G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

4.4.
 
Italiya ta’lim tizimi
Italiya Evropaning janubida, iliq O`rta dengiz sohillarida, Appenin yarim oroli 
hamda unga yondosh Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollarda joylashgan. Alp 
tog`lari Italiyani shimoliy shamollardan to`sib turadi. Mamlakatning ko`p qismida 
qish yumshoq keladi, yozda esa jazirama issiq bo`lmaydi. Janubda qishda ham 
unchalik sovuq emas. Aholisi 57820000 kishi. Maydoni 301200 km². 
Italiya Fransiya, Shvetsariya, Avstriya, Sloveniya kabi yirik mamlakatlar bilan 
chegaradosh. Italiyada 2 ta mustaqil davlat Vatikan va San Marino joylashgan. 
Eng yirik va ko`hna shahri, mamlakat poytaxti – Rim. Bu yerda milodgacha 
qurilgan binolar saqlanib qolgan. Mamlakat aholisi 58 mln. kishini tashkil etadi.
Mamlakat rasmiy tili – italiyan tili, 94% aholisi italyanlar. Shuningdek, Italiyada 
bir qancha boshqa xalqlar ham istiqomat qiladi: nemis - 0, 5% , albanlar - 0, 17%, 
slovenlar - 0, 12%, katta bo`lmagan guruhda yunonlar - 0, 03% va fransuzcha 
so`zlashdiganlar aholining - 0, 03% ni tashkil etadi. 
 
Hozirgi Italiya hududida miloddan avvalgi quldorlik davlati – Rim 
imperiyasi mavjud 
bo`lgan. 

inqirozga 
yuz 
tutgach, ko`plab mayda 
davlatlar vujudga kelgan, ularning bir qismini qo`shni mamlakatlar egallab olgan. 
Faqatgina 1870-yilda Italiya birlashdi. Mamlakatning yagona davlat bo`lib 
birlashishida J.Garibaldi katta rol o`ynadi.
Italiya rivojlangan sanoat markazi. Uning zavodlarida avtomobil, kema, turli 
elektrotexnika 
va 
kimyoviy 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqariladi. 
Italiyada 
simob, oltingugurt, marmar konlari bor, ko`mir va temir rudasi konlari kam. 
Italiyada dehqonchilik taraqqiy qilgan. Dehqonlar bug`doy, makkajo`xori, 
sholi, qand lavlagi, uzum, limon, apelsin, zaytun mevasi yetishtirishadi. 
Italiyaning noyob me`moriy yodgorliklari va san`at xazinalariga ega bo`lgan 
ajoyib qadimiy shaharlari olamga mashhur. Appenin yarim orolining sharqiy 
sohilida Venetsiya port shahri bor. Bu shahar 118 orolda joylashgan. Shaharda 


79 
kanallar ko`cha vazifasini bajaradi. Maktab, do`konga qayiqda suzib borishga 
to`g`ri 
keladi. 
Arno 
daryosi 
sohillarida 
mamlakatning 
qadimiy 
va 
go`zal shaharlaridan biri 
– Florensiya
 
joylashgan. Shu shaharda Italiyaning shon-
shuhratini oshirgan astronom G.Galiley, shoir Dante, olim va rassom Leonardo do 
Vinchi, rassom Mikelanjelo kabilar yashab ijod qilgan. 
Neapol ko`rfazining yoy shaklidagi qo`ltig`i sohilida go`zal Neapol porti o`z 
chiroyini ko`z-ko`z qilib turibdi. Ko`p mamlakatlar bilan bo`ladigan savdo 
aloqalari shu port orqali amalga oshiriladi. Harakatdagi Vezuviy vulqoni 
shaharning hamma tomonidan ko`rinadi. Neapol ko`rfazining o`zidagi kichkina 
Kapri orolida qurilgan shifoxonalar dunyoga mashhur. 
Italiya Evropaning janubida joylashgan, markazda O`rta yer dengizi tufayli 
o`zining geografik joylashuvi orqali ko`plab asrlar davomida boshqa qit`alardagi 
mamlakatlar o‘rtasida ko`prik bo‘lib xizmat qilgan. Turli madaniyatlar bilan 
sivilizatsiyalarni birlashtirgan.
Sardiniya va Sitsiliya orollari mashhur. Hamda boshqa mayda orollarchalar 
mavjud. Italiyaning aksariyat dunyoga dong taratgan madaniy va tabiiy merosi, 
tarixiy obidalari YUNESKO ro`yxatiga kiritilgan, bugungi kunda dunyo 
sayyohlarni o‘ziga mahliyo qilib kelmoqda.
Italiyada zamonaviy xalq ta‘lim tizimi XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib 
topa boshlagan. Dastlab 1859-yilda bolalarning majburiy ta‘lim olishi to`g`risidagi 
qonun qabul qilingan bo`lib, 6-14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik ta‘lim 
joriy etilgan.
Italiyada mavjud majburiy o`rta ta`lim 14 yil. O`qishni boshlang`ich 
maktablarda boshlab, universietlarda tugatadilar. Xususiy maktablar 5% ni tashkil 
etadi.
 
Mamlakatda bugungi kunda davlat mamlakatlari bilan bir qatorda diniy 
ta‘lim muassasalari va xususiy maktablari ham faoliyat olib boradi. 
Italiyada 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin