asosiy talablaridan biri bu – bolalarda
madaniy savodxonlikni shakllantirishdir. Maktablar afsuski, ta‘limda amalga
oshirilishi ko`zda tutilgan barcha vazifalarni to`liq bajara olmaydi. Shuning uchun
o`qituvchilar doimo ota – onalar va tashkilotlar yordamiga ehtiyoj sezishadi. Ular
bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borishadi. Asosy maqsad o`quvchilarning
bilim olib, savod chiqarishlari barobarida erkin demokratik jamiyatda yashashga
o`rgatishga qaratiladi. Ta‘lim tizimi qonunchiligida asosan maktablar o`ziga xos
yo`nalishlarga bo`linadi va ulardan o`quvchilarda avvalo, shaxsni rivojlantirish,
ularning individual qobiliyatlarini hisobga olish talab etiladi. Shu bois maktablar
o`quvchilarning o`z fikrini shakllantirish va erkin ayta olish, savodxonlik, tabiiy
fanlarni o`rganishda fundamental imkoniyatlarni yaratish bu borada ta‘limda ilmiy
metodlarni qo`llash, shuningdek, kommunikativ uslublar orqali tarbiyalashga
alohida e‘tibor qaratadi.
Italiyada maktablar 2 turga bo`linadi:
1)
scuoleparitarie 2)
scuole private autorizzate Bulardan birinchisi
scuoleparitarie maktablari bo`lib, ular 2000 – yildan buyon
davlat ta‘lim muassasasi sifatida bitiruvchilarga guvohnoma berib kelmoqda.
Ikkinchi turi esa,
scuole private autorizzate maktablaridir. Bunday
maktablarning o`ziga xosligi shundaki, ularni ma‘lumotga ega bo`lmagan,
shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi.
Bunday maktablar bitiruvchilarga sertifikat berish huquqiga ega emas.
Shuningdek, Italiya ta‘lim tizimida
anchagina nom qozongan
xususiy ta‘lim
muassasalari mavjud. Bular
Steynarian maktablaridir. 2000 – yil 11 – sentabrda
Italiya ta‘lim vazirligi qabul qilgan shartnomaga ko`ra, bu maktablarga faqat
boshlang`ich sinflarni tashkil etish uchun ruxsat berilgan bo`lib, ularda Montessori
metodi bo`yicha dars o`tiladi shu bois, bunday sinf rahbarlaridan maxsus
Montessori didaktikasi differensial diplomiga ega bo`lish talab etiladi.
Italiya maktablarida ko`p miqdorda o`qituvchilar uchun alohida darsliklar va
yordamchi materiallar mavjud. Biroq o`qituvchilar o`zlari istagan boshqa
darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, natijalarning samarali bo`lishini
ta‘minlaydi. Italiya maktabi ta‘lim tizimininig boshqa davlatlar ta‘lim tizimidan
o`ziga xos farqli jihatlaridan biri shundaki, Italiya maktablarida