73
Sorbonnaning tarixi 1215-yildan boshlanadi. Bu vaqtda Senaning chap tomonida
joylashgan cherkov kollejlari Parij universiteti degan umumiy nom ostida
birlashtirilgan edi. 40 yil o‘tgach qirol Sorbon tashabbusi ostida universitet qoshida
kollej ochildi va u yerda kambag‘al aholi tahsil oldi. 1968 yil universitet bir necha
avtonom institutlarga bo‘lib tashlandi:
1.
Panteon Sorbonna ─ bu yerda 40 ming student ta‘lim oladi. Bu erda huquq,
iqtisod, san‘at va arxeologiya tarixi, geografiya, tarix, falsafa, matematika,
informatika, boshqaruv va menejment bo‘yicha diplom beriladi.
2.
Yangi Sorbonna ─ Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, gumanitar
yo‘nalishi va nisbatan kichkinaligi bilan ajralib turadi. Bu erda 20 mingga
yaqin talaba fransuz va lotin tillari hamda adabiyoti, nemis tili,
ispanshunoslik, sharqshunoslik, Arabshunoslik yo‘nalishlaridan tahsil
oladilar.
3. Rene Dekart nomli universitet /Strasburg Universiteti/
Strasburg Universiteti Fransiyaning tarixiy universitetlaridan biri. Unga 1621 yil
asos solingan. Fransiya ─ Prussiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng universitet
Kayzer Vilgelm nomiga o‘tgan. 1918 yil esa yana o‘z nomiga qaytgan. 1970
yillarda Strasburg 3 qismga bo‘lingan:
Dostları ilə paylaş: