litsey tizimi Umumiy maktablardan keyin universitatga kirish uchun litseylarda
tayyorlanishadi.
Universitetlarga tayyorlanish litseylarda amalga oshiriladi.
Litseylarning uch turi mavjud:
1.
Klassik
2.
Texnikaga oid litseylar
3.
Tabiiy fanlarga oid litseylar
83
Litseylar dasturi quyidagilarni o`z ichiga oladi. Italyan adabiyoti, lotin tili,
matematika, fizika, tabiiy fanlar, falsafa, tarix. Bitiruvchilar topshiradigan
imtihonlar fransuzlarning
topshiradigan
imtihonlariga
juda
ham
o`xshash. Oliygohga kirish yetuklik attestati orqali qabul qilinadi.
Klassik litseyda oliygohga kirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga
oshiriladi va bitiruvchilar har qanday fakultetga o‘qishga kirishga haqli. Italiya
ta‘lim tizimida oliy o`rta maktablar kasbga yo‘llovchi o`quv korxonalar (texnik
oliygohlar, san‘at maktablari) va litseylar hisoblanadi. O‘quvchilar boshlang`ich
va o`rta ta‘limda 14 + 5 yil ta‘lim bilan 19 yil o`qiydilar.
Oliy ta`lim Italiya oliygohlarida ko`proq o`rta asr an‘analari saqlangan. Bayramlarda
Robin Gud uslubida kiyinishadi, turli rangdagi kepkalar kiyishadi.
Oliy ta`limning zamonaviy andozalari 2001–2002 yillarda qabul
qilingan. Bugungi kunda bu ta‘lim tizimida 60 000 professor dars beryapti.
Italiyada dunyoga mashhur universitetlardan biri – Bolonskiy dorilfununi
mavjud.
Italiyada oliy o`quv yurtlari ikki turga:
-
universitetlar;
-
oliygohlar va kollejlar.