat qilish gminlar byudjetidan 
amalga oshiriladi. Boshlang‘ich ta‘lim va gimnaziyalar gminlar byudjetidan 
moliyalashtiriladi (gmin-Polshadagi eng kichik ma‘muriy birlik). Gminlar 
o‘quvchilar uchun doimiy dotatsiyalarni oladilar. Xususiy maktablar ochish 
imkoniyatlari bor, bunda shaxsiy pul mablag‘laridan tashqari davlat dotastiyasini 
ham olish mumkin. Maktablar ustidan pedagogik nazoratni kuratoriyalar amalga 
oshiradilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin