G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

kasbiy ta’lim
va 
akademik ta’lim
mavjud bo‘lib, uni 
majburiy o‘rta maktabning to‘rtinchi sinfini tugatgach, egallash mumkin. 
Mamlakatda 46 ta kollej faoliyat yuritadi. Ularda mexmonxona ishi, turistik biznes, 
hisobchilik ishi, moliya, axborot texnologiyasi, marketing, til, dramaturgiya, 
dizayn va shu singari badiiy mutaxassisliklar o‘qitiladi.
Shotlandiyada bolalarning majburiy ta‘limi 1496 yildan boshlangan. 
Mamlakatda 23 ta Oliy o‘quv yurti mavjud bo‘lib, ularning eng qadimiysi Sent-
Endryus (Universitety of Andrews) hisoblanadi (1410 yilda Oksford va Kembrij 
universitetlaridan keyin ochilgan). 
Shotlandiya‘ning ko‘plab kollejlar talabalarining 14 ta universitetdan 
birortasiga ikkinchi yoki uchinchi kurslarga o‘tkazish (o‘xshash bo‘limlarga) 
to‘g‘risida kelishuvga egalar. 
Statistika ma‘lumotlarga qaraganda, oliy o‘quv yurtlariga 50% 
shotlandiyaliklar topshirishadi.
Mamlakatda xorijiy mamlakatlardan kelganlar va ko‘plab inglizlar (25 % 
talabalar) oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladilar.
Oliy o‘quv yurtlarining alohida guruhlarini maxsuslashtirilgan oliy 
maktablar tashkil etadi. Masalan, Glazgo universitetida musiqa, Galashildz 
universitetida engil sanoat kolleji mavjud. 
Shuningdek, Britaniya oliy o‘quv yurti (Oren Universuty)da masofaviy 
ta‘lim olish mavjud bo‘lib, unda ko‘plab rang - barang dasturlar o‘rin olgan. Unda 
dunyoning turli mamlakatlaridan 12 mingga yaqin talaba o‘qiydi.
Ta‘lim olish pullik bo‘lib (oliy ta‘lim), bir-biridan farq qiladi. Uni oddiy 
qilib ikkiga bo‘lish mumkin: kurslar, laboratoriyada ishlari (laboratory besed 
curses) va boshqalar (non - laboratory besed curses). 
Masalan, Straydklayd universitetida o‘quv kursi birinchi tip uchun 10 880 
funt, ikkinchi tip uchun esa, 6290 funt qilib (yiliga) belgilangan. 
Oliy o‘quv yurtlarida ta‘lim olish – 4 yil. Oliy o‘quv yurtiga topshirish 
uchun arizalar sentabrdan dekabr oyigacha, ta‘lim 37-38 hafta, oktabr oyidan 
iyunning o‘rtalarigacha davom etadi.
Ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida biznes maktablari mavjud. Ayrim oliy o‘quv 
yurtlari 4 yillik (ta‘lim va ishlab chiqarish amaliyotini aralashtirgan) maxsus 
dasturlarni taklif qilishadi. Misol uchun, Glazgo universiteti allaqachon oliy 
ma‘lumotga ega bo‘lganlar uchun dastur ishlab chiqqan. U ikki moduldan iborat: 


78 
universitetda o‘qish (20 hafta) va mahalliy kompaniyalarda amaliyot (stajyorlar 
uchun 28 hafta). Shuningdek, ilmiy izlanishlarga ham katta e‘tibor berilgan.
Masalan, Edinburg universitetining yillik daromadi – 100 mln. funtni tashkil etsa, 
250 mln. funtni yuqoridagi maqsadga sarf qiladi.
Shotlandiya universitetlarining muhim jihatlaridan biri talabalarga ish 
topishda yordam berishlaridir. Buning uchun esa har bir oliy o‘quv yurtida Carers 
Servise xizmati mavjud bo‘lib, u xuddi shu masala bilan shug‘ullanadi. Masalan, 
Roberd Gordan universiteti rahbariyati ish bilan band bo‘lishning yaxshi 
ko‘rsatkichi sifatida har bir bitiruvchining bitirishdan olti oy oldin ishga 
joylashishlarini ta‘kidlashgan.
Mamlakatimiz ta‘lim sohasida ham shunday xizmat turi (ya‘ni oliy o‘quv 
yurti bitiruvchilarini ishga joylashtirish) tashkil etilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin